Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet33/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Bitta o‘zim bilaman.
* * *
Yuragimda yonar bir o‘t betutun.
Go‘yoki der: qovuraman, tilaman.
Dosh beraman nechun hanuz men beun –
Bitta o‘zim bilaman. (II. 264)
She’rda shoir ifodalamoqchi bo‘lgan fikr Bitta o‘zim bilaman misrasi takrorida ta’kidlangan. Bu misra zamirida qandaydir sir bordek. Bu sir – shoir yuragida yonayotgan o‘t, tug‘yon. Bu olovli tug‘yonlar sababi shoirning o‘zigagina ma’lum.
Mirtemir “Navoiy ko‘chasida” she’rida Quloq sol bu ko‘cha sarguzashtiga misrasi takroridan mohirona foydalangan:
Quloq sol bu ko‘cha sarguzashtiga:
Hirot qal’asidan boshlanur boshi,
U yog‘i ulanur Iroq dashtiga,
Besh asr yoshi.
Quloq sol bu ko‘cha sarguzashtiga:
Ko‘priksiz bir hatlab Jayhun belidan,
Qovjiroq kunlarning boqmay shashtiga,
Marvi shohijahon – turkman elidan. (II. 129)
Takror misralar kitobxon diqqatini ma’lum bir holatga tortadi. Bu poyoni yo‘q Navoiy ko‘chasi. Bu ko‘cha sarguzashti ikki xil ma’noda qo‘llangan. Birinchidan, Toshkent shahrining bir yonida o‘sha oynai jahon, bir yonida yangi San’at saroyi joylashgan markaziy ko‘chalaridan biri ma’nosi ifodalangan. Bu ko‘cha, bu yo‘l bir qancha ko‘chalar bilan tutashib, shahrimiz chiroyiga chiroy, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Ikkinchidan, Navoiy ko‘chasi majoziy ma’noda qo‘llangan. Bu ko‘cha besh asrdan keldi shu zamonga, u yana davom etadi. Besh yuz asrlarga ketgusi shu tarz. Bu ko‘chaning ibtidosi Hirotdan boshlanib qolmay, boshqa ko‘chalar bilan ham tutashgan. Shoir u yog‘i ulanur Iroq dashtiga, deb, bu she’riyat ko‘chasining Fuzuliyga ulanib ketganiga ishora qilgan. Bu ko‘cha sarguzashti shunday ulkan tarixga ega:
Yonlatib o‘tadi ko‘ldan bu ko‘cha...
Toshkent quchog‘ida yastanur oxir,
Bir yonida o‘sha oynai jahon,
Kunma-kun ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib hozir,
Yarqirar, ko‘chalar ichida jonon...
Bir yonida yangi San’at Saroyi,
Shu ko‘chada go‘yo cho‘ng fan, ilm kuchi. (II. 129)
Shoirning “Sen ona...” she’rida Sen – ona misrasi takror qo‘llanib, shu misralar vositasida ona obrazi yaratilgan. Navoiy va Boburlarni voyaga yetkazgan, dohiylar beshigini bedor tebratgan, yagona o‘g‘lini ham jangga kuzatgan ona timsoli yoritilgan. Onaning Vatanga bo‘lgan muhabbati, sadoqati har narsadan ustun ekanligi ushbu takror misralarda qayta-qayta ta’kidlangan:
Alisherga alla aytib uxlatgan

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling