Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet29/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Qorong‘i kechalar botdi yo‘qliqqa!
Botdi qorong‘i kechalar, qora yillar!..chindan otdi tong – mangu u! (I.29)
Bandda botdi so‘zi bilan qorong‘i kechalar so‘z birikmasi tardi aksni hosil qilgan. Shuningdek, bu so‘zlar istiorani ham shakllantirgan. Qorong‘i kechalar – bu zulmga asoslangan o‘tmish. O‘tmishdagi ma’lum bir nohaqliklar hukm surgan davr. Uning barham topishi botdi so‘zi orqali ifodalangan. Bunda takrorni yuzaga keltirgan birliklar ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Ya’ni qorong‘i kechalar xalqning ma’lum tazyiqlarga duch kelgan davri bo‘lsa, botish uning barham topishidir.
Mirtemirning “Qimiz” she’rida tardi aks poetik usuli quyidagicha murakkabroq ko‘rinishda yuzaga kelgan:
Gap o‘sha qizda emas, gap anavi qimizda,
O‘n sakkiz yasharimda ilk bor o‘pganday mastman.
Gap o‘sha qimizdami, yo‘q, o‘sha suluv qizda,
Nainki mast, dev kabi norg‘ulman, zabardastman. (II. 28)
She’rda qimiz va qiz obrazlari yaratilgan va bu obrazlar qiyosiy ifodalangan. Qahramonni mast qilgan qimiz va maftun qilgan suluv qiz. Bandning birinchi misrasida kelgan o‘sha qiz va anavi qimiz so‘z birikmalari uchinchi misrada o‘sha qimizdami, o‘sha suluv qizda shaklida tardi aksning o‘zgarib takrorlanishini hosil qilgan.
Mirtemir she’riyatida tardi aksni yuzaga keltiruvchi birliklar turlicha bo‘lishi bilan birga, ularning she’r misralarida takrorlanish o‘rni ham har xil. Shoir she’riyatida tardi aks bir misrada va misralararo yuzaga kelgan. Shoirning “Ham posevnoy ham vasl” she’rida tardi aks bir misrada yuzaga kelgan bo‘lsa, “Qimiz”, “Nahang”, “Tong taronasi”, “Qo‘zi”, “Tarsaki”, “Qor qo‘msash”, “Qarqaralik”, “Ko‘ngil”, “Suv va suluv” she’rlarida bunday takrorlar misralararo qo‘llangan.
Shoirning “Tarsaki” she’rida bosar ba’zan toshday zil jimlik jumlasi xarsang toshday jimlik bosar shaklida takror qo‘llangan:
Tirik yetim... Qanday og‘ir tirik yetimlik!
Balki bundoq o‘ksimasdi onasi bo‘lsa,
Shu sababdan bosar ba’zan toshday zil jimlik.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling