Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. O‘zbekistonda fuqarolar pensiya taʼminoti


Download 0.8 Mb.
bet43/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

4.2-rasm. O‘zbekistonda fuqarolar pensiya taʼminoti
tizimining tashkiliy tuzilishi118
1. Avlodlar birdamligiga asoslangan «taqsimlanuvchi” pensiya taʼminoti tizimida ish beruvchilar va ishlovchilar Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lov va badallarni to‘lab boradi. «Shakllangan mablag‘lar hisobidan pensionerlarga pensiyalar to‘lab boriladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. Masalan, T avlod pensiyaga chiqdi, uning uchun T+1 avlod pensiya to‘laydi, T+1 uchun esa T+2 va hokazo. Demak, hech qanday fond yaratilmaydi. Hech kim o‘zi uchun to‘lamaydi. Kim Pensiya jamg‘armasiga ajratma o‘tkazayotgan bo‘lsa, demakki, u o‘zidan oldin pensiyaga chiqqan fuqaro pensiyasi mablag‘ining manbai bo‘lib qoladi»119.
2. Jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning jamg‘apib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida joriy qilindi. Mazkur tizim pensionerlarning real daromadlarini oshirish va hayot darajasini yaxshilash imkonini bermoqda.
Qayd etish joizki, taqsimlanuvchi va jamg‘arib boriladigan pensiya tizimlari maʼlum afzallik va kamchiliklarga ega. Taqsimlanuvchi pensiya tizimining asosiy maqsadi fuqarolarni kambag‘allikdan himoya qilish mexanizmini amalga oshirishdan iborat va mazkur tizim demografik o‘zgarishlarga moslashtirilmagan. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining maqsadi bozor iqtisodiyoti mamlakatlariga xos bo‘lgan iqtisodiy samaradorlikdir. Biroq, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini darhol joriy qilish mumkin emas va ushbu tizim moliya bozorlaridagi o‘zgarishlarga juda sezgirdir. Quyidagi 4.3-jadvalda keltirilgan maʼlumotlarni tahlil qilish asosida bir necha muhim xulosalarni chiqarish mumkin.
2010-2021 yillar davomida iqtisodiyotda bandlar soni 17 foizga o‘sgan bir paytda pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 24,2 foizga oshgan. Huddi shu davrda 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar sonining o‘sish darajasi 80,4 foizga teng bo‘lgan
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar sonining o‘sish surʼati pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining o‘sish surʼatidan yuqori bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining o‘sish surʼati iqtisodiyotda bandlar sonining o‘sish surʼatidan yuqoridir.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling