Ишнинг умумий тавсифи


Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha


Download 0.93 Mb.
bet26/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha
Xalqim deb o‘ldim.
Xalqim nima bo‘lsa, men o‘sha bo‘ldim,
Yuragim, bo‘g‘ilma, o‘rtanma buncha! (II. 369)
She’rda lirik qahramonning xalq dardi bilan yashashi, xalqi uchun o‘limga ham tayyor ekanligi ifodalangan. Bu fikrlar she’r boshidagi dastlabki banddayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu band she’r oxirida o‘zgargan holda takrorlangan. Oxirgi bandda ma’no ta’sirchanligi kuchliroq bo‘lib, dastlabki banddagi fikrlar ta’kidlangan va xulosalangan:
Xalqim yetagida yetdim voyaga,
Xalq bilan kuldim.
Bardoshim so‘z bermas, deyman, qoyaga...
Roziman, o‘lguncha xalqim deb o‘ldim. (II. 369)
Ushbu takror bandda nafaqat xalq dardi bilan yashash, balki xalqning g‘amxo‘rligi, yetagida ulg‘ayib-o‘sish, xalq bilan qismati yakdilligi, xalqidan minnatdorlik hissi ham mavjud.
Kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Mirtemir halqa takrorining ikki xil turidan foydalangan: 1) she’r boshida kelgan misra yoki band she’r oxirida qaytarilgan; 2) she’r boshida kelgan misra yoki band she’r o‘rtasida bir yoki bir necha o‘rinda va oxirida qaytarilgan hamda quyidagicha uslubiy vazifa bajargan:
– Mirtemir she’rlarida halqa she’r boshida aytilgan fikrni matnda bir butunlik tarzida o‘rab ifodalagan;
– halqa usulida matn o‘rtasidagi birinchi takror misra o‘zidan avvalgi misralarni o‘ziga tortadi, jalb qiladi, o‘zidan oldingi misralar ma’nosining hosilasi tarzida namoyon bo‘ladi, matn o‘rtasidagi ikkinchi takror esa o‘zidan keyingi misralarni mazmun jihatdan o‘ziga tortib uyushtiradi. Shoir she’rlarida halqa takrori boshqa takrorlardan farqli ravishda she’rdagi umumiy g‘oyani, ma’noni bir butunlikda ifodalashga xizmat qilgan;
– birinchi va ikkinchi takror oralig‘idagi misralar har ikkala takror misralar tomonidan qurshovga olingan va matniy butunlikni ta’minlagan;
– halqa takrorida tovush yoki so‘z takroriga nisbatan kengroq ma’no ifodalangan. She’rning dastlabki misralaridagi shoir aytmoqchi bo‘lgan fikr she’r oxirida ta’kidlangan, yanada ta’sirli va teranroq namoyon bo‘lgan;
– she’r boshida biror fikr aytilib, halqa takrori vositasida shu fikr rivojlantirilgan, she’r oxirida yana shu fikrga qaytilgan;
– halqa takrori shoir she’rlarida o‘zgarmasdan, ya’ni she’r boshida qanday bo‘lsa shundayligicha va o‘zgarib takrorlangan. Halqa takrorining o‘zgarib takrorlanishida she’r boshidagi misra yoki bandning she’r oxirida ma’lum so‘z va so‘z birikmalarida o‘zgarish yuzaga kelgan bo‘lib, bu muayyan ma’noviy-uslubiy vazifani bajarish maqsadida amalga oshirilgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling