Barcha ishqoriy metallar tabiatda ayrim birikmalar shaklida uchraydi, kuchli qaytaruvchilik xossasiga ega va ularni olish uchun katta energiya talab etiladi.
Litiy spodumenni qayta ishlab olingan litiy xlorid suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi. Spodumen qayta ishlash juda qiyin jarayon, bunda litiy alyuminat, litiy gidroksid va litiy xlorid olinadi:
2LiCl Li + Cl2.
Litiyni olishning ma’lum va mashhur usuli uning oksidini havosiz joyda 300°С da qizdirib olinadi:
2Li2O + Si + 2CaO = 4Li + Ca2SiO4.
Natriy kalsiy xlorid qo’shilgan natriy xlorid suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi:
2NaCl Na + Cl2.
Natriyni sodani uglerod bilan yopiq tigelda qizdirib olish mumkin. Bunda metal bug’i tigel qopqog’ida sovub yig’iladi, reaksiya unumi yuqori bo’lmaydi:
Na2CO3 + 2C = 2Na + 3CO.
Do'stlaringiz bilan baham: |