Ишнинг умумий тавсифи
Oydinda dengiz suluv, Suvda oy
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaydagi savdoni solding boshimga. Qaydagi savdoni solsang boshimga, Qota ko‘rma qatron mening oshimga! (II. 31) Bandda q, s, sh
Oydinda dengiz suluv,
Suvda oy tengsiz suluv, Dengizdan ham, oydan ham Oy yuzli shu qiz suluv. (I. 199) Shoirning ba’zi she’rlarida takror birliklarning she’r boshidan to oxirigacha uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa butun she’rning takror asosiga qurilganligidan dalolatdir. Jumladan, Mirtemir “Qarqaralik” she’rida qarqaralik go‘zal obrazini yaratishda tovush, so‘z, so‘z birikmasi, misra takrorlaridan mahorat bilan foydalangan: Qarqaralik, qaydan kelding qoshimga, Qaydagi savdoni solding boshimga. Qaydagi savdoni solsang boshimga, Qota ko‘rma qatron mening oshimga! (II. 31) Bandda q, s, sh undoshlari takrori alliteratsiyani; a, o unlilari takrori assonansni yuzaga keltirgan. Ayniqsa, she’rda qarqara so‘zi bilan bog‘liq takrorlar she’r g‘oyaviy mazmunining ifodalanishida alohida uslubiy vazifaga ega va turli ma’no tovlanishlarini ifodalab kelgan. Birinchi bandda qarqaralik, ya’ni Qarqarada yashovchi ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, ikkinchi bandda bu so‘zga ohangdosh qarqara so‘zini qo‘llagan: Qosh ustiga qo‘ndiribsan qarqara, Qora soching qora tunda sharshara, To‘lqinida koshki o‘zim cho‘milsam... Shaydoyingman, gar qarama, gar qara! (II. 31) Ko‘rinib turibdiki, birinchi banddagi qarqaralik Qarqaralida yashovchi go‘zal yorga nisbatan qo‘llangan. Qarqarali – Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda viloyatidagi shahar1. Ikkinchi banddagi qarqara so‘zi yorning qosh ustiga o‘rnatgan tillaqoshning qarqara qushiga qiyos kilinishini ifodalaydi. “Qarqara – bo‘yni, tumshug‘i va oyoqlari uzun, tik qomatli, turnaga o‘xshash, oppoq, chiroyli botqoqlik qushi; qo‘tonlarning bir turi”1. She’rda so‘z o‘yini va misralardagi ohangdosh, qofiyadosh so‘zlar ham takror birliklarning ma’no ta’sirchanligini oshirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan. Ya’ni bandning Shaydoyingman, gar qarama, gar qara! misrasidagi gar qarama, gar qara birikmalarida ichki bir musiqiy ohang bandning dastlabki misralaridagi qarqara, sharshara so‘zlari bilan o‘zaro ohangdoshlik hosil qilgan. Keyingi uch bandning har biri qarqaralik va qarqara so‘zlari takrori bilan boshlanadi. Qarqara takrorining she’rda o‘ziga xos shaklda qo‘llanishi, har bir bandning ma’no ta’sirchanligini oshirgan. Shoirning “Soch oqligi – ko‘ngil oqligi” she’rida oq so‘zining o‘ziga xos ma’nosi yuzaga kelgan: Soch oqligi – emish – ko‘ngil oqligi... Jumboq kabi tag‘in so‘rashing nechun? Ey, oltin yoshligim beboshvoqligi, Ey, sen g‘oyib kun! (II. 39) Bandda oq so‘zining takror qo‘llanishi uslubiy vazifa bajarib kelgan. soch oqligi birikmasi tarkibida oq so‘zi belgi, rang bildirib, soch tolalarining oqligiga ishora bo‘lsa, ko‘ngil oqligi birikmasida ko‘chma ma’noda qo‘llanib, beg‘uborlik, sof ko‘ngillik, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlarni ifodalab kelgan. Mirtemirning “Mayli...” she’rida takrorning o‘zgacharoq shaklini uchratamiz. She’r boshidan oxirigacha gradatsion o‘sishdagi takror vositasida yaratilgan. She’rda takror qo‘llangan so‘zlar men va sen so‘zlaridir. Bu so‘zlar qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bo‘lmasa-da, ular matnda zidlikni yuzaga keltirgan. Ya’ni: Mayli, bo‘lishaylik – bog‘larni sen ol, Cho‘l menga qolsin. Daryolarni sen ol, tog‘larni sen ol, Ko‘l menga qolsin. (II. 143) She’r misralari Erkin Vohidovning “Barcha shodlik senga bo‘lsin” deb nomlanuvchi she’riga o‘xshash bo‘lib, bunda ustoz-shogird an’analari kuzatiladi. Bu she’rlarda lirik qahramonning ichki hissiyotlari tug‘yoni ziddiyatli holatlarda aks etgan. Chunki ushbu she’rda so‘zlar muayyan semalari asosida zohiran antonimlik hosil qilgan. Har ikkala she’r ham 1967 yilda yozilgan, shunday bo‘lsa-da, ikkala ijodkorda ikki xil yondashuv va ikki xil tasvir mavjud. Mirtemirda bog‘ – cho‘l; daryo, tog‘ – ko‘l; ko‘l – soy; quyosh – oy; oy – yulduz; oq tunlar – kunduz; sharob – choy yoki ayron; saroy – chetroq joy; Samarqand – Turkiston yoki Sayram kabi so‘zlar kontekstda o‘ziga xos kontekstual antonimlik hosil qilgan bo‘lsa, Erkin Vohidov “Barcha shodlik senga bo‘lsin” nomli she’rida shodlik – sitam, dildorlik – xushtorlik, jon – dard, sog‘lik – bemorlik, husn – ishq, rohat – azob, orom – bedorlik, koshona– mayxona, hushyorlik – xummorlik, kunduz – tun, gulshan – tikanzor, shahanshoh – qullik, jafokorlik – vafodorlik, dilozorlik – dilafgorlik, inkorlik – iqrorlik kabi antonim so‘zlardan foydalangan. Muhabbat mavzuidagi bu she’rlarda takror va tazod uyg‘unligini kuzatishimiz mumkin. Mirtemir she’rida misralar osha ma’no ham, ohang ham, intonatsiya ham kuchayib borgan: Sharob senga bo‘lsin, choy menga qolsin, Yoki ayroni. Saroy senga, chetroq joy menga qolsin, Sayg‘oq, jayroni ... Samarqandni sen ol, Turkiston menga, Yo mayli, Sayram. O‘shaning o‘zi ham bir jahon menga, Bir to‘y, bir bayram. (II. 143) Erkin Vohidov she’rida esa quyidagicha tasvirlangan: Bu jahonning rohatin ol, Bor azobin menga ber, Senga bo‘lsin barcha orom, Barcha bedorlik menga. Ol o‘zing koshonalarni, Menga qo‘y mayxonani, Barcha hushyorlik senga-yu, Barcha xummorlik menga1. Ko‘rinib turibdiki, har ikkala ijodkorda ikki xil tasvir namoyon bo‘lgan. Mirtemirda xalqona ohang, soddalik va ravonlik ustunlik qilsa, Erkin Vohidov she’rida aruz vazniga xos vazminlik yetakchilik qiladi. “Erkin Vohidov g‘azalda antitezaning ta’sir kuchini orttirishga, g‘azalning, umuman, antiteza asosiga qurilganligini asoslashga yana boshqa san’atlar ham xizmat qildirilgan. Bular barcha, bor, sen, men, ol, bo‘lsin, mayli kabi so‘zlarni turli shakllarda takrorlashda yaqqol ko‘zga tashlanib, takrir lafziy san’ati ham hosil bo‘lgan”2. Bu holat Mirtemirda ham kuzatiladi. Matndan tashqarida boshqa-boshqa ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning kontekstual zidligi shoirning ichki tug‘yonini obrazli ifodalash, ma’no ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat qilgan. Bunday vazifa she’rda takror qo‘llangan mayli, ol, men, qolsin so‘zlari vositasida namoyon bo‘lgan. Kontekstdan tashqarida boshqa-boshqa ma’no anglatuvchi bu so‘zlar matnda o‘zaro zidlik shaklini yaratib, aslida umumlashma ma’no ifoda etgan. She’r gradatsion o‘sishda berilgan. So‘zlar ma’nosi, ayniqsa, takror so‘zlar ma’nosi ta’sirchanligi ortib borgan. She’rning dastlabki misralaridagi menga qolsin so‘z birikmasi she’rning o‘rta qismida qolsin menga shaklida, oxirida esa qo‘l tort shakllarida ifodalangan. Bunday semantik-stilistik bo‘yoqdorlikning ortib borishi she’r ma’nosiga mos holda namoyon bo‘lgan. Bunda lirik qahramon ruhiyatidagi keskinlik, norozilik alomatlari ham o‘z ifodasini topgan. Erkin Vohidov qahramoni esa vazmin. Ma’shuqa oldida o‘zini aybdordek sezadi: Senga she’rni bitsin Erkin, Yirtib otmoq o‘z ishing, Kasbi inkorlik senga-yu, Aybga iqrorlik menga1. Nihoyat, Mirtemirda muddao aytiladi. Ya’ni: Olaver, olaver, barisini ol, Oshiq indamas, Barini olginu, menga-chi, Oyxol, O‘zing qolsang bas. (II. 143) Shoir she’r so‘ngida o‘z maqsadini ifodalashda yana takrorga murojaat qilgan. Olaver, olaver, barisini ol deya ta’kidlaydiki, bundan kelib chiqadigan xulosa – lirik qahramon o‘z sevganiga yetishish yo‘lida barcha narsadan voz kechishga tayyor. Bu yerda yana shunday mantiq mavjud, ya’ni sevgilisi barcha narsani oladi, o‘zi esa shoirniki bo‘lsa, u olgan narsalar ham Oyxol bilan qaytib keladi. Bular ona yurt, uning so‘lim, go‘zal tabiati ne’matlaridir. Mirtemir she’riyatida takrir ko‘p qo‘llanib, ularda o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘lgan va har birida qo‘shimcha ma’no ottenkasini bajargan. Mirtemirning ijodiy faoliyati she’rdan she’rga o‘sib, mukammallashib borgan bu badiiy tasviriy vositalarining qo‘llanishida ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Shoir ijodining dastlabki yillarida yozilgan ba’zi she’rlarida, jumladan, “Mehnat”, “Yon”, “Cho‘l” kabi she’rlarida takror usuli me’yordan ortiq qo‘llangan holatlar ham kuzatiladi. Bu she’r g‘oyasi va badiiy tiliga ma’lum darajada salbiy ta’sir etgan: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling