2019 - 2021-yillarda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablagʼlari hajmimln.АQSh doll.
III. Аlmashuv kursi dinamikasi
2021-yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari hamda tashqi omillar taʼsirida shakllandi.
Xususan, respublikada iqtisodiy va investitsion faollikning tezlashishi natijasida valyutaga boʼlgan talabning oʼsishi oʼz navbatida qulay tashqi sharoitlar va jahonda asosiy eksport tovarlarimizga boʼlgan narxlarning oshishi fonida xoʼjalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan valyuta taklifining koʼpayishi bilan muvozanatlandi.
Natijada, hisobot yilida milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan kursi 3,4 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2020-yilda 10,1 foizni hamda 2019-yilda 13,9 foizni tashkil etgan.
2021-yilda real samarali almashuv kursi indeksi savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi hamda ichki inflyatsiyaning hamkor davlatlar inflyatsiya darajasiga nisbatan yuqoriroroq boʼlishi hisobiga 5,2 foizga mustahkamlandi.
Savollar
Valyuta tizimi tushunchasi va uning shakllari?
Milliy valyuta tizimi va uning elementlari?
Milliy valyuta tizimi qonunchiligi?
Korrespondentlik munosabatlari tushunchasi?
Jahon va hududiy valyuta tizimlari hamda ularning elementlari?
Ikkinchi jahon valyuta tizimi va uning inqirozi sabablari?
Devizlar nima?
Uchinchi jahon valyuta tizimi va uning asosi?
Dollar standarti va oltinning rasmiy bahosi?
Ko'p valyutali standart tushunchasi?
Do'stlaringiz bilan baham: |