Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-rasm. Pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti (foiz hisobida)
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5-rasm. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya oluvchilarning jami pensionerlar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi (foiz hisobida) 132
4.4-rasm. Pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti (foiz hisobida)131
Ammo, O‘zbekistonda 2010 yil 1 yanvar holatiga ish staji to‘liq bo‘lmagan pensiya oluvchilar soni jami pensiya oluvchilarning 2,7 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yil 1 yanvarga kelib, bu ko‘rsatkich 29,2 foizga yetgan, yaʼni 2010-2021 yillar davomida ularning salmog‘i 26,5 punktga yoki 10,8 martaga oshgan (4.5-rasm). Bunday o‘sishni, asosan, ishlovchilar va ish beruvchilar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanmaslik hamda korxonalar tomonidan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlar arxiv idoralariga topshirilmaganligi bilan asoslash mumkin. Bir vaqtning o‘zida bunday holat boshqa omillar bilan bir qatorda (norasmiy ishsizlik va boshq.) mamlakatda o‘rtacha pensiya miqdorining ham kamayishiga olib kelgan. Chunki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar mavjud stajga mutanosib miqdorda hisoblab chiqiladi. Oqibatda, kam miqdorda pensiya oluvchi fuqarolar soni ko‘payib boradi. Bu, o‘z navbatida, davlat tomonidan kam miqdorda pensiya oluvchi fuqarolarni moddiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini taqozo etadi. 4.5-rasm. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya oluvchilarning jami pensionerlar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi (foiz hisobida)132 Ana shunday chora-tadbirlardan biri «mamlakatimizda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibining amaliyotga joriy etilganligidir»133. Pensiya oluvchi fuqarolarni moddiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, Pensiya jamg‘armasining moliyaviy holatiga, uning daromadlari barqarorligiga bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda Pensiya fondining daromadlari, asosan, ijtimoiy soliqlardan tushumlar hamda Davlat budjetidan transfertlar hisobiga shakllantirilmoqda. Ijtimoiy soliq stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan belgilangan bo‘lib, «budjet tashkilotlari uchun 25 foizni (budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar; qaysi yuridik shaxs ustav fondining 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalar) va boshqa soliq to‘lovchilar uchun 12 foizni tashkil qiladi»134. Shuningdek, «SOS – O‘zbekiston Bolalar mahallalari» uyushmalari uchun 7 foizni va ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar hamda korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar uchun 4,7 foiz miqdorida belgilangan»135. Pensiyalarni hisoblab chiqarish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalari unifikatsiya qilindi. Jumladan, yiliga kamida bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (270000 so‘m) miqdorida quyidagilar tomonidan ijtimoiy soliq to‘langanda ularning ish bilan band bo‘lgan davri (mehnat staji) pensiya tayinlashda hisobga olinishi belgilangan: o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, xususan, «maydoni 4 sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar hamda mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ixtiyoriy tartibda»136; yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xo‘jaligi boshlig‘i hamda «Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari (ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davri) majburiy tartibda. 2022 yil 1 yanvardan budjet tashkilotlari bo‘yicha ijtimoiy soliqlardan tushumlarning 99,2 foizi, boshqa to‘lovchilar bo‘yicha 98,4 foizi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy ahvolini yaxshilash (shu jumladan, defitsitini qoplash) maqsadida 2019 yildan boshlab, Davlat budjetidan transfertlar ajratilmoqda. «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish maqsadida soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari»137 belgilandi. Ushbu konsepsiya doirasida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining shakllantirilishi tarkibida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada, 2019 yil 1 yanvardan138: mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytirildi: barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining (12%) 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish belgilandi (01.01.2005-31.12.2017 yillarda ushbu stavka 1 foizni, 31.12.2018 yilgacha 2 foizni tashkil etgan); fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi (2019 yilgacha fuqarolarning oylik daromadidan 8% gacha miqdorida sug‘urta badali to‘langan); pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash maqsadida budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida belgilandi, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi; «oborot (tushum)dan soliqlarni optimallashtirgan holda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtirildi: davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi»139 (korxonalar tomonidan 3,2% miqdorda majburiy ajratmalar amalga oshirilgan, uning 1,5 foizi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling