Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet31/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Jiydash ko‘nglimdadir,
Ko‘nglim Jiydashda... (II. 91)
To‘rt banddan iborat “Ko‘nglim” she’rida takrorning bir necha shakllari mavjud bo‘lib, har bir band oxirida qayd etilgan Jiydash ko‘nglimdadir birikmasi tardi aks takrorini yuzaga keltirgan. Bu sodda yig‘iq gap shaklida bo‘lib, uning takror qo‘llanishida ham sodda yig‘iq gap hosil bo‘lgan. Takror vosita lirik qahramon qalbining Jiydashga bog‘liqligini ta’sirli ifodalagan. Shuningdek, ushbu takror bir misraning o‘zida hosil bo‘lgan. Bu esa she’rdagi asosiy fikr shu misraga singdirilganligidan dalolatdir. Takror birikmaning har bir band oxirida qayta-qayta tilga olinishi lirik qahramon tuyg‘ularining qat’iyligi, sobitligini ta’kidlashga xizmat qilib, she’r misralaridagi mazmun ekspressivligini yanada oshirgan.
Xulosa qilib aytganda, Mirtemir she’riyatida tardi aks bir misrada yoki misralararo qaytarilgan hamda o‘zgarmagan holda va o‘zgarib takrorlangan. Shoir she’rlarida tardi aks yondosh va misraning turli qismlarida takror hosil qilib, ma’noni ta’kidlab kelgan, avvalgi fikrga sezdirmay qaytish jarayonida mushohadani sezgirlashtirish kabi muhim vazifalarni bajargan.
2.4. Misra va band takrori

N.Afoqova: “Abdulla Oripov she’rlarida eng ko‘p uchraydigan yana bir badiiy san’at misra takroridir. Xuddi ana shu hodisaga mos tushadigan “raddu-l matla’” istilohi faqat g‘azal va qasidaga xosligi va Abdulla Oripov she’rlarida uchraydigan hamma misra takrorlari ham ushbu istiloh ta’rifiga to‘la mos kelmasligini hisobga olib, biz ruscha “refren” deb atalgan hodisani “misra takrori” deb atadik”1, – deb yozadi. Darhaqiqat, bu takror zamonaviy shoirlarning she’rlarida ko‘plab uchraydi. Bunday takrorlar halqa takroridan farq qilib, she’rning turli qismlarida takror kelishi mumkin. Halqa takrorida esa, albatta, she’r boshidagi misra yoki band she’r oxirida takrorlanishi lozim, shuningdek, she’rning boshqa qismlarida takror kelishi mumkin. Shuning uchun she’rning turli o‘rinlarida takror keluvchi misra va band takrorlarini halqa takroridan farqlab, alohida o‘rganishni lozim deb topdik. Bunga naqarotlar, refren misralar, she’rning turli qismlarida misra va bandlarning takrorlanishi kiradi. “O‘zbek tilida so‘zlarning, shuningdek, so‘zdan ko‘ra kattaroq struktura va mazmunga ega bo‘lgan birliklarning takror holda qo‘llanishi juda ko‘p uchraydigan hodisa. Lekin bunday takrorlar ifodalaydigan ma’nolar, ular bajaradigan vazifalar bir xil emas”2.


Takrorning misra va band holidagi qaytarilishi Mirtemir she’riyatida ham juda ko‘plab uchraydi. Mirtemir bunday takrorlarni “Quyosh haqida”, “Ko‘zlarim yo‘li ustida...”, “Saharlarda”, “Mard yigit, yoring bo‘lay!”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Hamshira”, “Jonon”, “Yodgor”, “Yorim boru yorim bor”, “Qaldirg‘och”, “Yo‘ling uzun”, “Shundog‘am sevamanki”, “Bu – men tug‘ilgan tuproq”, “Dunyo bir soz qo‘shiqdan zavq ololsaydi”, “O‘zbekistonsan”, “Betobligimda”, “Saratonda soyaboning bo‘layin...”, “Qayda?” kabi o‘nlab she’rlarida qo‘llaydi. Shoir she’riyatidagi bu kabi takrorlar erkin holda yoki tizimli takrorlar hosil qilgan.
Mirtemir she’riyatida misra takrorining quyidagi shakllari mavjud:
– biror band boshidagi misraning she’r oxirida takrorlanishi;
– biror band oxiridagi misraning she’r oxirida takrorlanishi;
– she’r bandining ketma-ket ikki misrasi o‘zaro takror kelishi;
– she’r bandidagi birinchi va uchinchi misralar takrori;
– she’r bandidagi ikkinchi va to‘rtinchi misralar takrori;
– biror misraning bandlar boshida takror kelishi;
– biror misraning bandlar oxirida takror kelishi;
– biror bandning ikkinchi misrasi band oxirida (beshinchi misra shaklida) takror kelishi;
– biror band boshidagi ikki misraning boshqa bandlar oxirida takror kelishi;
– biror band oxiridagi ikki misraning boshqa band oxirida takror kelishi;
– biror band oxiridagi ikki misraning she’r oxirida takror kelishi;
– she’rning biror bandi (asosan, to‘rt misra) she’rning boshqa qismida takror kelishi;
– she’r biror bandining she’r oxirida takrorlanishi.
Shoir she’riyatida misra takrori o‘ziga xos uslubiy vazifa bajarishga xizmat qilgan. Mirtemir she’riyati serbo‘yoq, mantiqan mukammal obrazli tasvirlarga boy. Shoirning “Qaldirg‘och” she’rida juft misralar takrori asosida tabiat tasviri o‘zgacha tasvirlangan. Bu she’r peyzaj lirikasi bo‘lib, unda shoir kechinmalari tabiat tasviri bilan uyg‘unlashib ketgan. She’rda bahor fasli, ko‘klam tasviri ifodalangan:
Cheksiz ko‘k toqlarida qaldiroq qarsillashi...

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling