Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.8 Mb.
bet38/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

Nazorat savollari
1.Pensiya tizimining rivojlanish bosqichlari?
2. Pensiya taʼminotini boshqarish davlat nazorati asosida Kasaba uyushmalari va assotsiatsiyalarning ahamiyati qanday?
3. Fransiyada Pensiyalar o‘rtacha ish haqi va mehnat staji qanday hisobga olinadi?
Test
1.Fransiyada 1673 yilda kimlarga pensiya taʼminoti joriy qilingan?
A) harbiy-dengiz floti ofitserlari uchun
B) Tibbiy xizmatchilari uchun
S) Keksa nogironlar uchun
2. Fransiyada nechanchi yilda «Buyuk fransuz inqilobi» davrida Davlat xizmatchilari uchun fuqarolik pensiyasi haqidagi qonun qabul qilingan?
A) 1790 yil
B) 1890 yil
S) 1790 yil
3. Rossiyada pensiya qonunchiligi Nikolay I davrida (1825-1885-yy.) kimlarga berilgan?
A) 25 yil xizmat qilgan ofitserlarga va harbiy xizmatchilarga
B) 30 yil xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga
S) 30 yil ish staji mavjud fuqorolarga
4. 1908 yilda Buyuk Britaniya qanday pensiya taʼminoti joriy qilingan?
A) Universal pensiya taʼminoti
B) Xususiy pensiya tizimi
S) Jamg‘ariladigan pensiya taʼminoti
5. Germaniyada 1889 yilda pensiya taʼminoti kim tomonidan joriy qilingan?
A) Otto fon Bismark
B) U.Beveridj
S) A.Shemetov
Mustaqil ish mavzulari
1.Davlat pensiya taʼminoti tizimining mohiyati va ahamiyati
2.O‘zbekistonda Davlat pensiya taʼminotining huquqiy asoslari.
3.Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda davlat pensiya taʼminotining zarurligi va ahamiyati
4.Pensiya taʼminoti tizimining shakllanishi
5.Pensiya taʼminoti borasidagi davlat siyosati.


4.2-§. Majburiy pensiya sug‘urtasining nazariy asoslari
Keksalik jarayoni keng qamrovdagi savollarni o‘z ichiga oladi. Bu savollarga biologiya va tibbiyot, demografiya va ijtimoiy psixologiya, gerontologiya va ijtimoiy taʼminot, falsafa va sug‘urtalash, iqtisod va sotsiologiya kabi qator fanlar javob izlashga harakat qiladi. Bu savollar yuzasidan ushbu fanlar beradigan umumiy xulosa quyidagicha bo‘ladi: «insonlar hayotini keksalik chog‘larida yengillashtirishning muhim maqsadlari ularni ijtimoiy taʼminlash va ommaviy hayotga ijtimoiy integratsiyalash hisoblanadi»92.

Aholini ijtimoiy taʼminlash va ijtimoiy himoyalash institutlarini tashkil qilishning mohiyati nazariy asoslari keksa yoshdagi aholi hayotining sifati konsepsiyalari va doktrinalarida, avlodlarning turmush tarzi va shartnomalari doktrinalari orqali ochib beriladi.


Fanda pensiya sug‘urtasi haqidagi tasavvurlar shakllanib bo‘ldi. Bu kabi sug‘urta nafaqat aholining bozor iqtisodiyoti davrida duch keladigan risklardan ko‘rgan zararini qoplash uchun, balki ommada ijtimoiy haqiqat haqidagi tasavvurlarni hosil qilish uchun ham xizmat qilgan.
Xorijiy manbalardan olingan maʼlumotlar tahlili pensiya sug‘urtasi nazariyasi yetarlicha ishlab chiqilganligini ko‘rsatib berdi. O‘z vaqtida pensiya sug‘urtasi sohasida xorijiy va milliy doktrinalarning yetishmasligini tanqid bilan eʼtirof etish lozim. Shuning uchun ikkinchi demografik o‘tishning zamonaviy bosqichi sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlarining o‘zgarishi, pensiya institutlarini zamonaviylashtirish kabilar o‘zining tashkil etilishi va samarali boshqarilishi uchun nazariy asoslarni ishlab chiqishni talab etadi93.
Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratish talab etildi: iqtisodiy munosabatlarning yangi standartlarini usluban va qonunan asoslashga; pensiya sug‘urta resurslarini xususiylashtirish masalalariga hamda ularning oylik ish haqi va sug‘urta ajratmalaridagi ahamiyatiga; oylik ish haqi va mehnatga haq to‘lash tushunchalarini aniqlashtirib olishga; oylik ish haqi, mehnatga haq to‘lash, sug‘urtalangan shaxslarning pensiya resurslari kabi tushunchalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlash va qonuniy tarzda ularning lug‘aviy maʼnolarini ochib berishga; pensiya sug‘urtasining ijtimoiy va moliyaviy samaralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rnatishga; YaIMdan pensiya sug‘urtasiga ajratilgan mablag‘ ulushiga va bu mablag‘larning bitta pensionerga to‘g‘ri keladigan ulushiga; tibbiy va geriatrik sug‘urtalashga qilinadigan harajatlarning minimal va optimal miqdorlariga.
Boshqacha ifodalaganda, sug‘urta resurslarining xususiylashtirilishi, bu resurslarning kimga tegishliligi, qanday shartlar bilan unga ega bo‘lish va sug‘urtalangan shaxslarning ularni risklar yuz berganda ishlatishi, YAIM da oylik ish haqi va pensiya taʼminotiga ajratilgan mablag‘ ulushining optimal ulushlari kabi masalalarini nazariy asoslash talab etiladi.
Bunda pensiya sug‘urtasi tashkil etishdagi muhim nazariy va uslubiy masalalar quyidagilar hisoblanadi:
  • pensiya sug‘urtasini 2-3 avlod davomiyligi (bu esa 60-90 yilni tashkil etadi) uchun moddiy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida qilinadigan «avlodlar shartnomasi»ning mazmunli ravishda asoslanib berilishi; bu shartnoma bugungi zamonaviy shart sharoitlarda pensiya, tibbiy va geriatrik sug‘urtalar, keksa avlodni aholining daromadlari tizimini boshqarish, bandligini taʼminlash orqali ijtimoiy parvarishlashga, ish beruvchilar, ishchilar, davlat, oilalar, jamiyatlar va mahalliy hokimiyatning bu kabi ishlarni amalga oshirishdagi ahvolga javobgarlik mexanizmlarini shakllantirishga harajatlar qilish zarurligini qayta qarab chiqishga undaydi.


  • keksalikda keladigan ijtimoiy risklarning nazariy jihatlarini baholash nazariyasini ishlab chiqish: risklarning turlari, ularning oqibatlarining ehtimolliklari va bahosi, rikslarning vaqt va fazoda taqsimlanishi, keksalikda keladigan risklarning turlari va ularga demografik, moliyaviy va ijtimoiy sabablarning taʼsiri;


  • sug‘urtalangan shaxslarga mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda davolanish, realibitatsiya xizmatlarini olish va ularga moddiy taʼminot yaratish uchun pensiya tayinlash mezonlarini aniqlashtirib olish;


  • aholini, ularning moddiy resurslarini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali boshqarib borishda, sug‘urta tizimi elementlarining tarkibi (yollanma mehnat – oylik maosh – sug‘urta badallari – mablag‘lar - sug‘urta to‘lovlari) hamda ularning o‘zaro bog‘liqligida pensiya sug‘urtasi va taʼminoti institutlarining o‘rni va rolini tizimli qarab chiqish;


  • ijtimoiy sug‘urta subʼektlarining iqtisodiy va huquqiy munosabatlarining bazaviy asoslarini, shuningdek, pensiya sug‘urtasining meʼyoriy-qonuniy bazasini ularning mexanizmlarini samarali boshqarishdagi shaxsiy javobgarligi nuqtai nazaridan aniqlashtirib olish.


Pensiya sug‘urtasining shakllanishi va samarali boshqarilishini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yadigan shartlar uchta holat hisoblanadi.


Birinchidan, moliyaviy pensiya resurslarini odamlarning ishlab yurgan va ishlamay qo‘ygan davrlarida to‘plash, taqsimlash va qayta taqsimlashda, ishchining, ish beruvchining va davlatning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqa tomondan, sug‘urtalangan shaxslarni keksalik va nogironlikda keladigan risklardan himoyalashda zarur bo‘lgan ijtimoiy himoyalash darajasining qonunan kafolatlangan turi ham eʼtiborga olinishi kerak. Ushbu yondashuvning iqtisodiy mazmuni sug‘urtalangan ishchilar va pensionerlar o‘rtasida moddiy resursalarni qayta taqsimlashda optimal nisbatlarni joriy qilishni ko‘zda tutadi.
Ikkinchidan, pensionerlarni moddiy taʼminlash standartlari sug‘urtachilarning (ishchilar va ish beruvchilar) pensiya to‘lovlarini moliyalashtirishdagi burchlari bilan maqsadli bog‘langan. Keksalikda, nogironlikda, boquvchisini yo‘qotganda va mujddatidan oldin mehnat qilishga layoqatini yo‘qotganda (kasbiy pensiya) pensiya tayinlash mezonlarini o‘zida aks ettirgan, qonunan belgilangan shartnomalar kiritilgan. Shuningdek, zarur hajmdagi moliyaviy resurslarning miqdorini ularning turlariga (sug‘urtalangan shaxslarni, ularning davolanishi va realibitatsiyasini moddiy taʼminlash) qarab, aniq qilib asoslash maqsad qilingan.
Uchinchidan, pensiya sug‘urtasi va taʼminoti institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi maqsadli ravishda quyidagilarni tizimli ravishda qayta ko‘rib chiqish asosida amalga oshiriladi: yollanma ishchilarni ijtimoiy himoya qilishning shu kabi institutlarini tashkil etishning nazariy holatlari va tartiblarini; shuningdek, pensiya sug‘urtasining tamoyillari va vazifalarini, turlari va sohasini, tavsiflarini; industrial rivojlangan davlatlar va o‘z mamlakati tajribalarini ishlatishni; moliyaviy baho berish uslublarini, shu bilan birga pensiya va yordam pullari miqdorini hisoblab chiqishga imkon beruvchi hisob-kitoblarni; shuningdek, mamlakat Pensiya fondi budjetining kirim va chiqim qismlarining hisob-kitobini; sug‘urta mablag‘larini to‘plash hamda ularni sug‘urta tizimi boshlang‘ich elementlari (yollanma mehnat - oylik maosh - sug‘urta badallari – mablag‘lar - sug‘urta to‘lovlari) bilan moliyaviy bog‘liq asosida sug‘urtalangan shaxslar o‘rtasida qayta taqsimlash usullarini; ijtimoiy sug‘urta subʼektlari iqtisodiy va huquqiy munosabatlarining boshlang‘ich asoslarini shaxsiy va jamoaviy qiziqishlarga qarab ko‘rib chiqishni; ijtimoiy sug‘urta subʼektlarining iqtisodiy va huquqiy munosabatlarining bazaviy asoslarini, shuningdek, pensiya sug‘urtasining meʼyoriy-qonuniy bazasini ularning mexanizmlarini samarali boshqarishdagi shaxsiy javobgarligi nuqtai nazaridan aniqlashtirib olishni.
Aynan shu kabi zarur tasavvurlarning ro‘yobga chiqishini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda majburiy va ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi institutlarining paydo bo‘lishi deb qarash mumkin edi. Aynan shu institutlar mehnatga to‘lanadigan haq miqdorini qaytadan ikki qismga ajratgan xolda ko‘rib chiqish bilan aholining keksa qatlamining daromadini taʼminlaydi:
  1. Ishchiga uning va oilasining joriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida bevosita to‘lanadigan oylik maosh va boshqa to‘lovlar, mehnatga haq to‘lashga tegishli bo‘lgan ijtimoiy to‘lovlar.


  2. Ishchining oylik maoshidan oldindan ushlab qolinadigan hamda ish beruvchi tomonidan oylik maoshga qo‘shimcha to‘lanadigan to‘lovlar. Bunday to‘lovlar maxsus sug‘urta fondlarida saqlangan va ular mehnatga layoqatini yo‘qotganda, keksalikda yoki ishchining o‘limi holatlarida kompensatsiya uchun mo‘ljallangan.


Ijtimoiy adolat o‘rnatilishi uchun oylik maoshning to‘plangan (sug‘urtalangan) qismining ishchining ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasinii (ishlagan vaqtidagi joriy oylik maosh miqdorini), shuningdek, pensiya to‘lovi davomiyligini hisobga olgan holda belgilash muhim hisoblangan.


Agar mehnat qilayotgan shaxsning ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bo‘lsa, pensiya tizimi mablag‘ni vaqt bo‘yicha qayta taqsimlashni taʼminlaydi. Chunki pensiya fondiga badallar to‘lash orqali kishi kelajakda, yaʼni ishlamaydigan vaqtida yetarlicha mablag‘ sarflay olishi uchun bugun kamroq sarflashi lozim bo‘ladi.
Pensiya instituti – aholining keksa qatlami daromadlarini nazorat qiluvchi asosiy institutidir. Uning samarali ravishda boshqarilishi ijtimoiy mehnat hamda sug‘urta munosabatlarining rivojlanganlik darajasiga, munosib oylik ish haqining mavjudligiga va doimiy daromad qilib turish kabilarga bog‘liq. Shuning uchun pensiya sug‘urtasining muhim nazariy konstruksiyasi oylik ish haqi borasidagi milliy tizim, bandlik masalalarini boshqarish, ularni soliq hamda ijtimoiy sug‘urta tizimlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish hisoblanadi.
Sug‘urtalash tamoyillariga asoslangan pensiya tizimlari, avvalo, moddiy resurslarni «to‘lov badallari» sxemasida muvozanatlab turish masalasini ko‘rib chiqadi. Pensiya olish oylik muntazam badallar yordamida yetarlicha hajmdagi moddiy resurslarni jamg‘arishga olib keladi. Bunday oylik muntazam badallar ishchining foydasi uchun (uning mehnatiga to‘langan ish haqining bir qismi sifatida) ishchining o‘z oylik ish haqidan va ish beruvchining oylik badallari hisobidan to‘lanadi hamda insonlarning butun umri davomidagi mehnat faoliyati davomida maxsus pensiya fondalariga borib tushadi.
Keksalikdagi mehnat pensiyasi ishchilarning mehnat daromadlari hisobiga moliyalashtiriladi, shuning uchun uning miqdori ularning butun mehnat faoliyati davomida olgan oylik ish haqi miqdori bilan taqqoslanadi. Ular uchun pensiya o‘zlarining mehnat faoliyati davomida ishlab topgan – «saqlab qo‘yilgan oylik maoshi» hisoblanadi.
Sug‘urta resurslarini to‘plash va sarflashning maqsadi ularni maxsus fondlarda yig‘ish va uni faqat risklar yuz bergan holatlardagina berishga asoslangan. Ammo bu narsa qonun yo‘li bilan mustahkamlanmagan. Shuning uchun pensiya sug‘urtasi tizimida sug‘urta resurslariga egalik qilishning yangi shakllarini qonunan mustahkamlash takliflari berilmoqda.
Sug‘urta resurslariga egalik qilishning birinchi asosiy shakli pensiya sug‘urtasiga jamoaviy shaxsiy egalikni maqsadli ravishda aniqlab olishdan iboratdir. Bunday pensiya sug‘urtasi ish beruvchining ishchi foydasi uchun to‘lagan sug‘urta to‘lovlari yordamida shakllantiriladi. Sug‘urtalash lozim bo‘lgan holatlar yuz berganda (keksalikda, nogironlikda, boquvchisini yo‘qotganda) – bu jamlangan mulk qonun yo‘li bilan avvaldan aniqlangan sug‘urtalangan shaxsga beriladi. Sug‘urtalangan shaxs bevaqt hayotdan ko‘z yumgan hollarda u marhumning yaqinlariga mulk tariqasida o‘tadi.
Sug‘urta resurslariga egalik qilishning ikkinchi shakli pensiya sug‘urtasiga shaxsan jamoaviy egalikni maqsadli ravishda aniqlab olishdan iboratdir. Bunday pensiya sug‘urtasi ishchilarning o‘zlari to‘lagan sug‘urta to‘lovlari yordamida shakllantiriladi. Unga huquqiy maqom berish kerak bo‘ladi. Sug‘urta mablag‘lariga shaxsan jamoaviy egalik sug‘urtalangan shaxslarga ishlatilmagan mablag‘larini (ularning vafotidan so‘ng) teng miqdorda – yarmini sug‘urtalangan shaxslarga, qolgan yarmini turmush o‘rtoqlariga berish masalasini hal etish imkonini beradi.
Sug‘urta resurslariga egalik qilishning uchinchi shakli sug‘urtalangan shaxsning pensiya sug‘urtasiga shaxsiy egaligini maqsadli ravishda aniqlab olishdan iboratdir. Pensiya sug‘urtasi ixtiyoriy professional pensiya sug‘urtasi hisobiga shakllantiriladi, bunda ish beruvchilar va ishchilar sug‘urtachi sifatida maydonga chiqadilar. Bizning fikrimizga ko‘ra, bunda mablag‘larni taqsimlash nisbati boshqacharoq bo‘lishi lozim, yaʼni mablag‘ning yarmi sug‘urtalangan kishining turmush o‘rtog‘iga, qolgan yarmi esa sug‘urtalangan kishining vasiyatiga ko‘ra, uning qonuniy egasiga berilishi ko‘zda tutiladi.
Sug‘urta resurslariga egalik qilishning bu uchta shakli ishchilar va ish beruvchilarning faoliyatiga ijobiy taʼsirini o‘tkazadi, shuning bilan birga pensiya sug‘urtasining haqiqiy sug‘urta mexanizmlarining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Boshqa tomondan, pensiya sug‘urtasiga egalik qilish muammosining hal etilishi pensiya tizimining moddiy taʼminlash borasidagi masalalarini sug‘urtalangan shaxslar ishtirokida hal etishga imkon yaratadi. Buning uchun davlat rahbarlarining siyosiy hohish istagi va ularning ish beruvchilar hamda ishchilar tomonidan ham to‘g‘ri anglashilganligi talab etildi.
Pensiya tizimini zamonaviy tarzda isloh qilishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bu borada 30-40 yillarga mo‘ljallangan tashabbuslarning ishtirokchilar (davlat, ish beruvchilar va ishchilar) tomonidan o‘z burch va vazifalarini to‘g‘ri anglab yetganliklarini nazorat qilishini qonuniy yo‘l bilan mustahkamlash hisobalanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling