36
Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini
gorizontal holda jamlash
natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori organlar
tomonidan tuzilgan balans.
Alohida balans –bu har bir ho‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tuzilgan balans.
O‘z qaramog‘ida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan
bosh korxonalar
konsolidasiyalashtirilgan balans tuzadilar.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan tubdan
farq qiladigan davlat
byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansiga bo‘linadi.
Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi, tuzatilgan sinov balansi va oxirgi
yakuniy balans turlarini ajratish mumkin.
Sinov balansi – bu vaqtinchalik
schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek hisobot davri
oxirigaa ayrim schetlar bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko‘ra
oxirigacha amalga
oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans
Do'stlaringiz bilan baham: