Tarbiyachi: Ha, Bilmasvoy seni kim xafa qildi?
Bilmasvoy: Mana shu savatchadagi olmani 1 tasi suvga tushib ketdi. Savatchada nechta olma qolganini bilolmayapman.
Tarbiyachi: Xafa bo‘lma Bilmasvoy. Kel bizning Faoliyatimizda ishtirok et. Sen ham sanashni o‘rganib olasan.
Bilmasvoy: Men nimanidir o‘rganishni yomon ko‘raman.
Tarbiyachi: Biz sen bilan birgalikda o‘rganamiz, bu juda oson va qiziq.
Qani bolalar, birgalikda sanaymiz.
Bolalar: 1,2, 3, 4, 5, 6. 6 ta olma bor ekan. 6 soni 6 ta 1 dan hosil bo‘ladi.
Uslubiy eslatma: bolalar 6 sonini hosil qilish uchun sanoq cho‘p, tarqatma materiallardan o‘zlari alohida foydalanadilar.
Bolalar tarbiyachi tomonidan guruh xonasiga ilingan 5 tadan koptok, mashina, kitob, qalam, sabzi, bodring, tarvuz, olma, nok, o‘rik, gilos, lola rasmlariga 1 tadan rasm tayyorlab, 6 sonini hosil qilib chiqadilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu son- 6.
6
Tarbiyachi 6 soni yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |