Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi fanidan


-2021-yillarda ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga boʼlgan talab dinamikasi


Download 178.51 Kb.
bet5/7
Sana18.03.2023
Hajmi178.51 Kb.
#1282859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XALQARO VALYUTA TIZIMI VA SIYOSATI

2019-2021-yillarda ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga boʼlgan talab dinamikasi

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi 2021-yilda 22,9 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oʼsdi (2020-yilda – 14,3 mlrd. АQSh doll., 2019 yilda – 11,7 mlrd. АQSh doll.).
Xususan, mazkur davrda:
xoʼjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 11,0 mlrd. АQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020-yilda – 6,7 mlrd. АQSh doll.);
banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 7,4 mlrd. АQSh dollarini yoki oʼtgan yilga nisbatan 44 foizga koʼp boʼldi (2020-yilda – 5,1 mlrd. АQSh doll.).
2019 - 2021-yillarda ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari

Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari 
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʼlgan talab 2021-yilda 2020-yilga (15,4 mlrd. АQSh doll.) nisbatan 40 foizga oʼsib, 21,5 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
2021-yilning 15-fevralida valyuta oldi-sotdi operatsiyalariga kiritilgan oʼzgarishlar birjadan tashqari valyuta bozorida mijozlar bilan mustaqil ravishda toʼgʼridan-toʼgʼri valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkonini berdi.
Natijada, tijorat banklarining xoʼjalik yurituvchi subyektlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri amalga oshirilgan bitimlar hajmi sezilarli darajada oʼsib (jami operatsiyalarning 94%), mazkur davrda 20,3 mlrd. dollarni tashkil etdi (2020-yilda – 3,7 mlrd. doll.).
2019-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi
mln.АQSh doll.

2021-yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʼlar (konvertatsiya) ulushi 60 foizni, xorijiy valyutadagi oʼz mablagʼlari hisobiga importni moliyalashtirish 25 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 16 foizni tashkil etdi. Oʼtgan yilda ushbu koʼrsatkichlar mos ravishda 57, 24 va 18 foizga teng boʼlgan.

Download 178.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling