Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet27/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

2.3. Tardi aks


Takrorning ko‘rinishlaridan biri tardi aksdir. Bu takror badiiy san’atlarga oid manbalarda aks, tabdil, tardu aks kabi nomlar bilan yuritilgan. Yo.Is’hoqov mumtoz poetikaga doir qo‘llanmalarning ko‘pchiligida bu san’atning nomi aks shaklida uchrashini, A.Navoiy uni tardi aks deb ataganini, “G‘iyos-ul lug‘at”da aks va tard deb atalishini, ayrim manbalarda esa tabdil deb nomlanishini ta’kidlaydi1. Atoulloh Husayniy bu takror haqida fikr bildirar ekan: “Ani “tabdil” ham derlar, ba’zilar “tardu aks” derlar. Ul andin iboratdurkim, kalomning bir bo‘lagin ikkinchi bir bo‘lagining oldig‘a qo‘yarlar, so‘ngra aning aksin qilurlar, birinchi bo‘lakning o‘rnini ikkinchisiniki bilan almashtirurlar”2, deydi.


Tardi aksni Atoulloh Husayniy aks san’ati deb nomlagan. Bu takror bugungi kunda poetikaga doir manbalarda tardi aks va tardu aks kabi ikki xil nomlanib, tardi aks izofali shakl bo‘lib, tardu aks esa tard va aks ma’nosini beradi. Demak, bu ikki xil nomlanishdan, bizningcha, izofali qo‘llanish ma’qul bo‘lib, bunda teskari almashtirish ma’nosi aniqroq aks etadi. Manbalarda Tardi aks takrorining nomlanishi quyidagicha aks etgan. “Tabdil” – almashtirish. “Tard” Atoulloh Husayniyning ta’rifiga ko‘ra, lug‘atta yurutmoq, quvmoqtur va aks teskari qilmoqtur. Bu san’atta kalomni o‘ziga xos bir tartibda yurutub, yana teskari qilg‘anlari uchun anga tardu aks deb nom beripturlar”3.
Yoqubjon Is’hoqov bu san’atni tardi aks4 deb nomlagan. T.Boboev, Z.Boboevalar hamda A.Hojiahmedov tardu aks5 deb yuritishni lozim topganlar. Ko‘rinib turibdiki, bu takrorning nomlanishi turlicha bo‘lib, bu nomlanishlarning barchasi bir tushunchaga qaratilgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasida farqli tomonlar mavjud.
Tardi aks arabchada qaytarish, almashtirish, o‘zgartirish ma’nolarini bildiradi. U so‘z yoki so‘z birikmasining shu misraning o‘zida, baytda yoki bandda teskari takrorlash san’atidir. Buni Yo.Is’hoqovning quyidagi fikrlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin: “Biz bu tasviriy vositani tushuntirishda Navoiy foydalangan istilohni qo‘llash tarafdorimiz. Chunki ana shu termin zikr etilayotgan san’at mohiyatini to‘liqroq ifoda etadi: “aks” umuman “teskari, chappa” degan ma’noni bildirsa, “tardi aks” so‘zlarni, ularning tartibini o‘zgartirgan holda qaytarish, takrorlash demakdir”1.
Poetikaga oid manbalarning ko‘pchiligida tardi aks takrori o‘zbek mumtoz she’riyati misolida tahlil qilingan. Vaholanki, bu poetik vosita hozirgi zamon she’riyatida ham faol qo‘llanib, turli ma’no ottenkalarini ifodalab kelmoqda. Bu haqda Yo.Is’hoqov shunday yozadi: “Tardi aks she’rda muayyan maqsadni obrazli-emotsional ifodalash va rang-barang ma’no ottenkalari hosil qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratuvchi poetik vositalardan biridir. Binobarin, bu san’atning mumtoz poetikaga doir asarlarda faqat “lafziy san’atlar” doirasiga kiritilishi adolatdan emas. Bizningcha, tardi aks ham lafziy (mutahodiy qismi), ham ma’naviy (mujriy qismi) san’atlarga daxldor bo‘lib, o‘zbek zamonaviy she’riyatida ham o‘z funksiyasini ado etishi mumkin”2.
Tardi aks takrorning boshqa turlaridan alohida ajralib turadi. O‘ziga xos murakkablikka ega. Chunki bunda takror to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki, talabga ko‘ra tekari holda takrorlanishi kerak. Bunda ba’zan ma’no bo‘rttirilib, kuchaytirilib yoki ta’kidlanib kelsa, ba’zan yangi ma’no ifodalanadi.
Bu san’at haqida V.Rahmonov fikr bildirar ekan: “Bu san’atning nozik tomoni shundaki, shoir deyarli bir-biriga daxldor ikki so‘zni ikki misrada, ikki kombinatsiyaga solib, na takrorni sezdiradi, na ma’noni kuchsizlantiradi”1, – deydi.
Tardi aks takrorini misra yoki bandda takror kelishi, ma’nosining o‘zgarib takrorlanishi, ado etayotgan uslubiy vazifasiga ko‘ra turlicha guruhlash mumkin. Bu kabi xususiyatlar talantli shoir Mirtemir she’riyatidagi tardi aksga ham taalluqlidir.
Mirtemir she’riyatida tardi aks takrori turli til birliklari asosida yuzaga kelgan:
1. Tardi aks takrorini hosil qiluvchi lisoniy birliklar, asosan, so‘z shaklida bo‘lib, bunday takrorlarni shoirning “Qo‘zi”, “Ko‘nglim”, “Suv va suluv”, “Qarqaralik”, “Qor qo‘msash”, “Nahang”, “Tarsaki” kabi ko‘plab she’rlarida uchratamiz. Bu she’rlarda biror so‘zning teskari takrori asosida tardi aks yuzaga kelgan. Masalan, shoirning “Suv va suluv” she’rida suv va suluv so‘zlari tardi aksni hosil qilgan:
Tashnalab g‘o‘za shuv-shuv
Barg silkib, pichirlashar,
Bir-biriga inoq-ku,
Imlashar va sirlashar:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling