«Қишлоқ ва сув хўжалигининг замонавий муаммолари» мавзусидаги анъанавий XXII ёш олимлар


VERTIKAL DRENAJLAR GIDRAVLIK HISOBI


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1641341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ilovepdf merged

VERTIKAL DRENAJLAR GIDRAVLIK HISOBI 
Sultonov R.S. – 2 kurs doktoranti 
Mahmudxo‘jayev S.M. – 3 kurs talabasi 
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 
 
Annotatsiya: 
 
Vertikal drenajlardan hozirgi kunda ko‘plab sohalarida keng foydalanilmoqda. Vertikal drenaj 
quduqlar hosilning barqarorligini, sug‘orishda qo‘shimcha manba bo‘lishi, yer osti suvlari sathining 
tez pasaytirishni va ularini boshqarishni ta’minlash olishi, ulardan foydalanish ijobiy tomonlari 
hisoblanadi. Vertikal drenajning asosiy qismi hisoblangan quduqlarni gidravlik hisobi bajarishdan 
maqsad quduqlarning debitini, quduq ishlashi davomida undagi suv statik sathining pasayishini va bir 
qatlamda ishlayotgan quduqlar orasidagi о‘zaro ta’sirlarni aniqlashdir.
Kalit so`zlar: vertikal drenaj, mukammal quduq, nomukammal quduq, depressiya voronkasi, 
statik sath. 
Kirish. Sug‘orish tizimlarida vertikal drenajdan foydalanish XX asr boshlarida boshlangan. 1923-1925 
yillarda AQShda (Arizona) Tuz daryosi vodiysida tog‘lararo vodiydagi sho‘rlangan yerlarni meliorativ 
holatini yaxshilash muammosini hal qilish uchun vertikal drenaj tizimidan foydalanilgan[2]. Hozirgi 
paytda vertikal drenaj nafaqat AQSh, balki Misr, Hindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda ham 
ishlatiladi. O‘zbekistonda 1966 yildan boshlab Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi, Buxoro viloyati va 
keyinchalik esa Sherobod va Qarshi cho‘llarida ham ishlatila boshlandi. Hozirgi kunga kelib vertikal 
drenajlardan ko‘plab sohalarida keng miqiyosida foydalaniladi. Bularga misol qilib melioratsiya, suv 
ta’minoti, shaharsozlik qurilishi, transport va yo‘l qurilishi olish mumkin. Vertikal drenajlar yer osti 


«ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ» мавзусидаги анъанавий XXII – ёш олимлар, 
www.tiiame.uz
магистрантлар ва иқтидорли талабаларнинг илмий-амалий анжумани. Тошкент - 2023 йил 
www.tiiame.uz
 
133 
suvlarni sathini keskin tushurish, yer osti suvlari rejimini tartibga solish, yerlarini sug‘orish, suv bilan 
ta’minlash, ikkilamchi sho‘rlanish va botqoqlashishni oldini olish, shuningdek, tuproqning suv-tuz va 
havo harorati rejimlarini yaratish maqsadida foydanilmoqda.[4] 
Qishloq xo‘jaligi yerlarida suv sathi va tuproq sho‘rlanishi uchun yer osti drenajlari gorizontal va 
vertikal drenaj tizimlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Vertikal drenaj tizimlari nasosli 
quduqlardan, ochiq qazilgan quduqlardan yoki quvurli quduqlardan foydalanadigan drenaj 
tizimlaridir.[2] 
Vertikal drenaj quduqlar hosilning barqarorligini, sug‘orishda qo‘shimcha manba bo‘lishi, yer osti 
suvlari sathining tez pasaytirishni va ularini boshqarishni ta’minlash olishi, ulardan foydalanish ijobiy 
tomonlari hisoblanadi.[1] 
Vertikal drenaj quduqlarining asosiy vazifasi bu melioratsiya. Ular sug‘orish uchun quduqlardan 
qurilish texnologiyasi va konstruksiyasi bo‘yicha farq qilmaydi. Ular sug‘orish quduqlaridan 
chuqurroq emas (40-70 m.). Ularni tabiiy va iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib 5-120 gektar maydonda 
xizmat qiladi. Ko‘pgina hududlarda vertikal drenaj quduqlari melioratsiya va qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini sug‘orish maqsadga xizmat qiladi.[1] 
Yer osti suvlarini olish inshootlari muayyan geologik va gidrogeologik sharoitlardan kelib chiqib 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling