Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval 2019-2021 yillarda pensionerlar soni va yangi tayinlangan pensiyalar soni hamda uning prognoz ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, ming nafar


Download 0.8 Mb.
bet47/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

4.5-jadval
2019-2021 yillarda pensionerlar soni va yangi tayinlangan pensiyalar soni hamda uning prognoz ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, ming nafar146



Ko‘rsatkichlar


2019 yil


2020 yil


2021 yil


2022 yil


2023 yil


2024 yil


2025 yil


2026
Yil


2027 yil


2028 yil

Pensionerlar soni


3162,1

3312,7

3424,6

3588,4

3756,9

3932,2

4115,3

4310,4

4510,9

4720,6



shundan:yangi tayinlangan pensiyalar soni

277,3

288,3

299,8

313,4

327,5

340,6

354,2

368,4

383,2

4003,5

Bugungi kunda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini oshirish masalalari ko‘plab olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganilmoqda. Jumladan, Marinella Cadoni, Roberta Melis, Alessandro Truddalarning tadqiqotlarida «rivojlangan davlatlarning demografik tuzilishi va mehnat bozori bilan bog‘liq masalalar, pensiya fondlari yillar davomida katta sarmoyalar to‘plashini anglatishi, ular institutsional investorlar sifatida fond bozorlarida muhim rol o‘ynashi tadqiq etilgan»147. Yibing Chen, Xiaolei Sun, Jianping Lilar ham mazkur masalani tadqiq qilishgan, ularning fikriga ko‘ra «rivojlangan mamlakatlarda pensiya fondlarining daromadlari, nafaqat, badallar va majburiy to‘lovlar, subsidiyalardan, shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatidan ham shakllanadi»148. Hozirda taqsimlanuvchi tamoyil asosida tashkil etilgan ijtimoiy taʼminot tizimini kombinatsiyalash evaziga uning mablag‘lari professional investitsion faoliyatda foydalaniladi, biroq bu tizim mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqib turlichadir. O‘ziga mos investitsiya maqsadi va risk siyosatiga ega bo‘lmagan pensiya fondlari, odatda, uni o‘ta darajada riskli (xatarli) deb hisoblashadi. Shuning uchun ham investitsion qaytim investitsiyaga yo‘naltirilgan mablag‘lar kabi kam bo‘ladi, bu esa aktivlarni joylashtirish jarayonini osonlashtiradi.



Xulosa
Pensiyalarga xos bo‘lgan muhim xarakterli belgilar va xususiyatlar uning mazmun-mohiyatini ifodalashda o‘ta prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan mehnat stajiga ega bo‘lish, muayyan holatlarda taqdim etilishi, fuqarolarga moddiy ahvolidan qatʼiy nazar tayinlanishi, pensiya miqdori esa fuqaroning mehnat staji va ish haqi miqdoriga bog‘liqligi, maxsus jamg‘armadan to‘lanishi, yo‘qotilgan daromad (ish haqi) kompensatsiyasi sifatida oyma-oy to‘lab borilishi shular jumlasidandir. Ana shu xarakterli belgilarning barchasi bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lganda ular pensiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Aks holda, yaʼni muhim xarakterli belgilarning bir qismi namoyon bo‘lganda, pensiyalar nazariy va amaliy jihatdan o‘zini to‘la namoyon eta olmaydi.
Jahon tajribasida pensiya taʼminoti tizimi nazariy jihatdan ikki yirik guruhga ajratiladi: o‘rnatilgan to‘lovlar va o‘rnatilgan badallar tizimi. O‘rnatilgan to‘lov tizimida pensiya taʼminoti ishtirokchilari muayyan hajmdagi pensiya va nafaqalar bilan taʼminlanishi kafolatlanadi. Mazkur holatda to‘lov miqdori aktuar hisoblar yordamida oxirgi yildagi mehnat faoliyati uchun ish haqlari va oldingi staji asosida hisoblanadi. O‘rnatilgan badal tizimida pensiya to‘lovining miqdori oldingi to‘langan badallarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi, bunda pensiya fondining mablag‘laridan investitsion faoliyat yordamida olingan daromadlar ham pensiya miqdorini oshirishi mumkin yoki aksincha. Mazkur tizimda har bir ishtirokchi alohida hisob-raqamga ega bo‘ladi va unda badallar jamg‘arib boriladi. Ushbu tizimning farqli xususiyatlaridan biri pensiya to‘lovlarini olishda riskning mavjudligidir;
Pensiya sug‘urtasi mexanizmlarini amaliyotda qo‘llash – yollanma ishchilarni ijtimoiy himoyalashning eng samarador chorasi, ish beruvchilar va ishchilar uchun qulay va imkon darajada qilingan moddiy imkoniyatidir. Pensiya sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta va boshqa ijtimoiy sug‘urta turlarining kiritilishi moddiy yetishmovchiliklarga sabab bo‘ladigan risklarning salbiy taʼsirlarini sezilarli ravishda pasaytirdi, kelgusida ularning salbiy taʼsirlarini eng past darajagacha tushirish hamda zararlarni qoplash chora-tadbirlarini ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
2010-2021 yillar davomida iqtisodiyotda bandlar soni 17 foizga o‘sgan bir paytda pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 24,2 foizga oshgan. Xuddi shu davrda 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar sonining o‘sish darajasi 80,4 foizga teng bo‘lgan. Demak, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar sonining o‘sish surʼati pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining o‘sish surʼatidan yuqori bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining o‘sish surʼati iqtisodiyotda bandlar sonining o‘sish surʼatidan yuqoridir. Bu esa fuqarolar peniya taʼminoti tizimini isloh qilish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash nuqtai nazaridan zarur choralar ko‘rilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy taʼminotning minimal xalqaro meʼyorlariga ko‘ra, pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Ammo, mamlakatimizda 2010 yildan to 2021 yilgacha bo‘lgan davrlarning birortasida ham ushbu koeffitsiyent 40 foizlik darajani qayd etmagan. Buning asosiy sabablaridan biri pensionerlar tarkibida ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya oluvchilar sonining yuqoriligidir (2010 yilda 2,7 %dan 2021 yilga kelib 29,2 foizga yetgan). Bunday o‘sishni, asosan, ishlovchilar va ish beruvchilar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lanmaslik hamda korxonalar tomonidan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlar arxiv idoralariga topshirilmaganligi bilan izohlash mumkin. Bunday holat mamlakatda o‘rtacha pensiya miqdorining kamayishiga va kam miqdorda pensiya oluvchilar sonining ko‘payishiga ham olib kelgan. 2021 yil 1 iyuldan mamlakatimizda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibining amaliyotga joriy etilishi va jahon amaliyotida ushbu ko‘rsatkichdan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorini va undan kam pensiya oluvchi shaxslarning pensiyalarini minimal isteʼmol xarajatlariga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling