Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bimavzulari
- 4.4-§.O‘zbekistonda pensiya tizimining rivojlanish tendensiyalari
Nazorat savollari
1.«Covid-19” pandemiyasining pensiya tizimiga salbiy oqibatlari 2. «Cairns et al» tomonidan Covid-19ning salbiy oqibatlari kamaytirish chora-tadbirlari. 3. Koronavirus pandemiyasining davlat pensiyalariga taʼsiri. Test 1.Buyuk Britaniyada Covid-19dan vafot etganlarning 40 foizi necha 85 yoshdan katta bo‘lganlarni tashkil etgan? A) 85 yoshdan B) 55 yoshdan S) 75 yoshdan 2. Xitoyda davlat pensiyalari qanday davlat budjetidan moliyalashtiriladi? A) Davlat budjetidan B) Sug‘urta badallaridan S) Davlat pensiyasi mavjud emas 3. Finlyandiya hukumati ish beruvchilarning davlat pensiya badallari stavkasini 2020 yil oxirigacha necha foizga vaqtincha o‘zgartirdi? A) 2,6 foizga B) 5 foizga S) 4 foizga 4. Buyuk Britaniyaning 8 mln. dan ortiq ishchilarining 80 foizi mehnat taʼtiliga chiqqanligi sababli, ularning o‘rtacha daromadi necha foizga pasaydi? A) 7,3 foizga B) 8 foizga S) 9 foizga 5. Covid-19 pandemiyasi paytida Fransiya Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarini moliyalashtirishga yordam berish uchun qancha pul ajratildi? A) 13 mlrd. evro B) 10 mlrd. yevro S) 5 mlrd. Evro Mustaqil bimavzulari 1.Pandemiya pensiya tizimiga yetkazgan zararni tartibga solinishi 2.Islandiyada pensiya jamg‘armalari tomonidan qiritilgan xorijiy investitsiyalar 3.Covid-19 koronavirus pandemiyasi tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul 4.Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga, ish o‘rinlariga va ishchilar daromadlariga taʼsiri 5.Covid-19 ning iqtisodiy oqibatlari 4.4-§.O‘zbekistonda pensiya tizimining rivojlanish tendensiyalari Aholining turmush darajasini izchil oshirish va turmush sifatini yaxshilash, doimiy ravishda aholini nochor qatlamlarini himoyalash maqsadida islohotlar olib boriladi. Ushbu islohotlarning o‘tkazilishidan maqsad aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlariga manzilli, yaʼni aholining maʼlum bir guruhiga yo‘naltirilgan maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimini barpo qilishdan iboratdir. O‘zbekiston hududida pensiya taʼminoti tizimining shakllanishi va taraqqiyotini oltita bosqichga ajratilgan holda tadqiq etish mumkin. Birinchi bosqich 1924-1955 yillarga daxldor bo‘lib, bu davrda «yagona pensiya tizimi mavjud bo‘lmagan »98. Ushbu davr pensiya taʼminotining tarmoq xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 1924 yildan oliy taʼlim muassasalari o‘qituvchilari pensiya taʼminoti bilan qamrab olingan bo‘lsa, 1928 yildan pensiyalar to‘qimachilik sanoat xodimlariga, 1929 yildan esa og‘ir va mashinasozlik sanoati xodimlariga tayinlanish boshlangan. «1930 yilda «Pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra mehnatda jarohatlanish yoki kasb kasalligi tufayli nogiron bo‘lgan shaxslar pensiya bilan taʼminlangan»99. Ikkinchi bosqich 1956-1990 yillarni qamrab oladi. «1956 yil 14 iyulda aholini davlat pensiya taʼminoti bilan yanada kengroq qamrab olishni nazarda tutuvchi «Davlat pensiyalari to‘g‘risida”gi sobiq Ittifoq qonuni qabul qilingan»100. Faqatgina 1956 yildan sovxoz ishchilari va 1968 yildan kolxoz ishchilari pensiya taʼminoti bilan qamrab olingan va ayni shu davrdan boshlab, fuqarolarning to‘liq davlat pensiya taʼminoti yuzaga kelgan. Xususan, «ishchi va xizmatchilar, harbiy xizmatchilar, nogironlar va boquvchisini yo‘qotganlar davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan»101. Shuningdek, «erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda hamda ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan »102. 1990 yil 15 mayda «SSSRda fuqarolar pensiya taʼminoti to‘g‘risidagi qonun»103 qabul qilinib, fuqarolarga quyidagi pensiya turlari joriy qilingan: «mehnat pensiyalari (yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar) va ijtimoiy pensiyalar»104. Ijtimoiy pensiyalarni olish huquqiga mehnat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatsiz barcha fuqarolar ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar ega bo‘lganlar. Fuqarolar pensiya taʼminoti tizimi taraqqiyotining uchinchi bosqichi 1991-2000 yillarni o‘z ichiga qamrab oladi va uni haqli ravishda istiqlol yillari O‘zbekistonda pensiya tizimi rivojlanishidagi muhim dastlabki bosqichlardan biri sifatida qayd etish zarur. 1991 yil 14 yanvarda O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining «SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublikasi bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi»105 9-son qarori qabul qilindi. 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi. Aynan, shu davrlarda hayotimizning huquqiy kafolati hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Fuqarolarning mehnat huquqlari ifoda etuvchi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi ishlab chiqildi. «Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxati»106 ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 iyundagi «Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»107gi 319-son qaroriga asosan ijtimoiy pensiyalar bekor qilinib, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ijtimoiy nafaqalar joriy etildi. 1997-2000 yillarda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari Davlat budjeti tarkibiga birlashtirildi hamda Pensiya jamg‘armasiga davlat maqsadli jamg‘armasi maqomi berildi. 2001-2009 yillarni mamlakatda davlat pensiya taʼminoti rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi sifatida eʼtirof etish mumkin. «2001 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi»108 va Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar davlat soliqlari va yig‘imlariga tenglashtirildi. 2005 yildan pensionerlarga amaldagi pensiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish va turmush farovonligini oshirish maqsadida jamg‘arilib boriluvchi pensiya taʼminoti tizimi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son Qaroriga muvofiq, 2005 yilning 1 yanvaridan «fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromadi)ning 1 foizi miqdorida»109 2005 yilning 1 yanvaridan. Viloyatlar, shaharlar va tumanlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘linmalari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi «Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4161-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tashkil etildi. Beshinchi bosqich 2010-2016 yillarni qamrab oladi va ushbu yillar mobaynida davlat pensiya taʼminoti tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi. 2010 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalar tayinlash, moliyalashtirish va uning monitoringini yuritish Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatildi. 2011 yilda «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»110gi Nizom qabul qilindi. Sohaga axborot texnologiyalari faol joriy etila boshlandi. 2012 yilda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, to‘lash va hisobotlarni yuritish bo‘yicha markazlashtirilgan PK «Pensiya” dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Mazkur dasturiy taʼminot zamonaviy innovatsiya dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali Pensiya jamg‘armasining barcha tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida samarali elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, markazlashtirilgan yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish, foydalanuvchilarni to‘liq, ishonchli hamda tezkor axborot bilan taʼminlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. PK «Pensiya” dasturi orqali 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi, Soliq organlari, Adliya organlari, G‘aznachilik bo‘limlari bilan o‘zaro elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. 2013 yilda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish bo‘yicha kasb va lavozimlar ro‘yxati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi. 2015 yil 18 fevraldagi «Keksalarni eʼzozlash yili» Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan shaxslarga munosib eʼtibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015 yil 1 maydan «har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov»111 to‘lash belgilandi. 2016 yildan fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobini yuritish amaliyotga joriy etildi. 2016 yildan boshlab «chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish»112 tartiblari ishlab chiqildi. 2016 yil 1 iyuldan boshlab «pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam ish staji 5 yildan 7 yiliga»113 uzaytirildi. 2017-2021 yillar pensiya taʼminoti tizimi taraqqiyotining oltinchi bosqichi bo‘lib, ushbu yillarda pensiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bu bosqichda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida pensiyalar hajmini inflyasiya surʼatlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish, pensionerlarning to‘laqonli hayot kechirishlarini hamda umr uzayishini taʼminlash kabi vazifalar belgilandi va ularning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. «2017 yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd шаклда»114 berilishi belgilandi. 2018 yil 1 yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlarida ishlovchi shifokor-pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi. 2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, umuhalq muhokamasiga qo‘yildi va takomillashtirilib borilmoqda. 2019-2030 yillarda davlat pensiya tizimini isloh etish Konsepsiyasi ishlab chiqilishi yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. «2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda»115 to‘lanib kelinmoqda. «Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha»116 oshirildi. O‘zbekistonning soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga ko‘ra, «fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari (8%) bekor qilindi»117. Bugungi kunda pensiya tizimida raqamlashtirish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Hozirda milliy pensiya taʼminoti tizimi ikki darajali bo‘lib, avlodlar birdamligiga asoslangan «taqsimlanuvchi” hamda jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti tizimidan iborat (4.2-rasmga qarang). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling