Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari


Inflatsiya, deganda narxlarning muhim ravishda o‘sib borishi natijasida pi I birligining qadrsizlanishi tushuniladi


Download 143.08 Kb.
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi143.08 Kb.
#1028467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]

Inflatsiya, deganda narxlarning muhim ravishda o‘sib borishi
natijasida pi I birligining qadrsizlanishi tushuniladi.

Inflatsiya yuz berganda hamma tovarlar narxi oshib, narxning
umumiy darajasi yuqoriga ko‘tariladi. Natijada, pul birligining xarid
qurbi kamayadi, muayyan tovarni sotib olish uchun oldingidan
ko‘proq pul sarflanadi. Inflatsiya sharoitida pul keragidan ortib
ketadi, ya'ni pul massasi tovar va xizmatlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Inflatsiya tovar-pul muvozanatining buzilganligini bildiradi,
chunki M*V=Q*P o'rniga M*V>Q*P hosil bo‘ladi. Masalan, ja-
miyatda sotish uchun chiqarilgan tovarlar narxi 120 mlrd dollar, pul
10 marta oborot qiladi, bunda 12 mlrd dollar pul kerak bo‘ladi,
amalda pul 14 mlrd dollar bo'ladi. Natijada, muomalada keragidan
ortiqcha 2 mlrd dollar pul hosil bo'ladi, pul ko‘pligidan talab ortib
narxlar qimmatlashadi. Bizning misolda ilgari tovar-pul muvozanati M*V=Q*P, 12*10=120, ya'ni 120=120 shaklida bo'lgan, so‘ngra bu
tenglik buzilib 14*10>120, ya’ni 140> 120 hosil bo'lgan.
Nega shunday hodisa yuz beradi, degan savol paydo bo'ladi.
Bunga javob inflatsiya sabablaridan kelib chiqadi. Bular quyida-
gicha:

  1. Davlat o‘z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasiga qo‘l
    uradi, ya'ni muomalaga qo'shimcha pul chiqaradi, bu pul davlat
    buyurtmalari haqini to‘lash, budjet tashkilotlarida ish haqi to‘lash
    orqali muomaladagi pulga kelib qo'shiladi va uning miqdorini
    ko'paytirib yuboradi. Oldingi misolimizni eslasak muomalada 10
    mlrd dollar pul bor edi, davlat 2 mlrd dollarni emissiya qilganidan
    pul massasi 12 mlrd dollarni tashkil etdi. Pulning ko'payishiga
    javoban tovar va xizmatlar ko'payib ulgurmaydi, bizning misoli-
    mizda ular 120 mlrd dollarligicha qoladi. Ortiqcha pul tovar bilan
    ta'minlanmaganligidan narx oshadi. Narxlarning ortishi pulning
    ko'payishi hisobidan bo'lganda inflatsiyada pul fenomeni (hodisasi)
    yuzaga keladi. Emissiya tufayli inflatsiya yuz berganda inflatsion
    soliq
    undiriladi, ya'ni davlat o‘z xarajatlarini qo'shimcha pul
    chiqarishi hisobidan qoplaydi. Pul ko‘payib narx oshadi, aholi puli
    qadrsizlanadi, davlat esa bundan yutadi. Demak, aholi davlatga
    ko‘zga ko‘rinmaydigan soliq to'laydi. Agar odatdagi soliqlarni
    kishilar har xil to‘lashsa, inflatsion soliqni hamma puli borlar bir xil
    to'laydi. Ularni inflatsiyadan yo'qotish ular pulidan soliq chegi-
    rishga 0‘xshab ketadi.

  2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Bunda pul massasi o'zgar-
    maydi, lekin tovarlar hajmi qisqaradi. Natijada, pulning tovar bilan
    ta'minlanishi kamayadi, tovar defitsiti hosil bo‘lib narx oshadi, pul
    esa qadrsizlanadi. Yana misolimizni eslasak, ilgari tovarlar 120 mlrd
    dollarlik bo‘lsa, ishlab chiqarish qisqarganda, ular 110 mlrd dollarga
    tushib qoladi, pul massasi esa o'zgarmaydi, u 12 mlrd bo‘lib, 10
    marta oborot qiladi. Natijada 120=120 o'rniga 110<120, ya'ni
    120> 110 hosil bo‘ladi. Tovarlar yetishmagandan narxlar oshib pul
    qadrsizlanadi.

  3. Resurslar kamyobligidan ularga talab oshib, ularning narxi
    ko‘tariladi, bu o‘z navbatida xarajatlarni, binobarin narxni oshiradi.
    Buning natijasida, pul massasi o'zgarmagan taqdirda ham pulning
    qadri pasayadi. Bunday hol ayniqsa, import qilinadigan xomashyo,
    materiallar va yoqilg‘i narxlari oshganda yuz beradi. Keyingi paytda
    (2000—2014-yy.) neft narxining oshib ketishi neft importiga qaram
    mamlakatlarda narxning oshishiga sabab bo'ldi. Resurslaming qim-
    matlashuvi mahsulotning birligiga ketgan ular sarfming oshishiga olib
    kelib, tayyor mahsulotlarning qimmatlashuviga sabab bo‘ladi.

  4. Valyuta zaxiralarining qadrsizlanishi. Biz bilamizki, valuta
    zaxiralari hisobidan importni ko'paytirib, milliy pulning tovar bilan
    ta'minlanishini oshirish mumkin. Zaxira rolini o‘tovchi valutalar
    qadrsizlansa, ularga chetdan olinadigan tovarlar miqdori qisqaradi,
    bunda importning qadrsizlanishi yuz beradi. Import qilingan
    tovarlar miqdori kamaygach, milliy pulning moddiy ta'minlanishi
    pasayadi, narxlar o‘sa boshlaydi. Valuta zaxirasi xarid qurbi pasa-
    yishidan ho ,il bo'lgan inflatsiyani import qilingan, ya’ni tashqaridan
    kirib kelgan inflatsiya, deb atashadi, chunki zaxirani tashkil etgan
    valuta o‘z mamlakatida inflatsiya tufayli qadrsizlanib, inflatsiyani bir
    mamlakatdan boshqa mamlakatga ko'chiradi. Shunday hodisa o‘t-
    gan asrning 70-yillarida yuz bergan. Rezerv (zaxira) valutasi hi-
    soblangan AQSh dollarining kuchli inflatsiyaga duch kelishi valuta
    zaxirasi bor yerda importni qisqartirgan. Shu sababli bir qator
    Yevropa mamlakatlari zaxiralaridagi AQSh dollarini oltinga almash-
    tirib berishni talab qilishgan.

Inflatsiya turlari
Kelib chiqish sabablariga ko'ra inflatsiya ikki turga bo'linadi:


  1. Download 143.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling