Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet44/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Bolalarning ko’z bilan chamalash qobiliyatlarini rivojlantirish
Maqsad:
  • Bolalarning ko’z bilan chamalash malakalarini rivojlantirish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar buyumlarning kattaliklarini (balandligi va uzunligini) ko’z bilan chamalash orqali farqlashni o’rganadilar.


  • Bolalarning ko’z bilan chamalash malakalari rivojlanadi.




Kerakli jihozlar:
  • Turli uzunlikdagi taxtachalar.


  • Turli mashinalar.


  • Turli uzunlikda lentalar.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, siz yo’lda yurganda har xil ko’priklarga e’tibor berganmisiz. Hozir o’sha ko’priklarni bir eslab ko’ring. Ko’priklarni nimalardan qurish mumkin? Taxtadan, temirdan, temirbetondan qurishimiz mumkin. Hatto bir mamlakatda shishadan ham ko’prik qurishmoqchi bo’lishgan ekan.

Biz bugun sizlar bilan, taxtalardan ko’prik quramiz. Buning uchun ko’prigimiz uzunligi va balandligi qancha bo’lishini belgilab olamiz. Masalan, ko’prigimizning uzunligini mana bu taxta uzunligida qilamiz. Buning uchun avvalo ko’z bilan chamalab ko’ramiz, qaysi taxtaning uzunligi qo’limdagi taxtaning uzunligiga teng. Keyin qo’limdagi taxtani chamalagan taxtamiz ustiga qo’yib o’lchab ko’ramiz. Ularning uzunligi teng ekan. Boshqa taxtalarni ham xuddi shu usulda o’lchab ko’rib ajratib olamiz.

Ko’prikning balandligini qurish uchun ham bitta taxtani belgilab olamiz va shu taxta uzunligida boshqa taxtalarni ko’z bilan chamalab ko’ramiz. To’g’ri kelsa kerak, deb o’ylagan taxtamizni qo’limizdagi taxtaning ustiga qo’yib o’lchaymiz. Ularning uzunligi teng ekan. Mana bunisi bilan o’lchab ko’ramiz. Bunisi ozgina kalta ekan, demak bu taxta to’g’ri kelmaydi.

Hamma taxtalarni ajratib olganimizdan keyin ko’prik qurishni boshlaymiz. (Ko’prik qurishda barcha bolalar ishtirok etishadi). Ko’prigimiz tayyor, endi mashinalarni ko’prikdan o’tkazib ko’ramiz.




Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling