Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari


Download 143.08 Kb.
bet7/9
Sana18.12.2022
Hajmi143.08 Kb.
#1028467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]

«GIPERINFLATSI¥A»

— Ser, sizni kuzatib turgan edim, yerda yotgan pulni tagiga


qarab, o‘zini olmay ketyapsiz?!
— Buni tushunmaydigan joyi yo'q, pulning tagida arzigulik
narsa yo‘qmikan, deb qaragandim, xolos.

  1. Yo‘rg‘alovchi inflatsiya. Bu narxlarningbiroztezo'sibborishi-
    ni bildiradi. Narxlar odatda yiliga 20—200 % o‘sganda, yo‘rg‘alovchi
    inflatsiya bor, deb hisoblanadi.

  2. Giperinflatsiya yoki shiddat bilan yuguruvchi inflatsiya. Bu
    narxlarning yiliga 1000 %dan ziyod, ya'ni 10 martadan ko‘p o‘si-
    shini bildiradi. Bu o‘ta xavfli inflatsiya hisoblanadi. U iqtisodiyot-
    ni izdan chiqarib, tang ahvolga solib qo‘yadi. Pulga ishonch tamo-
    mila yo‘qoladi, hamma puldan tezroq qutulishga intiladi, chunki u
    ko‘z ochib yumguncha qadrsizlanadi.

Pul ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq olib-sotarlik ishiga, qisqa
muddatda bitib ketadigan operatsiyalarga sarflanadi, hech kim pulni
jamg'armaydi, chunki u ham qadrsizlanadi. Xonadonlar va firma-
larni vahima bosadi. Giperinflatsiyaning yaqqol namunasi XX asr-
ning 20-yillarida Germaniya, Polsha, Avstriya, Vengriya va shu-
ningdek, o‘sha asrning 70- va 80-yillar bo‘sag‘asida Nikaraguada
kuzatilgan, bu yerda narxlar yiliga 330 marta o'sgan. Giperinflatsiya
alomatlari O‘zbekistonda 1990—1992-yillarda kuzatilgan, chunki
o‘sha kezlarda muomalada sho'rolar davrining rubl degan puli
yurgan. Narxlar 960—1100 % atrofida oshib, pul keskin qadrsiz-
langan.
Inflatsiya oqibatlari
Inflatsiya oqibatlari uning nimaga olib kelishini bildiradi, bu
inflatsion kutish, deb ham yuritadilar. Kutishning o‘zi ikki xil bo‘-
ladi. Birinchisi, oldindan nimaligi ma'lum bo'lgan narsani kutish.
Bunda inflatsiya prognozlashtirilgan bo'ladi, narxlarning qanchaga
ortishi oldindan taxmin etiladi, bundan xalq xabar topadi. Ikkin-
chisi, nima berishi oldindan ma'lum bo'lmagan inflatsiya, uning
oqibatlari aniq bo'lmaydi, bular xalq uchun tasodif bo‘ladi. Birinchi
turdagi kutish yuz berganda xonadonlar va firmalar bunga mos-
lashish choralarini belgilab oladilar. Ular tovarlarni yoki turli re-
surslarni oldindan sotib olib, ularning zaxirasini hosil qiladilar.
Ikkinchi turdagi kutishda narxning ortishi noma'lum bo‘lganidan
unga xonadonlar va firmalar oldindan tayyorlanib bormaydilar,
zaxira hosil qilmaydilar.
Inflatsiya oqibati sifatida pul qadrining pasayishidan iborat
yo'qotishlarga duch keladi. Biroq buni har doim birdek baholab
bo‘lmaydi, chunki bu inflatsiyaning qandayligiga bog‘liq. Agar
giperinflatsiya iqtisodiy tanglik hosil qilsa, o'rmalovchi inflatsiya
sharoitida iqtisodiy faollik yuz beradi. Gap shundaki, inflatsiya sust
kechganda inflatsion foyda olish uchun firmalar ishlab chiqarishni
ko'paytirishga intiladilar. Inflatsiya bir me'yorda kechganda pul
taklifi ham me'yorida bo'ladi, ya'ni iqtisodiyotga qo‘shimcha pul
inyeksiya (ukol) qilinadi. Bu talabni oshirib bozorni kengaytiradi,
natijada ishlab chiqarish o'sadi, bandlik ortib fuqarolarning pul
daromadi ko‘payadi. Iqtisodiyot uchun eng ma'quli inflatsiyaning
bo‘lmasligi, deb aytish mumkin, lekin amaliyotda bu har doim ham
naf keltiravermaydi, chunki pul inyeksiyasi bo‘lmaydi. Tajriba shuni
ko‘rsatadiki, inflatsiya evida bo‘lganda pul inyeksiyasi iqtisodiy
o‘sishga ko‘mak beradi. Shu sababli inflatsiyani faqat salbiy hodisa,
deb aytib bolmaydi. Undagi ijobiylik va salbiylik inflatsiya sur'atiga bog’liqdir. Inflatsiya qanchalik sust bo‘lsa, iqtisodiy o‘sishga qulay
sharoit shunchalik hosil bo‘ladi. Aksincha, inflatsiya qanchalik
shiddatli bo‘lsa, shunchalik iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Demak, gap inflatsiyaning o'zida emas, balki uning darajasi va
shiddatidadir.
Evida bo'ladigan inflatsiyada yutqazish bo'lmaydi, deb aytish
mumkin, chunki narxlar o‘sgan sharoitda daromadlar ulardan tez
o‘sadi. Masalan, narxlar yiliga 6 % oshsa, pul daromadlari 10 %ga
oshadi. Bunda real daromad 4 % ko'paygan bo‘ladi (10 6=4).
Xuddi shuningdek, firmalar daromadi ham ortadi. Banklarda saq-
lanadigan pul qadri ham pasaymaydi, chunki bu pul uchun beriladi-
gan foiz inflatsiyani hisobga olib oshiriladi. Masalan, hozir bank
omonat uchun yiliga 4 % to'lasa, inflatsiya yiliga 4 % bo'lsa, bank
shuni hisobga olib omonat uchun 8 % to‘laydi. Bu bilan inflatsion
yo‘qotishdan ham qutulib qolinadi.
Inflatsiyaga moslashish
Download 143.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling