Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari


Download 143.08 Kb.
bet3/9
Sana18.12.2022
Hajmi143.08 Kb.
#1028467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]

Inflatsiya

1-rasm. Pulga talab va pul taklifining o'zgarishi
Chizmadagi E, K va F yoysimon chiziqlar pulga talabni, S,
M va L tik chiziqlar pul taklifini bildiradi. Agar muayyan vaqtda-
gi pulga talabni K chiziq bilan, taklifni M chiziq bilan ifodalasak,
ular A nuqtada kesishib, muvozanat hosil qiladi, bu aslida tovar-
pul muvozanati (M*V=Q*P) bo'ladi. Vaqt o‘tishi bilan pulga talab
oshganda taklif ham ortib ular C nuqtada kesishgan. So‘ngra talab qisqarganda taklif ham unga moslashib, kesishuv nuqtasi B hosil
bo‘lgan. Demak kesishuv nuqtasi talab va taklif chiziqlarining sil-
jishiga qarab avval o'ng tomonga, so‘ngra so‘l tomonga ko'chgan.
Bu pulga talab va pul taklifining o‘zgarishiga xos bo‘ladi. Ular
muvozanati iqtisodiyot uchun o‘ta muhim, chunki bu bilan pul
muomalasining barqarorligi ta'minlanadi.
Iqtisodiyotda inflatsiya va detlyatsiya, degan hodisalar uchrab
turadi, bular ziddiy bo‘ladi. Inflatsiya pul birligi qadrining narxlar
oshib ketishi natijasida pasayishini, deflyatsiya aksincha narxlar
tushib pul qadrining ortishini bildiradi. Biroq bunday hodisalar bir
lahzali yoki mavsumiy emas, balki muqim bo‘lib, uzoq vaqtda
kuzatilganda inflatsiya yoki deflyatsiya bor, deb aytish mumkin.
Masalan, pishiqchilik mavsumida ho‘l meva narxi tushadi, so‘ngra
esa u oshadi. Shunga qarab deflyatsiya o‘rniga inflatsiya keldi, deb
aytish mumkin emas. Bunday deb aytish uchun pishiqchilik kezlari
va undan so‘nggi davrdagi narx-navoni bir necha yil davomida
kuzatish kerak. Agar aytaylik iyul oyida 1 kg tarvuz 560 so‘m,
sentabr oyida 300 so‘m, dekabr oyida 400 so‘m bo‘lsa, awal
deflyatsiya, so‘ng inflatsiya yuz bergan bo‘lmaydi. Agar 1998-yil iyul
oyida 1 kg tarvuz 120 so‘m, 2012-yil shu oyda u 540 so‘m bo‘lsa —
inflatsiya, agar tarvuz narxi shu davrda 120 so‘mdan 100 so‘mga
tushsa — deflyatsiya, deb aytish mumkin. Biz masalani tushunish
uchun bir tovar narxini misol qilib kcltirdik. Aslida inflatsiya va
deflyatsdiya degan hodisalar asosiy tovarlar to‘plami narxining
o'zgarishi bilan tavsiflanadi. Bu to‘plamga turli mamlakatlarda 300
dan tortib 1000 gacha tovarlar kiritiladi. Ular narxiga qarab xulosa
qilinadi. Inflatsiya hozirgi zamon iqtisodiyotiga xos narsa, chunki
unga yo‘liqmagan bironta mamlakat yo‘q.

Download 143.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling