Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
3.3. Takrir
Takrir arabcha takror so‘zidan olingan bo‘lib, u she’riy asarda so‘zning turli shakldagi takroridan iborat. “Takrir “takrorlash” ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashni nazarda tutadi”1. Atoulloh Husayniy ushbu san’at haqida fikr bildirar ekan, “Ani takror ham derlar va ul ma’noning takriri, ya’ni ani muqarraru muhaqqaq qilmoq yanglig‘ nukta uchun lafzni takrorlamaktin iborattur”2, deydi. Alloma Atoulloh Husayniy takrirni ma’naviy san’atlarga kiritadi va yozadi: “Tibyon” sohibi, bu nav’ni tardid derlar, deptur. Tardidning zikri lafziy san’atlarda kechti”3. Ko‘rinib turibdiki, “takrir” manbalarda turlicha nomlangan. Jumladan, takror, tardid, takrir kabi terminlar bilan yuritilgan. Bu takror ba’zi manbalarda ma’naviy san’atlarga, ba’zi manbalarda lafziy san’atlarga kiritilgan. Bizning fikrimizcha, u lafziy-ma’naviy san’atlar turiga kiradi. Chunki takrirda shakl va ma’no takrori mavjud bo‘ladi. Bu esa takrirning lafziy va ma’naviy san’atlar xususiyatlarini o‘zida mujassam etishidan dalolatdir. Takrirda so‘z takrori yoki, umuman, til birligi takrori ma’lum bir qonuniyat asosida takrorlanmaydi, balki takrir misralarda turli shaklllarda takrorlanadi. Shuningdek, takrirni turli til birliklari ham hosil qilishi mumkin. Bu uslubiy vosita takrorning boshqa turlariga nisbatan kengroq qo‘llanish xususiyatiga ega. Shu ma’noda takrir vositasining takror deb qo‘llanishi ham uning takrorning barcha turlariga ishora qilgandek bo‘ladi. Mirtemir she’riyatidagi takrorlar ham turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Shoir o‘z ijodida takrirdan mahorat bilan foydalangan. Uning go‘zal namunalarini uslubiy-badiiy vositasi sifatida qo‘llay olgan. Adibning “Oy yuzli”, “Soch oqligi-ko‘ngil oqligi”, “Mayli...”, “Handalak”, “Barqut”, “Qarqaralik”, “Yig‘i”, “Otliq askar”, “Buloq”, “Cho‘l kechasi”, “Attang!”, “Zebijon”, “Nurxonni yo‘qlab”, “Suluv” kabi o‘nlab she’rlarida takrirning go‘zal namunalari yaratilgan. Jumladan, shoir “Oy yuzli” she’rida oy va oydin so‘zlari bilan bog‘liq takror, ohangdoshlik, tajnisni mahorat bilan qo‘llagan: Kecha oydin, ko‘z oydin! Men so‘radim so‘z oydin, Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling