Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Inson omilli va inson kapitali


Download 181 Kb.
bet5/6
Sana12.03.2023
Hajmi181 Kb.
#1263124
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli

3.3. Inson omilli va inson kapitali
Iqtisodiy o‘sishni ko‘pchilik modellariga kam omilli konsepsiyasi xarakterlidir. Iqtisodiy o‘sish modellari odatda ikki omilli yoki ayrim hollarda bir omilli bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish nuqtai nazarida mehnatning nafaqat miqdori balki, sifati ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Mehnat sifati, ya’ni uning murakkabligi uni bajaruvchilarning bilim darajalari, amaliy tajribalari, murakkab operaцiyalarni bajarish qobiliyatlari, chaqqonligi kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Empirik modellarga omil sifatida kiruvchi mehnat inson faoliyatning faqat miqdoriy ko‘rsatkichini ifodalovchi tor ma’nodagi tushunchadir. Bunday modellarda mehnat hajmi ko‘p hollarda bajarilgan ish soatlari yoki ishlab chiqarishda band bo‘lgan odamlar soni bilan belgilanadi.
Ayrim hollarda mehnat sifatini aniqlashga harakatlar bo‘lgan edi. Bunda mehnat sifatini aholining bilim darajasi, mehnatkashlarning yoshi va jinsi kabi ko‘rsatkichlar bilan izohlangan.
Yuqorida qayd qilganimizdek, kam omilli modellarda mehnat va asosiy fondlardan tashqari ayrim hollarda boshqa omillardan ham foydalanishimiz mumkin. Bu omillar o‘z ma’nolarini bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh ishlab chiqarish resurslarining turlari, masalan ekin maydonlari va er osti qazilma boyliklaridir.
Ikkinchi guruh mehnat va asosiy fondlarning sifat xususiyatlari hisoblanadi.
Uchinchi guruh omillari ishlab chiqarish shart-sharoitlarini ifodalovchi xususiyatlardir. Masalan, ishlab chiqarishni tashkil qilinish darajasi, ishlab chiqarishning institsional shakllarining miqdor va sifat xususiyatlari, tashqi savdo aloqalari omillarning birinchi yoki uchinchi guruhlariga taalluqli bo‘ladi.
Mehnatning har bir aniq shakli har xil murakkablik darajasida namoyon bo‘ladi. Sarf qilingan mehnatlarning murakkablik darajasini o‘lchash, aniqlash imkoniyati mavjud emas, ularning har birining sifat o‘zgarishini alohida taxminiy baholash mumkin. Bu sifat o‘zgarishlarini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar ishchilar tarkibi malakasi va uning o‘zgarishi, har xil kasbiy tayorgarliklarini va malakalarini talab qiluvchi mehnat turlari o‘rtasidagi nisbatlar bo‘ladi.
Bir omilli empirik model quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
(Lf Y)?
Agar iqtisodiy o‘sishni bir ko‘rsatkichning vaqt davomidagi dinamikasi bilan berishning imkoniyati bo‘lmasa, ko‘p ko‘rsatkichli iqtisodiy o‘sish konsepsiyasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Umuman iqtisodiy o‘sishni bitta jamlangan mehnat kabi umumlashgan iqtisodiy ko‘rsatkich yordamida ham ifodalash mumkin emas. Chunki, mehnat har xil shakldagi moddiy va ma’naviy boyliklar va xizmatlar hamda, har xil shaklda moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va taqsimlash ko‘rinishida yuzaga keladi. Shuning uchun ham mehnatning vaqt davomida bunday o‘zgarib turadigan shakllarini va natijalarini bitta ko‘rsatkich yordamida ifodalash mumkin emas, buni faqat ko‘p ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshirish mumkin.
Mehnat unumdorligining o‘sishga olib keluvchi omillarni to‘laroq ko‘rib chiqamiz. Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarish tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda, pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyot texnika taraqqiyoti va investitsiyalar mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi. Masalan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun quyosh elektrostansiyalarini qurish zarur bo‘ladi.
Quyidagi real mahsulotni ikki asosiy usulda ko‘paytirishi mumkin :
1.Band bo‘lganlar soni.
2. Ishlagan kishi soatlarining o‘rtacha miqdori.
Mehnat unumdorligi
Mehnat sarflari
1.Texnika taraqqiyoti.
2. Kapital qo‘yilmalar hajmi.
3. Ta’lim va malaka tayyorgarligi.
4. Resurslarni joylashtirish samaradorligi.
5 Boshqa omillar .
Ishlab chiqarishning real hajmi
Real mahsulotni ko‘paytirishi usullari
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi. Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi.
Ma’lum vaqt ichida kapitalning hajmi mutlaq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi. Buni oldini olish uchun:
1. Asosiy kapitaldan ancha unumli foydalanish.
2. Real mahsulot hajmini ko‘paytirish zarur.
Ta’lim va malaka tayyorgarligi mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha o‘sish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiyotida band bo‘lganlarning 80 foizga yaqini oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega.
Ko‘p omilli iqtisodiy o‘sish bir nechta tanlab olingan omillar ta’siri natijasi bo‘lmasdan, ko‘p omillar birgalikdagi ta’siri natijasidir. Ma’lumki, iqtisodiy o‘sish modellaridagi omillar sonlari cheklangandir. Ammo, iqtisodiy o‘sishning empirik (amaliy) tahlillarida ko‘p omilli yondashuvlar ham uchraydi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli konsepsiyasi Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘p ko‘rsatkichli iqtisodiy o‘sish tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlari jamlangan mehnatning miqdori va sifatidir. Bu mehnat moddiy va ma’naviy boylik va qadriyatlarda jamlangan bo‘lib, bularni ishlab chiqarish va taqsimlashning har xil shakllari mavjuddir. Demak, iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi barcha omillarni e’tiborga olish uchun jamlangan mehnatga xos bo‘lgan barcha shakldagi ko‘rinishlarni mustaqil ko‘rib chiqilishi kerak. Bu faqat moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi omillarnigina hisobga olish etarli emasligini ko‘rsatadi. Moddiy va ma’naviy boyliklarni va har xil ishlab chiqarish va taqsimot shakllarini yaratishda katnashuvchi barcha asosiy omillarni e’tiborga olinishini taqozo etadi.
Ko‘p o‘lchamli iqtisodiy o‘sishni amalda keng qo‘llaniladigan bitta ko‘rsatkich milliy boylik bilan xarakterlashimiz mumkin. Chunki, milliy boylik tarkibiga tabiiy resurslar, ishchi kuchi, ishlab chiqarish fondlari, ilm-fan va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar kiradi.
Ko‘p ko‘rsatkichli iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiy faoliyatning ayrim yo‘nalishlarini va mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini miqdoriy aniqlash qo‘shimcha murakkabliklar bilan bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sishning asosiy elementlari bir-biridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladi. Bu elementlarning natural ko‘rinishlari ham, boshqa ko‘rinishlari ham bir xil bo‘lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni agregirlashni ham turli sifatlarni bir vaqtda o‘lchaydigan va baholaydigan yagona, umumiy shart mavjud bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p ko‘rsatkichli iqtisodiy o‘sishda statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash muammolari yuzaga keladi. Chunki, ma’naviy boyliklar va ishlab chiqarish hamda iste’mol bo‘yicha ko‘p hollarda kuzatuvlar olib borilmaydi. Ayrimlarini faqat tanlab baholanadi va bu esa to‘liq bo‘lmagan statistik axborotga ega bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda iqtisodiy o‘sishning elementlarini va qoidalarini qisman baholashgagina imkon beradigan statistik ma’lumotlar mavjuddir.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling