Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi fanidan
O’zbekistonda valyuta kursi tahlili va uni davlat tomonidan tartibga solinishi
Download 178.51 Kb.
|
XALQARO VALYUTA TIZIMI VA SIYOSATI
O’zbekistonda valyuta kursi tahlili va uni davlat tomonidan tartibga solinishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI “VALYUTANI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2019-yil 22-oktabr, O‘RQ-573-son Ichki valyuta bozori 2021-yilda chet el valyutasiga boʼlgan talabning ortishi hamda qulay tashqi bozor konyunkturasi va iqtisodiy oʼsishning yuqori koʼrsatkichlari fonida taklifning ham oʼsishi bilan xarakterlandi. 2021-yil davomida tashqi savdo aylanmasining jadallashishi kuzatildi. Xususan, eksport tushumlari hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) oʼtgan yilga nisbatan 34 foizga oʼsib, 11,6 mlrd. АQSh dollariga yetdi. Shuningdek, import toʼlovlari oʼtgan yilga nisbatan 25 foizga oshib, 25,7 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga boʼlgan talabning umumiy hajmi 2021-yilda 26,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga oshdi. Download 178.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling