Ишнинг умумий тавсифи


Shoda-shoda sachrar asl dunyo go‘yo, Durmas, qatra-qatra


Download 0.93 Mb.
bet41/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Shoda-shoda sachrar asl dunyo go‘yo,
Durmas, qatra-qatra yashil nur go‘yo,
Yashil go‘zallikka qachon to‘yaman? (II. 219)
3. Bandning birinchi va uchinchi misralarida qo‘llangan:
Yassi-yassi do‘nglardan
O‘taman xayol chulg‘ab,
O‘taman og‘ir-og‘ir
Bobolar zamoniga. (II. 131)
4. She’r bandining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi misralarida qaytarilgan:
Oq bulutlar asta-asta
Tog‘dan tushib keladi,
Karvon tuzib dasta-dasta,
Uchib-uchib keladi. (I. 360)
5. She’r bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi misralarida takror kelgan:
Olamdan xabar ol, xushvaqt dil,
Dillar bor – ranjiydi va chil-chil
Dillar bor – erk kutar yilma-yil,
Yilma-yil qismati zildan-zil ... (II. 182)
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, Mirtemir she’riyatida mukarrar bandda bitta takroriy so‘zning qaytarilishi yoki turli shakldagi takroriy so‘zlarning qo‘llanishi asosida yuzaga kelgan:
Po‘lat o‘mrov saf-saf yo‘rg‘a azmi bu,
Ne chavondoz, saf-saf darg‘a azmi bu,
Egachi-yu jiyan, tog‘a azmi bu,
Qutlug‘ xirmon kelyapti. (II. 245)


Chor atrof sabzalarda
Jimir-jimir ko‘zmunchoq,
Bo‘y-bo‘y dilrabolarning
Suzuk ko‘zlarimi yo? (II. 100-101)
Mirtemir she’riyatidagi takroriy so‘zlar ikki xil xarakterga ega. Ularning bir guruhi tilda avvaldan mavjud, odatiy takroriy so‘zlar bo‘lsa (asta-asta, chil-chil, quchoq-quchoq), boshqa bir guruhi shoirning o‘zi uyushtirgan, shakllantirgan (hanuz-hanuz, yona-yona, qona-qona, g‘aram-g‘aram) takroriy so‘zlardir. Odatiy takror so‘zlar kundalik nutqda, turli uslublar va janrlarda tez-tez qo‘llanib turgani uchun ular ifodalaydigan uslubiy ma’nolar shoir o‘zi shakllantirgan takroriy so‘zlar ifoda etuvchi uslubiy ma’noga nisbatan kuchli emas. Chunki ijodkorning o‘zi yaratgan takrorlarda okkazionallik xususiyati ham mavjud bo‘lib, kitobxon diqqatini o‘ziga kuchliroq jalb qiladi. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, hamma gap takroriy so‘zdan maqsadga muvofiq, mohirona va o‘rnini topib foydalanishda. Mirtemir ijodida keyingi xususiyat alohida bo‘rtib namoyon bo‘lgan.
Umuman olganda, Mirtemir she’riyatida mukarrar takrori maqsadli qo‘llangan. Shoir she’riyatida takroriy so‘zlarning qo‘llanishi salmoqli bo‘lib, bularning barchasi badiiylik uchun xizmat qilgan. Takroriy so‘z sifatida asosan, ot, sifat, fe’l so‘z turkumidagi so‘zlardan ko‘proq foydalanilgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling