Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari
Download 143.08 Kb.
|
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]
antiinflatsion siyosat o‘tkazadi, bu asosan
muomaladagi ortiqcha pulni olishdan, pul emissiyasini to'xtatishdan iborat bo'ladi. Iqtisodiyotda ortiqcha pul hosil bo'lganda pul massasi qisqartiriladi. Narxlar pul miqdoriga bog'liq bo'lar ekan, uning qisqarishi talabni kamaytirib, narxlarning o'sishini sekinlashtiradi va hatto narxlarning pasayishiga ham olib keladi. Ammo pul massasining qisqartirilishi me'yorida bo'lishi kerak, aks holda pul defitsiti hosil bo'lib, pul oborotida uzilishlar paydo bo'ladi, o'zaro pul to'lashlarda qiyinchilik yuzaga keladi. Antiinflatsion siyosatning boshqa bir yo'nalishi iqtisodiyot real sektorini rag'batlantirishdan iborat bo'ladi. Bu yo‘l qo'llanilganda tovar-pul muvozanati (M*V=Q*P) pul massasini qisqartirish hiso- bidan emas, balki tovar massasini (Q) ko'paytirish hisobidan bo'ladi, chunki bu bilan pulning tovarlar bilan ta'minlanish darajasi oshi- riladi. Natijada, avval pulning qadrsizlanishi so'nib boradi, so'ngra u tamomila to'xtaydi. Adaptiv va antiinflatsion chora-tadbirlar iqtisodiyotni sog'- lomlashtirish, uning barqarorligini ta'minlash vositalaridan biri hi- soblanadi. Xulosalar Pul miqdori keragidan ortib ketganda, inflatsiya paydo bo'- ladiki, bu narxlarning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo'shimcha pul emissiyasi, ishlab chiqarish qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el valutasi zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir. Inflatsiya kelib chiqishi sabablariga ko'ra talab va taklif inflatsiyasiga, qanday borishi jihatidan erkin bozor inflatsiyasi va davlat bostirib turadigan inflatsiyaga, shiddati jihatidan o'rmalovchi, yo'rg'alovchi va tez yuguruvchi — giperinflatsiya ajratiladi. Inflatsiya darajasini narxlarning naqadar o'sishi belgilaydi. Inflatsiya me'yorida bo'lganda (yiliga 10—12 %) bu iqtisodiyot uchun xavf tug'dirmaydi, aksincha pul inyeksiya orqali iqtiso- diyotning o'sishiga ko'mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’- yoridagi inflatsiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani hisobga olib foizini o'zgartirishdan, daromadlar indek- satsiyasini o'tkazishdan iborat bo'ladi. Inflatsiya me'yoridagi che- garadan chiqib ketganda davlat antiinflatsion tadbirlarni qo'llaydi. Download 143.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling