Ишларни бажариш ва бинони барпо этиш кетма-кетлиги
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda o’ziga xos qonuniyatlar
Download 141 Kb.
|
1.1-ma\'ruza
3. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda o’ziga xos qonuniyatlar
Qurilish ishlab chiqarishi uchun iqtisodiyotni boshqarishga oid umumiy qonuniyatlar amal qiladi. Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatida qurilish ishlab chiqarishdan ko’p jihatdan farq qiladi: jumladan, bu yerda o’ziga xos xususiy, ya’ni uni tashkil qilish va boshqarish bilan belgilanuvchi, iqtisodiyotning faqat ushbu sohasi uchungina xos bo’lgan qonuniyatlari amal qilishi ham kuzatiladi. Qurilishning ushbu obyektiv xususiyatlarini tushunib yetish va hisobga olish – bu qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish va boshqarish shakllari va uslublarini to’g’ri tanlab olishning zaruriy sharti hisoblanadi. Qurilish ishlab chiqarishining birinchi o’ziga xos xususiyati – bu ishlab chiqirilgan mahsulot – ya’ni, qurilish obyektlarining (bino va inshootlar) bir joydan ikkinchisiga ko’chmasligi va hududiy jihatdan muayyan o’ringa egaligi, shu bilan birga ishlab chiqarish qurilmalari va vositalarining (ishchilar, mashinalar va boshqalar) harakatchanligi, ya’ni bitta obyektdan ikkinchisiga doimiy ravishda ko’chirilishi bilan bog’ligi. Qurilish obyektlarining keng hududda (shahar, tuman va h.k.) tarqoq holatda uzoq masofalarda joylashishi boshqaruv bo’linmalarining avtonom tarzda ish olib borishga majburligini belgilab beradi, o’z navbatida bu holat o’zaro axborotlar almashinuvini murakkablashtiradi, o’zaro tezkor tarzda aloqalarga kirishish va boshqaruvni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Solishtirish uchun sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalarida qurilmalar va mehnat vositalarini bir joyga maxkamlab o’rnatilishi, ishlab chiqarishning mahsulotlari esa bir joydan ikkinchisiga ko’chirilishi, harakatchanlik tavsifga ega bo’lishini ko’rsatib o’tish mumkin. Qurilishning bu hususiyati ishlab chiqarish jarayonining barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va bir maromda bajarishini ta’minlanishida katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bundan qurilishning ikkinchi o’ziga xos xususiyati kelib chiqadi – ya’ni, atrof–muhit, tabiiy–iqlim sharoitlariga bog’liqligi. Qurilish ishlab chiqarishi mahsuloti bevosita yer bilan bog’liq. U bino va inshootlarining asosini, poydevor tayanadigan zamin rolini o’ynab uning ajralmas qismini tashkil qiladi. Tabiiy ravishda, ushbu asos murakkab geologik va gidrogeologik tavsiflarga ega bo’lgan dinamik tizim hisoblanadi, bu tizim suv, harorat, seysmik tebranishlar, mavsumiy tebranishlar va hakozalar ta’siri ostida o’zgaruvchanlik hususiyatiga ega hisoblanadi. Qurilish ishlari ochiq havo sharoitlarida amalga oshiriladi va odamlarga tabiiy – iqlim omillari o’z ta’sirini ko’rsatadi: jumladan, atmosfera hodisalari, yilning mavsumlari almashinuvi (mavsumiy tebranishlar) va sutkaning o’zgarishlari (harorat va yorug’lik) ta’sir ko’rsatishi qayd qilinadi. Qurilishning butun yil davomida amalga oshirilishiga qaramasdan, mavsumiy shart–sharoitlar qurilish uslublarini tanlashga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bularning barchasi qurilishni tashkil qilish va ishlarni bajarish texnologiyalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi va ishlab chiqarish joyi va vaqtiga bog’liq holatda, qabul qilingan qaror va yechimlarning ko’p sonda bo’lishini belgilab beradi. Ayrim qurilish jarayonlari me’yorlashganiga qaramay obyektlarni barpo qilish texnologiyalari xilma xilligi ularni bu turkumda me’yoriylashtirilshi murakkab bo’lishi natijasida har bir loyiha uchun sharoitlarni hisobga oluvchi aloxida ishlarni bajarish loyihasi (IBL) ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bundan ko’p sondagi tashqi omillarning oldindan yetarlicha darajada aniq aytish qiyin bo’lgan uzluksiz tavsifdagi ta’sirlariga uchrashi sharoitida tizimni boshqarish murakkabligi kelib chiqadi. Ishlarni bajarish shart–sharoitlarining xilma xilligi nafaqat foydalanuvchi texnikalarga qo’yiluvchi talablarning o’ziga xosligini belgilab beradi, balki tashkiliy shakllar va ishlarni bajarish uslublariga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi odam faoliyatiga oid omilga xam alohida darajada talablar qo’yilishini belgilab beradi. Ishlab chiqarishning uchinchi o’ziga xos xususiyati material sig’imdorligi bilan belgilanadi. Material sig’imdorligi loyihada ko’zda tutilgan turli hajmiy–tarhiy va konstruktiv yechimlar, ularni amalga oshirishda xilma xil materiallar (yer, temir beton, yog’och, plastmassa, to’kiluvchan materiallar va ko’plab boshqalar)dan foydalanish asosida hal qilinadi. Yuklash va tushirish ishlari hamda tashish jarayonlarida ko’p miqdorda mehnat sarflanadi va transport vositalari jalb qilinadi. Bundan tashqari qurilishda material sig’imdorligining kattaligi materiallarning kafolatlangan zahiralariga ega bo’lishni qiyinlashtiradi. Albatta, bu holat sanoat ishlab chiqarishida ham kuzatiladi. Shuningdek, materiallarning bir qismi (masalan, tovar sifatidagi qorishma, eritmalar) omborda saqlanmaydi va ularni tayyorlagandan keyin 1–2 soat davomida ish joyiga yetkazib berilishi talab qilinadi, bu esa o’z navbatida qurilish jarayonini transport vositalariga bog’liqlik darajasini yanada oshiradi. Bu qonuniyatlar qurilishga va uning barcha bosqichlari uchun bir xilda xos bo’lib, iqtisodiy tizimga bog’liq hisoblanmaydi. Qurilish ishlab chiqarishining to’rtinchi o’ziga xos xususiyati – bu oldin sanab o’tilgan uchala o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda, stasionar zavod sharoitidagi ishlab chiqarishdan qurilish maydoni ishlab chiqarishiga yetkazib berilish tendensiyasi bilan bog’liq bo’lib, bu, o’z navbatida, yuqorida ta’kidlab o’tilgan salbiy ta’sirga ega omillar ta’sirini kuchsizlanishini belgilab beradi. Qurilish ishlab chiqarishi rivojlanishining asosiy yo’nalishi – bu industrial uslublarning takomillashtirilishi bo’lib, bunda qurilish yig’ish–montaj maydoniga aylantiriladi va bu yerga zavoddan maksimal darajada tayyor holatdagi yiriklashtirilgan yig’ma elementlar olib kelinadi. Qurilishning industrializasiyasi qurilish industriyasi sohasining (temir–beton, metal konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodlari va boshqalar) tashkil qilinishi va takomillashtirilishini belgilab beradi, bu holat qurilishda mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi, bir vaqtning o’zida boshqaruvning o’ziga xos spesifik qiyinchiliklarini vujudga keltiradi. Qurilish ishlab chiqarishi o’zining yakuniy ishlab chiqarish mahsuloti bo’lgan bino va inshootlarni barpo etishda turli xil sohalarga (industrial ishlab chiqarish – transport – qurilish) uzviy bog’liq va bu boshqaruv jarayoni uchta boshqaruv markazlari tomonidan amalga oshirilishini anglatadi. Uchta asosiy va ko’p sondagi boshqa qurilish ishlab chiqarish, boshqacha aytganda, konveyeri ishtirokchilarining bajaryatgan ishlarini uyg’unlashtirish zaruriyati kelib chiqadi – bu esa ishlab chiqarishni tashkil qilishda nisbatan murakkab va asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Qurilishning beshinchi o’ziga xos xususiyati – bu ishlab chiqarish siklining davomiyligi va qurilish mahsulotining tannarhi yuqoriligi bilan belgilanadi. Qurilish obyektlarining tannarhi o’n–yuzlab milliard so’mgacha yetishi mumkin. Bu tabiiy holat hisoblanadi. Qurilish davomiyligi bir necha yilni tashkil qilishi mumkin. Bu davr davomida yirik moliyaviy vositalar aylanma harakatdan chiqariladi (sarflanadi) va moddiy qimmatga ega bo’lgan vositalar sarflanadi. Qurilishning umumiy davomiyligida tashkiliy yoki texnologik tayyorgarlik davri sezilarli vaqtni o’z ichiga oladi, bu vaqt davomida tadqiqot ishlari, loyihalash va tayyorgarlik davriga tegishli boshqa ishlar bajariladi. Obyektlarni qurishda uzoq davomiylikka ega bo’lgan davr rejalashtirish va boshqarish tavsiflariga o’z ta’sirini ko’rsatadi va boshqaruvning iqtisodiy funksiyasini bajarishini qiyinlashtiradi. Qurilish davomiyligini va umumiy holatda butun investision davr davomiyligini qisqartirishga yo’naltirilgan chora–tadbirlarga aniqlik kiritilishi sarmoya sarflanishining o’zini qoplashini tezlashtiradi va yakuniy holatda buyurtmachi, quruvchi va umumiy jamiyat manfaatlari uchun foydali ta’sirga ega hisoblanadi. Qurilishning oltinchi o’ziga xos xususiyati – bu mehnatni tashkil qilishning brigada shakli ustuvorlik qilishi hisoblanib, bu holat faqat MDX davlatlarida qurilishni tashkil qilish tajribasi uchun xos hisoblanadi. Bu holatda barcha joyda mavjud bo’lgan qurilishdagi brigadalardan (zvenolar) foydalanish nazarda tutilmaydi, balki Sobiq Ittifoq hududida va joriy Rossiya hududida mehnatni tashkil qilishning brigada shaklining o’ziga xosliklari, inqilob davrigacha mavjud bo’lgan artellarga xos xususiyatlarning saqlanib qolishi, mehnat jamoasi a’zolari o’rtasida ishlarning taqsimlanishi va mehnatga haq to’lashda sezilarli darajada farqlanishlar kuzatilishi kabilar e’tiborga olinadi. Shakliga ko’ra turli xildagi brigadalardan foydalanishning asosiy sababi – bu majmuaviy holatlar bilan bog’liq hisoblanadi, yakuniy mahsulot – materiallar va mexanizmlar bilan ta’minotda surunkali tarzdagi to’xtalishlar hisoblanib, bu holat yaqqol ko’rinishdagi va yashirin tavsifdagi to’xtalishlarga olib keladi. Bu holatdan chiqib ketish uchun turli kasblarning birlashtirilishidan foydalanish tavsiya qilinadi, bunda brigada a’zolari o’z ish joyini tashlab ketmagan holda resurslar bilan ta’minlangan boshqa turdagi ishlarni bajarish nazarda tutiladi. Ob’kt bo’yicha barcha qurilish ishlari majmuini bajarish uchun yiriklashtirilgan, ya’ni yakuniy mahsulotni yaratib obyektni to’liq topshiradigan, brigadalarni tashkil qilish qurilishda brigada uslubini takomillashtirilishiga olib keladi. Bu holatda o’z mazmun–mohiyatiga ko’ra, o’z–o’zini tashkil qilish hisobiga o’z vaqtida ta’minlanishning amalga oshirilmasligi ta’sirida yuzaga keluvchi vaqtning yo’qotilishini kamaytirishga erishish imkonini beruvchi mehnat jamoasi tashkil qilinadi. Shunday qilib, qurilish rahbariyati o’zlarining ishlab chiqarishda tashkilotchilik funksiyasini brigada va brigada boshliqlari zimmasiga yuklashlari qayd qilinadi. O’z davrida bu holat ijobiy natijalar berishi kuzatilgan. Ko’rsatib o’tilgan shakllar ommaviy tarzdagi kvalifikasiyaga ega bo’lish talab qilinmaydigan ishlarni bajarishda quyi kvalifikasiya darajasiga ega bo’lgan ishchilarni birlashtirish uchun xos hisoblanadi, bu esa ishlab chiqarish va umumiy holatda jamiyatning zamonaviy rivojlanish darajasi shart–sharoitlari va talablariga muvofiq hisoblanmaydi, ya’ni zamonaviy shart–sharoitlar tor doirada ixtisoslashtirilgan yuqori kvalifikasiyaga ega bo’lgan va unchalik katta tarkibga ega bo’lmagan zvenolardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Qurilishning yettinchi o’ziga xos xususiyati – bu bajaruvchilarning asosiy mehnat qurolidan begonalishi bilan birgalikda ixtisoslashtirishning alohida ko’rinishdagi shakli bilan belgilanadi. Faqat qurilishdagina asosiy qurilish mashinalari boshqa tashkilot (MB – mexanizasiya boshqarmasi va boshqalar) ishchilari tomonidan boshqariladi, shu mashinalar yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshiruvchi brigadalari esa – boshqa tashkilotlarga mansub bo’ladi. Vaziyatni o’ziga xosligini ko’rsatish maqsadida biror ishlab chiqaruvchi zavod sexlarini boshqa zavod ishchilari va mos ravishda boshqa rahbariyatga bo’ysinuvchi ishchilar tomonidan boshqarilishini ko’rsatib o’tish mumkin. Qurilishning sakkizinchi o’ziga xos xususiyati – bu kooperasiyalarning o’ziga xos shakli bilan belgilanadi. Qurilish ishlab chiqarishida faqat unga xos bo’lgan kooperasiya shakllaridangina foydalaniladi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda bu holat asosan zavod (buyurtmachi, iste’molchi) – ta’minotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan chegaralanadi. Qandaydir mashinalarni ishlab chiqarishda qo’shimcha bajaruvchilar o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishning tashkil qilinishi va texnologiyalaridan mustaqil holatda bo’lishlari qayd qilinib, bunda faqat tegishli qismlar yoki mashinalarini ta’minotchilar bajarishlari qayd qilinadi. Qurilishda qo’shimcha bajaruvchilar – ya’ni, subpudratchilar obyekt qurilishi bo’yicha qurilish maydonida o’zlariga tegishli ishlarni bajarishadi, lekin qurilish mahsulotining asosiy yaratuvchisi hisoblangan – bosh pudratchi bir vaqtning o’zida asosiy fondlardan (vaqtinchalik inshootlar, binolar) foydalanib, va shuningdek bir xildagi mexanizasiya vositalaridan foydalangan holatda ishlarning tashkil qilinishi va texnologiyasini joriy qilish huquqiga ega. Bunda bosh pudratchining maqsadiga subpudratchilarning manfaatlari to’g’ri kelmasligini inobatga olib u ishlab chiqarishning asosiy tashkilotchisi deb, belgilanadi. Subpudratchi tashkilotlarning ko’p sonda bo’lishi va murakkab tavsifga ega bo’lgan texnologik o’zaro bog’liqliklar qurilish ishlab chiqarishini boshqarish jarayonini chuqur holatda ehtimollik xususiyatini belgilab beradi. Yuqorida keltirilgan ikkita o’ziga xos xususiyatlar, qayd qilish kerakki, tarixiy jihatdan qaror topganligi kuzatiladi: «...taqchillik mantiqi ta’siri qayd qilinadi: ya’ni, baza va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning quvvati o’z navbatida yetarli emasligi va qurilish ishlab chiqarishida cheklanishlarni belgilab berishi kuzatiladi, shu sababli ularning xususiy mezonlari bo’yicha ishlar yakuniy hisobda ushbu sharoitlar va umumiy holatda qurilish tizimi samaradorligi uchun maksimal darajada yuzaga keltiriladi... Natijada, o’z xususiy manfaatlari doirasida faoliyat olib boruvchi, mustaqil mexanizasiya tashkilotlari, qurilish industriyasi va transport, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vujudga kelishi qayd qilinadi...»*1. Qurilishda o’zaro munosabatlar yuqorida qisman ta’kidlab o’tilganidek, subpudratchilar o’rtasidagi ichki o’zaro munosabatlar bilangina cheklanib qolmaydi. Jumladan, bu holatda buyurtmachi,loyihalash tashkilotlari, materiallar va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilar bilan o’zaro munosabatlar ham yetarlicha darajada murakkabligi qayd etiladi. Ixtisoslashtirish markazlashtirishdan qochuvchi xususiyatga ega bo’lib kombinasiyalashning turli xildagi tashkiliy shakllariga, masalan uy–joylar qurilishi kombinatlari (UJQK) kabi shakllariga muvafaqqiyatli tarzda qarshilik ko’rsatishi qayd qilinadi. Yaqin istiqbolda yuqori darajada yopiqlik xususiyati bilan tavsiflanuvchi: ishlab chiqarish – qurilish; loyihalash – qurilish; loyihalash – ishlab chiqarish – qurilish tizimlari rivojlantirilishi kutiladi. Bozor munosabatlari sharoitida talab va taklif mexanizmlarining o’zlashtirilishi bilan ixtisoslashtirilishi bo’yicha subpudratchi tashkilotlarning son miqdoridagi proporsional uyg’unlik holati yuzaga keladi, tanqislik, yetishmaslik masalasi hal qilinadi, o’z navbatida yakuniy natijaga erishish uchun qurilishda barcha ishtirokchilarning ma’suliyatni his qilishi darajasi ortadi. Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling