Ишларни бажариш ва бинони барпо этиш кетма-кетлиги
Download 141 Kb.
|
1.1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyurtmachi
- Foydalanuvchi
Quruvchi (puliga) – ma’lum bir aniq turdagi ko’chmas mulk obyektini qurishni amalga oshirish uchun rasmiy ariza beruvchi va ushbu ishni amalga oshirishga ruxsatnoma olgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Me’morchilik topshiriqlari asosida u loyiha–smeta hujjatlari uchun buyurtma beradi, qurilishni bajarish uchun ruxsat oladi va qurilish ishlari davri davomida barcha turdagi nazorat ishlarini bajaradi. Quruvchi qurilishni o’zining xususiy kuch (mablag’)lari hisobiga amalga oshiradi yoki pudratchilarni jalb qilish evaziga bajaradi, qurilish tugallanishi vaqtida esa – obyektni foydalanishga qabul qiladi va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan xususiy mulkka egalik qilish huquqini qayd qilinishini amalga oshiradi. Buyurtmachi funksiyasini uning o’zi bajarishi mumkin, bunda u maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni (Kapital qurilish boshqarmasi – KQB, boshqaruvchi firmalar va boshqalar) yoki mutaxassislarni jalb qilish asosida ish olib boruvchi.
Buyurtmachi – ko’chmas mulk obyektining qurilishida pudrat shartnomasi yoki davlat shartnomasini imzolovchi yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, qurilishni rejalashtiradi, uning pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishida buyutmalarning taqsimlanishi amalga oshiradi, moliyalashtirishni ta’minlaydi va ishlab chiqarish ishlari davri davomida nazoratni amalga oshiradi, shuningdek tugallangan qurilish inshootlari va binolarini qabul qilib oladi. Investor, (puliga)quruvchi va buyurtmachi bitta shaxs bo’lishi ham mumkin. Tashqi investor mavjud sharoitda buyurtmachi uning vakolatli vakili sifatida ish olib borishi qayd qilinadi. Foydalanuvchi – xususiy mulk huquqiga egalik qilish yoki xususiy mulk egasidan ob’ktdan foydalanish huquqini oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Foydalanuvchi tashkilot – xususiy mulk egaligi huquqini amalga oshiruvchi yoki xususiy mulk egasining (ko’proq darajada investor) topshirig’i asosida obyektdan texnik jihatdan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Agar, investision jarayon ishtirokchilari o’rtasida boshqacha kelishuv o’rnatilmagan bo’lsa, u holda foydalanuvchi tashkilot foydalanuvchi manfaatlari bo’yicha vakil. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling