Ishqoriy metallar davriy sistemaning I gruppasida joylashgan.
Ishqoriy metallar s-elementlar oilasiga kiradi. Ularning tashqi energetic qavatida 1 ta electron bo’lib, electron konfiguratsiyasi ns1. Ular bitta elektronini oson beradi va +1 oksidlanish darajasi nomoyon qiladi. Atom radiusi litiydan fransiyga tomon kattalashadi, ionlanish potensiali va elektromanfiyligi kamayadi. Barcha ishqoriy metallar elektrokimyoviy kuchlanish qatorida oldingi o’rinlarda joylashgan va kuchli qaytaruvchilik xossasiga egadir va bu holat yadro zaryadi ortib borgan sari kuchayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |