Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


I-bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar»


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

I-bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p muddatda oborotda 
bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investisiyalar, shuningdek
uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari 
ko‘rsatiladi. 
II-bo‘lim. «Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatda oborotda bo‘ladigan 
ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik 
qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi. 
Balansning «Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga qarab 
quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan: 
I-bo‘lim«O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, 
rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq 
summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar 
oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi. 
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda, ikkala bo‘lim
summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi.
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida ko‘rsatilgan schetlar 
ularning birinchisi summasidan ikkinchisini summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan 
summani shu qatorga yozishni bildiradi. Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma’lumotlar, mos 
ravishda, hisobot davr boshiga va hisobot davr oxiriga alohida ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans 
moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual nazorat qilib borish imkonini beradi.
2.2.Xo‘jalik mablag‘lari va ularni turkumlash 
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun ularning 
ma’lum turdagi mablag‘lari bo‘lishi kerak. Bu mablag‘larga bino, inshootlar, asbob uskunalar, 


38 
ishlab chiqarish zaxiralari, pul mablag‘lari moddiy va nomoddiy aktivlar va shu kabilar kiradi. Bu 
mablag‘lar turli xil joylashgan va turli funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga ular turli xil 
manbalardan tashkil topadi. Xo‘jalik yurituv-chi subyektlarning xo‘jalik mablag‘lari buxgalteriya 
hisobida xo‘jalik jarayonidagi funksional roliga va shu jarayonda qatnashish xususiyati va 
muddatiga muvofiq turkumlanadi. Xo‘jalik jarayonida bajarilayotgan funksional roliga qarab 
xo‘jalik mablag‘lari ishlab chiqarish fazasidagi mablag‘lar, muomala fazasidagi mablag‘lar va 
korxona aylanishidan chetlatilgan mablag‘larga bo‘linadi. Buni quyidagi rasm bo‘yicha tasvirlasa 
bo‘ladi(2.2.1 – rasm). 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling