Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari


Download 143.08 Kb.
bet2/9
Sana18.12.2022
Hajmi143.08 Kb.
#1028467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]

Friksion ishsizlik — bu mehnatga layoqatli kishilarning ish
o'rnini almashtirishi munosabati bilan vaqtincha bekor yurishi.
Mehnat bozorida ishni muqobil tanlash erkinligi bor. Bu ish kuchini
harakatchan qiladi. Kishilar o‘ziga yoqmagan ishdan ketib, o‘ziga
ma’qul ishni tanlab oladilar. Bu bir korxonadan boshqasiga o‘tib
ishlashni, bir tarmoqdan boshqasiga o'tishni, istiqomat qilayotgan
yeridan boshqa yerga ko'chib borib yangi ishga kirishni bildiradi.
Eski ishdan ketib yangisiga joylashib olgungacha bo'lgan davrda
kishilar vaqtincha ishsiz qoladi va bu vaqtning uzun yoki qisqaligi
yangi ishning topilishiga bog'liq bo'ladi.

  • Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik — bu ishlab chiqarishda tarki-
    biy siljishlar tufayli paydo bo'ladigan ishsizlik. Ehtiyoj yuksalib
    borishi bilan ayrint tarmoqlar bunga javob bermay qo‘yadi. Ularda
    ishlab chiqarish qisqarib, mchnatga talab ham qisqaradi. Ayni
    paytda yangi tarmoqlar ham paydo bo'ladiki, ular mehnatga talabni
    bildiradi. Natijada, ish kuchining cski tarmoqdan yangisiga o‘tishi
    yuz beradi. Bir sohadan boshqasiga o‘tib yangi kasbni egallab, ishga
    joylashguncha ma'lum vaqt o'tadi. Shu davr davomida tarkibiy
    ishsizlik mavjud bo'ladi.

  • Mavsumiy ishsizlik. Bu ish mavsumi tugagach oldin ishlab
    turganlarning bekor qolishidir. Bu mavsumiy ishlab chiqarishga,
    masalan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, yozgi yoki qishki dam
    olish sohalariga xos bo'ladi.

  • Yashirin ishsizlik. Bu rasman ish bilan band bo'laturib qisman
    ishlaydiganlar, ya’ni qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasida band
    bo‘lganlar, o‘z ixtiyoridan qat'iy nazar kam haq to‘lanadigan yoki
    umuman haq berilmaydigan ma'lum muhlatdagi mehnat ta’tiliga
    chiqarilganlardan iborat bo‘ladi.

  • Siklli ishsizlik. Bu ishlab chiqarish krizisga yo‘liqqan kezlarda
    mehnatga umumiy talabning qisqarishi natijasida ishsiz qolishni
    bildiradi. Bu ishsizlik uning boshqa shakllaridan farqliroq umumiy
    va ommaviy bo‘ladi, ya’ni ishsizlar ko‘pchilik bo‘ladi. Biroq bu
    o‘tkinchi xarakterga ega, ya’ni ishlab chiqarish tanglikdan chiqib
    yuksalib ketgach, u yo‘qolib ketadi.

    Friksion va tarkibiy ishsizlik doimo bo‘lib turadi va shunga ko‘ra
    ishsizlik qandayligi aniqlanadi. Ishsizlikning miqdoriy o‘lchami —
    bu ishsizlik darajasidir. Bu ko'rsatkich (Id) ishga layoqatli kishi-
    larning (Mr) qanday qismi (n) ishsiz qolganini bildiradi. Shunga
    binoan ishsizlik darajasi quyidagicha aniqlanadi:

    Masalan, mamlakatda ishlashga yaroqli va shunga talabi bor
    aholi 10 mln nafar bo‘lib, shulardan 0,5 mln kishi ishsiz bo‘lsa, ish-
    sizlik darajasi 5 % <* 100 = 5) bo‘ladi.
    Agar bu ko'rsatkich 4 % bo‘lsa ishsizlik qisqargan, 7 % bo'lsa,
    oshgan hisoblanadi. Ishsizlikning me’yoriy chegarasi bor. Bu
    rivojlangan mamlakatlarda 6 % qilib belgilangan va bu friksion va
    tarkibiy ishsizlar miqdoriga qarab aniqlanadi. Ishsizlik me'yorining
    shundan ortib ketishi ijtimoiy jihatdan noma'qul hodisa, deb qa-
    raladi.
    Ishsizlikning oqibati jiddiydir. Uning ijobiyligi shundaki,
    ishsizlar mehnat zaxirasini hosil qiladi, talab oshgan kezlarda ishlab
    chiqarishni o‘stirish uchun zarur ish kuchini ular yetkazib beradi.
    Ishsizlik ish joyi uchun raqobatni kuchaytirib, ishlab turganlarni
    yaxshi mehnat qilishga undaydi, bekor yurganlarni o‘z ustida ishlab
    malakasini oshirishga chorlaydi. Ishsizlik mehnat ahlini hara-
    katchan qiladi, ya'ni bekor yurganlar o‘z mehnatiga talab bor joyga,
    hatto chet elga borib ishga joylashadilar. Bu bilan mehnat resurslari
    kerakli yerlarga yuboriladi.
    Ishsizlikning salbiyligi shuki, insonga zarur ne'matlar yaratishga
    qodir kishilar bu ishni qila olmay qoladilar. Uzoq ishsiz yurish kasbiy
    malaka va mahoratni yo‘qotishga olib keladi, bekor yurganlarning o‘zi
    va oilasi tirikchilikdan qiynalib qoladi. Ishsizlik kishilami ruhan ezib
    qo‘yadi. Ishsizlik bozor tizimi uchun muqarrar bo‘lsada, baribir
    ko'ngilsiz hodisa hisoblanadi, shu sababli davlat va jamoatchilik ish-
    sizlarga yordam berish yo‘lidan boradilar.

    Download 143.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling