Ишларни бажариш ва бинони барпо этиш кетма-кетлиги
Kapital qurilishni tashkil etish asoslari
Download 141 Kb.
|
1.1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
4. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari
Kapital qurilishni boshqarishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari. Qurilishni boshqarish umumiy iqtisodiyot uchun xos bo’lgan umumiy boshqaruv tamoyillariga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarishning mustaqil holatdagi sohasi sifatida qurilish boshqaruv organlari tizimining tuzib chiqilishi va funksiya bajarishida o’ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi va shuningdek, qurilish ishlarini tashkil qilishning o’ziga xos huquqiy shakllariga (pudratchilik va xo’jalik usullari) ega hisoblanadi. Qurilish halq xo’jaligining barcha sohalari bilan bog’liq bo’lib, bu bog’liqlik qurilish obyektlarining o’z belgi – xususiyatlariga va mo’ljallanilishiga ko’ra, qurilishning bir qator kenja(nim) sohalarga – ya’ni, turar joylar, energetik, transport, qishloq xo’jaligi, quvur o’tkazmalari, meliorativ va hokazo ko’rinishdagi sohalarga bo’linishini belgilab beradi. Bu ko’rinishdagi o’zgarishlar qisman qurilishni boshqarish organlarini tashkil qilinib tuzib chiqilishiga mos keladi, bunda obyektning belgilari bo’yicha alohida qurilish tashkilotlarini ixtisoslashtirilishi kelib chiqadi. Qurilish sohasi hududiy belgilariga ko’ra guruhlanuvchi ko’p sondagi tashkilotlar, korxonalar va xo’jaliklardan iborat. Shunday qilib, qurilishni boshqarish organlarini tuzib chiqilishi uchun hududiy va sohaga oid tamoyillar birligidan foydalanish kerak bo’ladi, bu holat qurilish tashkilotlarining boshqarishini shakllantirishida hududiy darajalar bilan yuqorida joylashgan darajalarning birlashtirilishi hisobga olinadi. Shu bilan birgalikda, qurilish tashkilotlarida tuzilishning texnologik tamoyillari ham o’z o’rniga ega. Qurilish sohasining boshqarilishi bir nechta boshqarish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish va turar–joy kommunal xo’jaligi bo’yicha Respublika miqyosdagi agentlik O’zR VMga bo’ysinadi va ijro hokimiyatining organi hisoblanib, qurilish sohasida mol – mulkni boshqarish, davlat tomonidan xizmatlar ko’rsatilishi va TSJlar tizimida davlat siyosatini yuritish funsiyasini bajaradi. Davlat xizmatlari tushunchasi orqali axborot berishga oid, maslahat berish va injiniring xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatilishi belgilanadi. Standartlash va metrologiya bo’yicha agentligi loyihalash, qurilish va undan foydalanish me’yoriy xujatlarini tasdiqlashni amalga oshiradi. Arxitektura va qurilish davlat Komitasi (Davarxitektqurilish) qurilishda me’yoriy hujjatlarning yangi tizimi ishlab chiqilishini ya’ni texnik reglamentlar va milliy standartlarni respublika miqyosda ishlab chiqilishini boshqaradi. Bu barcha organlar qurilishga bilvosita iqtisodiy va huquqiy pishanglar vositasida ta’sir ko’rsatadi va alohida tashkilotlarning tezkor – taqsimot tavsifidagi faoliyatiga aralashmaydi, biroq u me’yoriy hujjatlari, qarorlar, qurilishning barcha ishtirokchilari uchun majburiy hisoblangan ko’rsatmalar va qo’llanmalar doirasida o’rnatilgan huquqiy vakolatlari chegarasida, idoralarga bo’ysinishdan mustaqil holatda va xususiy mansublikdan erkin holatda funksiya bajarishi belgilangan. Nazorat savollari: Qurilishning asosiy ishtirokchilarining qisqacha tavsifi. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning qanday o’ziga xos xususiyatlari mavjud? Kapital qurilishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Qurilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi miqyosidagi Komitaning roli. O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura qurilish nazoratining roli. 1 Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling