Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya Kanada Niderlandiya
4. 2-jadval
Belgilangan daromad va belgilangan ajratma o‘rtasidagi bandlik bilan taʼminlanish va 2019 yildagi umumiy foyda95
2020 yil 7 oktyabrga qadar Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan butun dunyoda 1049,7 ming o‘lim va 35762,7 ming Covid-19 bilan kasallanish holati qayd etildi. Koronavirusdan vafot etgan ishchi va pensionerlar belgilangan daromad pensiya taʼminoti marhum hech qanday pensiya to‘lamasligi natijasida majburiyatni kamaytirdi. Vafot etgan pensionerning pensiyasi to‘xtatiladi, faqatgina to‘liq pensiyaning yarmi ko‘rinishida turmush o‘rtog‘iga nafaqa to‘lanadi. Agar xodim ish faoliyati davomida vafot etsa, oladigan pulning aktuar qiymatidan ancha past bo‘lgan miqdorda tashkilot tomonidan to‘lab beriladi. Shuningdek, sug‘urta kompaniyalari belgilangan daromad sxemasining sobiq ishchisiga sotganligi sababli ular ham foyda ko‘radilar. Pensiya oluvchining o‘limi nafaqa to‘lovlarini bekor qiladi, turmush o‘rtog‘i tirik bo‘lsa nafaqalar ancha kamaytirilgan stavkada berish davom etadi. Belgilangan daromad pensiya taʼminoti tizimlari va sug‘urta kompaniyalari uchun Covid-19ning ushbu foydali jihati aniq emas. Covid-19 infeksiyasining qayta to‘lqiniga duch kelish va Covid-19 tufayli baʼzi bir sabablarga ko‘ra tibbiy holatlardan voz kechish, davolanishni istamagan odamlar, Covid-19ga chalinib, umrni qisqartiradigan kabi sabablar o‘lim soni ko‘payish ehtimoli bo‘lishi mumkin. «Cairns et al» tomonidan Covid-19ning Buyuk Britaniyaning uzoq umr ko‘rishiga taʼsirini modellashtirildi, asosiy taʼsir o‘lim sanasining bir necha yil oldinga siljitish degan xulosaga kelishdi: 85 yoshida vafot etganlar bugungi kunda 80 yoshida vafot etmoqda (Buyuk Britaniyada Covid-19dan vafot etganlarning 40 foizi 85 yoshdan katta bo‘lganlarni tashkil etmoqda). Bu modelning mazmuni shuki, Covid-19ning o‘lim darajasi belgilangan daromad dasturi uchun taʼsiri juda oz; belgilangan daromad dasturini moliyalashtirish va annuitet narxlari farq qilmaydi. Koronavirus pandemiyasining davlat pensiyalariga taʼsiri. Davlat pensiya taʼminoti odatda yagona va murakkab tuzilmaga ega. Buyuk Britaniyada davlat pensiya badallari xodimlar tomonidan to‘lanadi. Xitoyda davlat pensiyalari davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Covid-19 davlat pensiyalariga turli xil yo‘llar bilan taʼsir ko‘rsatdi. Covid-19dan so‘ng Finlyandiya hukumati ish beruvchilarning davlat pensiya badallari stavkasini 2020 yil oxirigacha 2,6 foizga vaqtincha o‘zgartirdi va zaxira fondi yordamida moliyalashtirdi. To‘lovlarning qisqarishi ish beruvchilardan ularning 2022-2025 yillarga qadar stavkalarini oshirish orqali qoplanadi. Covid-19 AQSH o‘rtacha ish haqi indeksiga asoslaganligi tufayli ijtimoiy nafaqalar kamayishiga olib kelishi mumkin. «Bigsning»96 taxminlariga ko‘ra, Covid-19 AQShning ijtimoiy taʼminot xarajatlarini avtomatik ravishda kamaytiradi. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, agar 2020 yilda ushbu indeks 15 foizga pasayib ketsa, 60 yoshga to‘lganlarga ijtimoiy taʼminot nafaqaga chiqqanida yiliga 13 foizga kamayadi. Bu AQSH ijtimoiy taʼminoti narxini pasaytiradi, mablag‘ tugagandan so‘ng esa xizmat muddatini 2034 yildan keyin uzaytiradi. Shuningdek, AQShda ishsizlik darajasi 2020 yil fevral oyida 3,5 foizdan 2020 yil aprelda 14,7 foizgacha o‘sishi ishchilar va ish beruvchilar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta badallarining umumiy miqdorini kamaytirdi. Ishsiz ishchilar erta nafaqaga chiqqanligi sababli, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarida ham o‘sish kuzatildi. Covid-19ning hukumatlar uchun juda katta harajati jismoniy shaxslarni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan iqtisodiy faoliyat va soliq tushumlarining pasayishi natijasida davlat pensiyalariga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Buyuk Britaniyada 2011 yildan buyon inflyasiya va o‘rtacha daromadning o‘sishi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan darajada ko‘tarilishi natijasida davlat pensiyasining yillik oshishi bo‘yicha «uch karra qulf» mavjud. Ijtimoiy bozor fondining taxmin qilishicha, «ikkilik qulf» dan chiqib ketish uchun 2,5 foizni olib tashlash hukumatga yiliga 4 mlrd. funt tejash imkonini beradi. Buyuk Britaniyaning 8 mln. dan ortiq ishchilarining 80 foizi mehnat taʼtiliga chiqqanligi sababli, ularning o‘rtacha daromadi 2020 yilda 7,3 foizga pasaydi. Shu sababli davlat pensiyasi minimum 2,5 foizga oshishi kafolatlanmoqda. 2021 yilda mehnat taʼtili oluvchilar soni kamayishi bilan ularning daromadlari o‘rtacha 7/93 = 8 foizga o‘sishi kerak, holat o‘zgarmaguncha davlat pensiyalari 18 foizga oshishi mumkin. Baʼzi hukumatlar (Norvegiya, Chili, Irlandiya, Fransiya, Xitoy) maʼlum bir daromad oqimini yaratdilar, masalan: davlatni pensiya bilan taʼminlab berish uchun Shimoliy dengiz bo‘yi mustaqil boylik fondi yaratildi. Covid-19 harajatlari va daromadlarning kamayishini moliyalashtirishga intilayogan hukumatlar o‘zlarining boylik fondidan pul olishlari mumkin. Norvegiyaning Shimoliy dengiz bo‘yi xususiy fondida 1,000 mlrd. dollar zaxira fondi mavjud. Shuningdek, Fransiyada Covid-19 tufayli katta pensiya islohotlarini to‘xtatib qo‘yish bilan, Fransiya Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarini moliyalashtirishga yordam berish uchun kamida 13 mlrd. yevro ajratdi. Aktiv qiymatidagi o‘zgarishlar. Covid-19 va u bilan bog‘liq iqtisodiy o‘zgarish butun dunyo bo‘ylab fond bozorlarida keskin pasayishlarga olib keldi. 2020 yilning 12 fevralidan 2020 yilning 23 martiga qadar FTSE 100 va S&P 500 indekslari 34 foizga pasaygan, ammo keyinchalik ko‘tarilgan. Belginalgan foyda va belgilangan ajratma fondlarida katta miqdordagi aksiyalar mavjud bo‘lganligi sababli, bu pensiya to‘lash uchun mavjud aktivlar qiymatining katta pasayishiga olib keldi. 2020 yilning birinchi choragida AQSH berilgan foyda pensiya qiymati 14,9 foizga, Buyuk Britaniya pensiya qiymati 19,7 foizga tushib ketdi. Bu ularning belgilangan daromad sxemasini moliyalashtirish koeffitsiyentini yomonlashuviga olib keldi. Agar belgilangan daromad sxemalarining defitsiti majud bo‘lsa, qo‘shimcha badallar yordamida bartaraf etish kerak. Xissa stavkalarini yuqoriligi ish beruvchilarga qo‘shimcha moliyaviy bosimni keltirib chiqaradi, bu ularning dividendlari, investitsiyalari va boshqa ixtiyoriy xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Shuningdek, ishchilarning badal stavkasi o‘sishi, ularning bir martalik daromadlarini kamaytirishi va ularni pensiya sxemasidan kelib chiqib, kechiktirilgan pensiya oluvchilarni rag‘batlantirishi mumkin. Belgilangan daromadaʼzolari uchun aktivlar qiymatining pasayishi ularning pensiya hajmini kamaytirdi, bu esa o‘z navbatida ularning pensiyaga qadar ko‘proq va uzoqroq ishlashini anglatadi. Covid-19 sababli kelib chiqqan qimmatli qog‘ozlar narxining pasayishi uzoq muddatli taʼsirga ega hodisa bo‘lishi mumkin, belgilangan daromad sxemasini moliyalashtirish esa, Covid-19dan avvalgi darajaga qaytaradi. Shunga qaramay, yutqizganlar ham bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda belgilangan daromad sxemasi aʼzolari nafaqaga chiqmasdan avval yig‘ilib qolgan mablag‘dan pensiya sifatida olishlari mumkin. Ana shu xizmatdan foydalangan aʼzolar va ishchilar yutqizganlar hisoblanishadi. Buni oldini olish maqsadida Kanada hukumati vaqtinchalik pensiyalarni o‘tkazish haqida taʼqiq qo‘ydi. Buyuk Britaniyada belgilangan daromad sxemasi aʼzolari foydalarini belgilangan ajratma sxemasiga o‘tkazishlari mumkin, xatto ular 55 yoshdan yuqori bo‘lishsa, yig‘ilgan pulni qisman yoki hammasini olish imkoniyatlari bor. Avstraliya ishsiz aʼzolariga pensiya fondidan 20,000 doll. olishga ruxsat berdi, bu esa pul mablag‘larini olishning keskin o‘sishiga olib keldi. AQShning «CARES 2020» qonuni belgilangan daromad dastur aʼzolariga 100000 AQSH dollarigacha o‘z pensiya hisobraqamlaridan jarimasiz pul yechib olish imkoniyatini berdi va ushbu aʼzolarning 30 foizi Covid-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon o‘zlarining pensiyalaridan olishgan. Islandiya esa yoshidan qatʼiy nazar, 75,000 yevrogacha bo‘lgan miqdorda pensiyadan pul olishga ruxsat berdi. Lekin Covid-19ning uy xo‘jaliklari budjetiga yetkazgan zararini qoplashga harakat qilinayotgan bir paytda, pulni yechib olish nafaqani moliyalashtirish uchun mavjud bo‘lgan pensiya fondi mablag‘larini kamaytiradi. Bu shuningdek, aʼzolarning pensiya aktivlari qiymatlari past bo‘lganida, mablag‘larni naqd pulga aylantirayotganliklarini anglatadi. Pandemiya yetkazgan zararni tartibga solinishi. Pensiya regulyatorlarining munosabati ish beruvchilar va aʼzolarning badallarini to‘xtatib turish, normativ-huquqiy hujjatlarni yumshatish nuqtai nazaridan mamlakatlar bir-biridan farq qiladi. AQSH «US cares 2020» qonuniga ko‘ra, 72 yoshdan oshgan doimiy pensionerlarga pensiya fondidan minimal miqdorda pul olish talabini to‘xtatdi. Buyuk Britaniya to‘lovga layoqatsizligi to‘g‘risidagi qonunni yumshatdi, kreditorlarning qarzlarini undirish huquqini chekladi, bu esa o‘z navbatida pensiyani himoya qilish jamg‘armasi tomonidan to‘lanmagan pensiya badallari uchun ish beruvchilarni soliqqa tortish imkoniyatini pasaytiradi. Islandiya pensiya jamg‘armalari tomonidan qiritilgan xorijiy investitsiyalar kronaning qadrini pasaytirishi mumkinligi tufayli Markaziy bank ulardan 2020 yil mart oyidan 2020 yil sentabr oyiga qadar chet el investitsiyalarini jalb qilmasliklarini so‘radi. Qoidalarni (masalan, ish beruvchilarning badallari, aʼzolarning pensiyalarini olish, to‘lovga qodir emasligi) uzaytirilgan muddatlar (masalan, aktuarlarni baholash, pensiya regulyatoriga hisobotlarni) to‘xtatgan, qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan tartibga soluvchilar, shuningdek, baʼzi faoliyatlarga cheklov qo‘ygan. Qoidalarni qachon va qanday tiklashni Covid-19 darajasiga qarab hal etadi. Covid-19 pensiyalarga qisqa muddatli salbiy taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ushbu salbiy taʼsirlarning aksariyati uzoq muddatli istiqbolda yo‘q bo‘lib ketishi kerak, bu esa aktivlar narxi va foiz stavkalarining Covid-19dan oldingi darajaga ko‘tarilish tezligiga va darajasiga bog‘liq. Belgilangan daromad sxemasidan pul o‘tkazganlar yoki belgilangan ajratma sxemasidan naqd pul olganlar, ushbu vaziyatda yutqazganlar hisoblanishadi. Covid-19 natijasida muvafaqqiyatsizlikka uchragan ish beruvchilar belgilangan daromad sxemasini yetarli darajada moliyalashtirmagan bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ushbu belgilangan daromad dasturlarining aʼzolari (ammo pensionerlar emas, chunki ular odatda to‘liq kompensatsiya bilan taʼminlanadi), shuningdek, Covid-19 dan kelib chiqqan pensiya firibgarligi darajasini ko‘tarilganligi kabi, yutqazadiganlar ham bo‘ladi. Pensiya regulyatorlari ish beruvchilardan Covid-19 davrigacha bo‘lgan qoidalar va badallarga qaytishni talab qilishadi. Shuningdek, ular ish beruvchilarning kechiktirilgan hissalarini qo‘shishi kerak bo‘lgan vaqt ko‘lamini hal qilishi kerak. Covid-19 koronavirus pandemiyasi tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul jahon mehnat va moliya bozorlariga katta taʼsir ko‘rsatmoqda – bu o‘z navbatida pensiya tizimlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. Xususan, siyosatga oid javoblar aholining zaif qatlamlarini zudlik bilan himoya qilish va pensiya tizimlari kelajakda dunyo aholisi yoshiga qarab pensiya daromadlarini yetkazib berishni taʼminlash o‘rtasida muvozanatni o‘rnatishi kerak. «Jahon banki hukumatlar ushbu muammoni hal qilishlari uchun ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan to‘rtta muhim siyosiy savollarga yechimni taklif qiladi»97: Birinchidan, daromadlarning keskin pasayishi moliyaviy aktivlarga taʼsirini qanday yumshatish mumkin? Taʼsir darajasi tizimining turiga qarab farqlanadi. Sarmoyalar rentabelligining pasayishi, belgilangan hissa tizimlariga darhol taʼsir qiladi. Masalan, OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) 2008 yilgi moliyaviy inqiroz jahon pensiya aktivlarini 23 foizga kamaytirganini prognoz qilgan edi. Investitsiyalarning rentabelligi belgilangan nafaqa dasturlarini moliyalashtirish koeffitsiyentlarini pasaytiradi – OECD so‘nggi inqirozdan faqatgina davlat pensiya taʼminoti rejalarini moliyalashtirish darajasiga 1 trillion AQSH dollar miqdorida taʼsirini prognoz qilmoqda. Pandemiya yirik salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda, 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan olingan saboqlar bozor o‘zgaruvchanligi davrida tartibga soluvchi moslashuvchanlikning muhimligini ko‘rsatdi: yillik renta sotib olish vaqtidagi baʼzi bir moslashuvchanlikka imkon berish yoki belgilangan nafaqa sxemalariga ularning moliyalashtirish stavkalarini tiklash uzoq vaqtga ruhsat berish. Lotin Amerikasi mamlakatlari avvalgi tanazzuldan kelgan xulosalari – pandemiya davrida pensiya yoshiga yaqin xavfsiz aktivlar hayotiy siklik mablag‘larga o‘tish ahamiyatlidir. So‘nggi yillarda bir nechta mamlakatlarda ijtimoiy pensiyalar va minimal pensiyalarning tez surʼatlarda kengayishi shuningdek, inqirozning nafaqa oluvchilarga, ayniqsa, kam daromadli kishilarga taʼsirini kamaytiradi. Ikkinchidan, nafaqa oluvchilarni qanday qo‘llab-quvvatlash mumkin? Inqiroz aholining ijtimoiy jihatdan nochor aholi qatlami bo‘lgan keksalar va nogironlarning moliyaviy holatini yaxshilash dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlar va xarajatlarning mumkin bo‘lgan o‘sishi vaqtincha pensiya oshirilishi bilan kamaytirilishi mumkin, xususan ushbu mablag‘lar aynan Covid-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun yoki barcha nafaqa oluvchilar uchun umumlashtirilgan holda sarflanishi mumkin. Covid-19 mamlakatlardan ijtimoiy himoya tizimidagi ko‘p sonli qismi hisoblangan nafaqa oluvchilarga qanday qilib to‘lovlarni amalga oshirishni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Qariyalar naqd pul bilan to‘lovlarni olayotganlarida ijtimoiy masofaga erishish qiyin, bu infeksiya xavfini oshiradi. Buning uchun bir nechta choralarni amalga oshirish lozim: yangi protokollarni joriy etish, to‘lovlar oralig‘ini kamaytirish, ishonchnoma tizimini joriy etish. Banklararo to‘lovlarni amalga oshirish Pensiyalarni elektron tarzda to‘lash imkoniyatidir. Ruanda va Hindiston raqamli pensiya to‘lovlariga o‘tayotgan mamlakatlar hisoblanadi. Uchinchidan, yaqin kelajakda pensiya badallarini saqlab qolish kerakmi? Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga, ish o‘rinlariga va ishchilar daromadlariga taʼsiri hukumatlar uchun asosiy muammo hisoblanadi. Covid-19 ning iqtisodiy oqibatlarini hisobga olgan holda, hukumatlar tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan choralarni qidirmoqdalar. Xodimlar va ish beruvchilar tomonidan pensiya taʼminoti uchun to‘lovlarni to‘xtatib turish yoki kamaytirish ish haqini kamaytirishga va ishchilarni saqlab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, pensiya taʼminotini yanada mustahkamlash va global qarib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun to‘lov taʼtilini uzoq muddatli islohotlar bilan birgalikda amalga oshirish kerak. Xususan, to‘lov taʼtili – bu iqtisodiy barqarorlik qaytib kelgandan so‘ng, pensiya badallarini to‘lash deganidir. Masalan, 2008 yilgi inqirozdan keyin Estoniya pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan badallar miqdorini ko‘paytirgan holda to‘lab berilishini yo‘lga qo‘ygan. AQShning baʼzi ish beruvchilari kelajakda ish haqi oshishi bilan badallarni bosqichma-bosqich oshirishni afzal, deb hisoblaydilar. To‘rtinchidan, pensiya jamg‘armalari yosh ishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi kerakmi? Hukumat oldida turgan yana bir siyosiy tanlov – mehnatga layoqatli odamlarga pensiya jamg‘armalaridan erta foydalanish huquqini berishdir. Ko‘pgina quyi va o‘rta daromadli mamlakatlarda ishsizlikni sug‘urtalash dasturlari juda kichik yoki umuman mavjud bo‘lmay, ular ko‘lamini kengaytirish hukumatning katta miqdordagi mablag‘larini talab qiladi. Pensiya aktivlariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun eng ko‘p foydalaniladigan usul – bu dasturlar orqali mablag‘larni qarzga olish hamda qisqa muddatli ehtiyojlarni qoplash uchun soliq jarimalarisiz pensiya jamg‘armalariga hissa qo‘shish imkoniyatini berishdir. Jumladan Avstraliya, Malayziya va Peru kabi mamlakatlarda maʼlum darajada ushbu usul qo‘llanildi. Shunga qaramay, pensiya ishsizlik nafaqasiga o‘rindosh emasligini tan olish kerak va pul mablag‘larini yechib olish cheklangan, vaqt bilan chegaralangan va faqat favqulodda ehtiyojlar uchun (aks holda pensiyada yetarli daromadlarni yetkazib berish qiyin bo‘ladi) bo‘lishi kerak. Misol uchun, 15 yillik badallardan so‘ng pensiya jamg‘armalaridan 25 foiz mablag‘ni yechib olish, ishchi nafaqaga chiqqanidan so‘ng, umrbod pensiya daromadidan 15 foiz kam bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddatli ichki kapitalning ushbu muhim manbalarini jiddiy ravishda tugatish xavfini tug‘diradi, bu esa iqtisodiyotining tanazzuldan chiqib ketishi bilan tiklanishi kerak. Baʼzi rivojlanayotgan bozorlarda pensiya jamg‘armalari YAIM hajmining sezilarli foizini tashkil qilishi mumkin (masalan, Janubiy Afrikada deyarli 100%). Hukumatlar, shuningdek, 2008 yilgi tanazzuldan keyin baʼzi Yevropa mamlakatlarida bo‘lgani kabi erta pensiya yoki nogironlik bo‘yicha nafaqa olish huquqini olishga qarshi turishlari kerak, chunki bu pensiya tizimlarini uzoq muddatli moliyalashtirish shartlariga putur yetkazadi. Beshinchidan, bugungi kunda pensiya tizimini loyihalashda to‘lovlarni ertangi kun ehtiyojlari bilan muvozanatlash juda qiyindir. Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar va Covid-19 pandemiyasi davrida pensiya tizimlari keksayib borayotgan dunyo aholisining pensiya daromadlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan to‘lovlarni taʼminlovchi aktivlarni imkon qadar ko‘proq saqlab qolishni va ularni uzoq muddatli, xavfsiz va barqaror investitsiyalarga ajratilishini taʼminlash lozim. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling