Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
1.3. Assonans
Mirtemir she’riyatida tovush takrori, jumladan, assonans (unli tovushlar) takrori uslubiy vosita sifatida qo‘llangan. Assonans – unlilar ohangdoshligi. “Assonans” (lot. Assonare – ohangdoshlik so‘zidan) – gapda, misra va bandda bir xil unli tovushlarning qaytarilishi”1. O.S.Axmanova assonans turg‘un birikmalarda uchrashini va uslubiy vosita ekanini yozadi2. Assonansning asosiy xususiyatlaridan biri she’rda qofiyani yuzaga keltirishdir. Bu haqda ba’zi ishlarda “Assonans poeziyada qofiya imkoniyatlarini kengaytiradi”3, deyilgan. Assonans takrori hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida juda ko‘p uchraydi. Assonansga berilgan ta’riflar orasida quyidagi ta’rif haqiqatga yaqinroq va ushbu hodisaning uslubiy vazifasini to‘g‘ri belgilaydi: “Assonans – aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik”4. Manbalarda nutq tovushlari sistemasida ekspressivlikni ifodalash jihatidan unli tovushlarning imkoniyati katta ekanligi ham ta’kidlangan5. Mirtemir she’rlarida assonansdan unumli foydalangan. Assonansda unli tovushlarning takrori to‘liq va to‘liq bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Shunga ko‘ra uning ikki xil turini farqlash mumkin: a) bir xil unli tovushlarning takrorlanishi; b) turli unli tovush to‘liq takrorlanmasdan o‘zaro hamohang bo‘lib kelishi. Mirtemir she’riyatida unlilar takrorining har ikkala turini ham uchratamiz. Ular she’rning turli qismlarida takror keladi. Jumladan, unli tovushlar ma’lum bir misrada takror keladi. Bunday takrorlarni shoirning “Tortiq”, “Kuz qo‘shig‘i”, “Olis Farg‘onadan”, “Yayov uloq” kabi she’rlarida uchratamiz. Shoirning “Tortiq” she’rida a va o unlilari takrorlari mavjud: Oynako‘l-ku, oynaday toza, Mo‘ldir-mo‘ldir o‘ta tiniq suv, Dunyo bo‘ylab mundoq ovoza – Yozda muzdek, qishda iliq suv... (II. 34) Avvalo she’rning yozilish tarixi haqida: 1962 yilda o‘zbek adabiyoti haftaligi qatnashchilaridan bir guruhi Ko‘kchatovga borishadi. Ko‘kchatovda Erkesh degan shoir yigit Zulfiyaxonimga Oynako‘lni “tortiq qiladi”. Mana shu taassurotlar asosida Mirtemir “Tortiq” she’rini yozgan. Aniqrog‘i, ushbu “tortiq”qa javob sifatida yozilgan. She’rda Oynako‘lning tiniqligi, uning tortiq qilinishga arzigulik tabiat mo‘jizasi ekanligi tasvirlangan. She’rdagi ohangdoshlik Oynako‘l-ku oynaday toza misrasida ifodalangan. Misradagi tovush ohangdoshligi so‘zlar ohangdoshligini ta’minlagan. Oynako‘lning tiniqligi, tozaligi uning nomiga ko‘chgan va oynaga qiyos qilingan. Banddagi mo‘ldir-mo‘ldir takroriy so‘z esa fikrni rivojlantirgan. Chunki bu oddiy harakat emas, balki nafis bir to‘lqinlanishdir. Suv so‘zining sifatlovchisi bo‘lib kelgan mo‘ldir-mo‘ldir so‘zi suvning mo‘lligini, ko‘lning to‘la ekanligini va ayni paytda suvning holatini ifodalashga xizmat qilgan. So‘zning bir paytning o‘zida ikki xil uslubiy ma’no kasb etishi (1-ma’noda ravish, 2-ma’noda taqlid so‘z) natijasida bandning badiiy salmog‘i oshgan. Bunda, ayniqsa, so‘zning takror holda qo‘llanishi muhim ahamiyatga ega. Ikkilamchi ma’no aynan leksik takror natijasida ro‘yobga chiqqan hamda tajnis san’atini yuzaga keltirgan. Bandda oynako‘l va oynaday so‘zlari doirasida ohangdoshlik mavjud bo‘lib, ular tazmini muzdavaj san’atini yuzaga keltirgan. Bu so‘zlardagi ohangdoshlikni oyna so‘zi ta’minlagan. Oynaday so‘zidagi -day o‘xshatish vositasi tashbih san’atini yuzaga keltirgan. Mirtemir lirikasining asosiy xususiyati shundaki, unda xalqona sodda ruh, o‘ynoqi va kishini erkalovchi mayin ohanglar uyg‘unlashib ketadi hamda misralar silliq, mayin o‘qiladi. Ohangdagi ana shu o‘ziga xoslik shoirning tovushlar uyg‘unligi va mutanosibligini yaxshi his qilishini, tovush takrorlariga munosib badiiy-uslubiy vazifa yuklay olishini namoyish qiladi. Xuddi shunday tovush takrorini “Kuz qo‘shig‘i” she’rida ham ko‘rishimiz mumkin: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling