Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet13/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasi

- Hududiy dasturlarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari

- Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasini asoslashning quyidagi yo‘nalishlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir: - hudud rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlami tahlil qilish; bu bosqichda hududning erishgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi; - hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini asoslash; rivojlanishni prognoz qilish; strategiya asoslanib hudud rivojlanishini tartibga solish metodlari tanlanadi; - konsepsiya ishlab chiqish va hudud rivojlanishini davlat va bozor mexanizmlari orqali tartiblash metodlarini tanlash; - hududning moliyaviy resurslari o‘sishini prognoz qilish; budjet daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash yo‘llarini izlash; budjet daromad qismini to'ldirishning yangi manbalarini aniqlash, turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlikdan, xorijiy investorlardan va nobudjet jamg‘armalaridan qo‘shimcha mablag‘lami jalb etish1



  1. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni baholash

- hududiy dasturlami ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi; - hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari, iqtisodiy o‘sish muammolarini va rezervlarini aniqlash; - hududning mahalliy mineral xomashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning miqdor va sifat darajalarini tahlil qilish; - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli tarmoqlar va hududning ixtisoslashish sohasini, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini aniqlash; - mahalliy qishloq xo‘jaligi va mineral xomashyolardan samarali foydalanishga asoslangan, yangi eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlami shakllantirishning aniq yo'Jlarini belgi81 lash, jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish; - hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar, mahalliy korxonalar, tadbirkorlar, aholi mablag‘lari va resurslarini kengroq jalb etish; - aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish; - xo‘jalik subyektlari o'rtasida raqobat sharoiti va to‘laqonli bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; - hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste’mol mollari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashini oshirish; - qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir. - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, rag'batlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish; - hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va yangi qo'shma korxonalarni tashkil etish.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling