Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet15/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari

- Hududni rivojlantirish dasturlarini amaiga oshirish yo‘nalishlari belgilanadi. Rivojlantirish dasturlarini amaiga oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Dasturda hududni iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ko‘rsatkichlari bayon qilinadi. Bunda asosiy e’tibor yangi ishchi o‘rinlari, tabiiy, moliyaviy, mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratiladi. Bu yo'nalishlar quyidagi tadbirlarga qaratilishi lozim: 1. Hududning istiqboldagi ehtiyojlari va hududlararo ayriboshlash imkoniyatlarini kengaytirish asosida iqtisodiy maqbul tarmoq va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. Istiqbolda tarmoqlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, tarmoq tarkibining o‘zgarishi, eksportga yo‘naltirilgan va import о‘mini bosuvchi mahsulotlar hajmi prognoz qilinadi. Bunda amaldagi korxonalarni texnik, texnologik va tashkiliy jihatdan yangilash muammolariga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish yanada chuqurlashtiriladi, nisbatan kichik korxonalar rivojlantiriladi. Bu korxonalarda mahalliy 84 mineral xomashyo va qishloq xo'jalik resurslaridan foydalaniladi. 2. Hududda yangi korxonalami qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalami rekonstruksiya qihsh, ixtisosligini o‘zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik obyektlarga qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari, ekin maydonlari tarkibining o'zgarishi, qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi prognoz qilinadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari mahsuldorligini oshirish yo‘llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalami joriy etish ko‘zda tutiladi. 4. Hududda xomashyolami, qishloq xo‘jaUgi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan sikldagi ishlab chiqarish tarmoqlari. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyaU qo‘shma korxonalami vujudga keltirish orqali yangi zamonaviy texnologiyalami, xo'jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini joriy etish. 5. Ishlab chiqaruvchi kuchlami joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalami rivojlantirish istiqbollarini asoslash. 6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo‘yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko‘paytirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish. 7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko‘lami, parametrlari belgilanadi. Bunda tashqi savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xomashyo resurslarini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyali korxonalami rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. 8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari ham o‘z ifodasini topadi. 85 Har bir hududiy dasturda uni amaiga oshirish mexanizmi ko‘zda tutilishi kerak. Bu mexanizmda dastumi moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanishi muhim o'rin tutadi. Dastumi ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo‘yicha turli resurslarga bo‘lgan talab, ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so‘ng dastur bo'yicha uning resurslar bilan ta’minlanish manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va resurslar o‘rtasidagi muvofiqlik ta’minlanadi. Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, awalambor mahalliy resurslar va imkoniyatlar hisobga olinadi. Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy budjet, tadbirkorlar va korxonalar o‘z mablag‘lari, fermer va dehqon xo'jaliklari, aholi mablag‘larini jalb qilinadigan xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mablagiarini hamda bank kreditlarini hududiy dastumi amaiga oshirishga jalb qilish choratadbirlarini amaiga oshirishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, hududiy dasturlarni amaiga oshirishda respublika budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar, O'zbekiston Respublikasi taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘larini ham jalb etish mumkin. Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo‘lishi oldindan belgilanishi lozim. Dasturlarni amaiga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur’atlari olinadi. Shuningdek, aholi turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlaming o‘sishi, hudud aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta’minlanishining yaxshilanishi, hududning o‘zini-o‘zi oziq-ovqat, boshqa iste’mol tovarlari bilan ta’minlanishining yaxshilanishi ko‘rsatkichlari dasturlaming bajarilishi natijalari hisoblanadi. Dasturlaming bajarilishini tashkiliy jihatdan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturlarni amaiga oshirishda butun mas’uliyat joylardagi mahalUy hokimiyat va boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dastumi ekspert baholash, umumiy nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasining tegishli boshqarma va bo‘linmalari amalga oshiradilar. Bunda respublika hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining maqsadli hududiy dasturlami ishlab chiqish, amalga oshirishdagi vakolatlari hamda vazifalari aniq belgilanishi lozim bo‘ladi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling