Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning shakllari
Download 143.08 Kb.
|
Ishsizlik. Inflatsiya mavzusida ma’ruza matni ishsizlik va uning[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik
- Mavsumiy ishsizlik.
- Siklli ishsizlik.
Friksion ishsizlik — bu mehnatga layoqatli kishilarning ish
o'rnini almashtirishi munosabati bilan vaqtincha bekor yurishi. Mehnat bozorida ishni muqobil tanlash erkinligi bor. Bu ish kuchini harakatchan qiladi. Kishilar o‘ziga yoqmagan ishdan ketib, o‘ziga ma’qul ishni tanlab oladilar. Bu bir korxonadan boshqasiga o‘tib ishlashni, bir tarmoqdan boshqasiga o'tishni, istiqomat qilayotgan yeridan boshqa yerga ko'chib borib yangi ishga kirishni bildiradi. Eski ishdan ketib yangisiga joylashib olgungacha bo'lgan davrda kishilar vaqtincha ishsiz qoladi va bu vaqtning uzun yoki qisqaligi yangi ishning topilishiga bog'liq bo'ladi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik — bu ishlab chiqarishda tarki- biy siljishlar tufayli paydo bo'ladigan ishsizlik. Ehtiyoj yuksalib borishi bilan ayrint tarmoqlar bunga javob bermay qo‘yadi. Ularda ishlab chiqarish qisqarib, mchnatga talab ham qisqaradi. Ayni paytda yangi tarmoqlar ham paydo bo'ladiki, ular mehnatga talabni bildiradi. Natijada, ish kuchining cski tarmoqdan yangisiga o‘tishi yuz beradi. Bir sohadan boshqasiga o‘tib yangi kasbni egallab, ishga joylashguncha ma'lum vaqt o'tadi. Shu davr davomida tarkibiy ishsizlik mavjud bo'ladi. Mavsumiy ishsizlik. Bu ish mavsumi tugagach oldin ishlab turganlarning bekor qolishidir. Bu mavsumiy ishlab chiqarishga, masalan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, yozgi yoki qishki dam olish sohalariga xos bo'ladi. Yashirin ishsizlik. Bu rasman ish bilan band bo'laturib qisman ishlaydiganlar, ya’ni qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasida band bo‘lganlar, o‘z ixtiyoridan qat'iy nazar kam haq to‘lanadigan yoki umuman haq berilmaydigan ma'lum muhlatdagi mehnat ta’tiliga chiqarilganlardan iborat bo‘ladi. Siklli ishsizlik. Bu ishlab chiqarish krizisga yo‘liqqan kezlarda mehnatga umumiy talabning qisqarishi natijasida ishsiz qolishni bildiradi. Bu ishsizlik uning boshqa shakllaridan farqliroq umumiy va ommaviy bo‘ladi, ya’ni ishsizlar ko‘pchilik bo‘ladi. Biroq bu o‘tkinchi xarakterga ega, ya’ni ishlab chiqarish tanglikdan chiqib yuksalib ketgach, u yo‘qolib ketadi. Friksion va tarkibiy ishsizlik doimo bo‘lib turadi va shunga ko‘ra ishsizlik qandayligi aniqlanadi. Ishsizlikning miqdoriy o‘lchami — bu ishsizlik darajasidir. Bu ko'rsatkich (Id) ishga layoqatli kishi- larning (Mr) qanday qismi (n) ishsiz qolganini bildiradi. Shunga binoan ishsizlik darajasi quyidagicha aniqlanadi: Masalan, mamlakatda ishlashga yaroqli va shunga talabi bor aholi 10 mln nafar bo‘lib, shulardan 0,5 mln kishi ishsiz bo‘lsa, ish- sizlik darajasi 5 % <* 100 = 5) bo‘ladi. Agar bu ko'rsatkich 4 % bo‘lsa ishsizlik qisqargan, 7 % bo'lsa, oshgan hisoblanadi. Ishsizlikning me’yoriy chegarasi bor. Bu rivojlangan mamlakatlarda 6 % qilib belgilangan va bu friksion va tarkibiy ishsizlar miqdoriga qarab aniqlanadi. Ishsizlik me'yorining shundan ortib ketishi ijtimoiy jihatdan noma'qul hodisa, deb qa- raladi. Ishsizlikning oqibati jiddiydir. Uning ijobiyligi shundaki, ishsizlar mehnat zaxirasini hosil qiladi, talab oshgan kezlarda ishlab chiqarishni o‘stirish uchun zarur ish kuchini ular yetkazib beradi. Ishsizlik ish joyi uchun raqobatni kuchaytirib, ishlab turganlarni yaxshi mehnat qilishga undaydi, bekor yurganlarni o‘z ustida ishlab malakasini oshirishga chorlaydi. Ishsizlik mehnat ahlini hara- katchan qiladi, ya'ni bekor yurganlar o‘z mehnatiga talab bor joyga, hatto chet elga borib ishga joylashadilar. Bu bilan mehnat resurslari kerakli yerlarga yuboriladi. Ishsizlikning salbiyligi shuki, insonga zarur ne'matlar yaratishga qodir kishilar bu ishni qila olmay qoladilar. Uzoq ishsiz yurish kasbiy malaka va mahoratni yo‘qotishga olib keladi, bekor yurganlarning o‘zi va oilasi tirikchilikdan qiynalib qoladi. Ishsizlik kishilami ruhan ezib qo‘yadi. Ishsizlik bozor tizimi uchun muqarrar bo‘lsada, baribir ko'ngilsiz hodisa hisoblanadi, shu sababli davlat va jamoatchilik ish- sizlarga yordam berish yo‘lidan boradilar. Download 143.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling