Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari
Download 143.08 Kb.
|
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishsizlik bozorda mehnat taklifining unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi natijasida ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bor kishilarning bir qismini ish topa olmay bekor qolishidir.
ISHSIZLIK. INFLATSIYA MAVZUSIDA MA’RUZA MATNI Ishsizlik va uning shakllari Mehnat bozoridagi talab va taklif muvozanatlashganda to‘la bandlik yuzaga keladi va bu bandlikning tabiiy chegarada bo'lishini bildiradi. Biroq bu muvozanat abadiy emas, u bir buzilsa, so‘ng qaytadan tiklanib ham turadi. Shu sababli, bandlik va ishsizlikning mavjudligi bozor iqtisodiyotini tavsiflovchi tabiiy bir holdir. Ishsizlik bozorda mehnat taklifining unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi natijasida ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bor kishilarning bir qismini ish topa olmay bekor qolishidir. Ishsizlik mehnat bozoridagi muvozanatning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Ishsizlikni ham talab, ham taklif yuzaga keltiradi. Mehnat taklifi o'zgarmagan holda unga talab qisqaradi, natijada mehnatni taklif qiluvchilarning bir qismi ishsiz qoladi. Masalan, mehnat taklifi 5,2 mln nafardan iborat, talab ham 5,2 mln nafar. Demak, muvozanat mavjud, chunki 5,2=5,2. Ishlab chiqarish qisqarib, talab 5,0 mln nafarga tushadi. Taklifesa ilgarigidek 5,2 mln nafarga teng. Shunday holatda taklif talabdan ortib ketadi, chunki 5,2>5,0, natijada 0,2 mln nafar (5,2-5,0=0,2) kishilar ishsiz qoladi. Ishsizlik sababi taklif tomonda bo‘lganda, mehnatga talab ortishiga qaramay, taklif bundan ilgarilab ketadi. Bu yerda taklifning talabdan ortib qolishi yuz beradi. Aytilgan misolga qaytsak talab 0,2 mln ga ko'payib jami 5,4 mln nafarga (5,2+0,2=5,4) yetadi. Biroq taklif bundan tezroq o‘sib, 0,3 mln kishiga ko'payadi. Jami taklif 5,5 mln ga (5,2+0,3=5,5) yetadi. Talab esa 5,4 mln ga teng. Demak, taklif va talabning farqi 0,1 mln (5,5-5,4=0,1) bo‘lib, bu ishsizlikni hosil qiladi. Ishsizlikning sababi ko'pincha mehnatga talabning qisqarishi bo'ladi va bu foydani maksimumlashtirishga bo‘lgan intilishdan kelib chiqadi. Biz bilamizki, mehnatga talab u bergan maijinal mahsulot ish haqiga teng bo‘lganda mehnat bozorida muvozanat hosil bo‘ladi. Bu mahsulot ish haqidan qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik mehnatga talab ortadi. Bordi-yu bu ish haqidan kam bo‘lsa mehnatga talab qisqaradi, chunki foyda kamayadi. Natijada, ishga olish firma uchun qulay bo‘lmaydi. Mehnatga talabning qisqarishini ish kuchini texnika bilan almashtirish zarurati ham keltirib chiqaradi. Texnika kiritilishi uchun unga ketgan pulni u siqib chiqargan ishchilar ish haqidan kam bo'lishi taqozo etadi. Masalan, yangi stanok 10 mln pul birligi turadi. Uning kiritilishi tufayli 3 ta ishlovchi ortiqcha bo‘lib qoladi. Agar stanok 5 yil xizmat qilsa, yiliga 2 mln xarajat bo‘ladi. Agar 3 ta ishchi yiliga 1 i ln dan olganda, jami ish haqi sarfi 3,0 mln bo‘ladi. Stanok kiritilsa, firma 1 mln pul tejaydi (3,0mln — 2,0mln= l,0mln). Bu mehnatga talabni 3 kishiga kamaytiradi, chunki qolgan ishchi- larning mehnat unumdorligi ortib, ular yaratgan marjinal mahsulot qiymati ish haqidan yuqori bo‘ladi, bu esa foydani maksimum- lashtiradi. Mehnat resurslari tez o‘sgan sharoitda mehnat taklifi ham tez o‘sadi, ish o‘rinlari esa ular ko‘paygan taqdirda ham yetishmay qoladi. Demak, ishsizlikning sababi aholining tez o‘sishida ham bo‘ladi. Bunday hol iqtisodi zaif mamlakatlarda bo‘ladi. So‘nggi yillar davomida boy mamlakatlarda aholi yiliga 0,7 % ko‘paygani holda, kambag‘al mamlakatlarda u 2,0 %ga ortdi. Demograftk (nufus) omili — aholisi tez o‘sgan yerda ishsizlik omili bo‘ladi, biroq aholi sekin o‘sgan yoki o‘smayotgan yerdagi ishsizlikni demografik ahvol bilan izohlab bo‘lmaydi. Masalan, 1991—2000-yillarda Rossiyada aholi yiliga 0,2 %ga, Ukrainada 0,5 %ga kamaydi, lekin ayni paytda ishsizlik ham ko‘p bo‘ldi. Demak, bu yerda ishsizlik sababi ishlab chiqarish qisqarib, mehnatga ta- labning kamayib ketganligidadir. Ishsizlik o‘zining kelib chiqish sabablari va davomiyligiga ko‘ra turli shakllarga ega bo‘ladi. Download 143.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling