Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturining iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda
O‘zbekistonda hududiy rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish
- Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - yetarli darajada rivojlanmagan, umumrcspublika darajasidan orqada qolayotgan hududlami rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning yagona metodikasini tasdiqlash; - respublika shahar va qishloq tumanlaridagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni monitoring qilish, ularni rivojlanish darajalariga ko‘ra tipologiyasini ishlab chiqish; - hududiy dasturlami, orqada qolgan tuman va shaharlarni qo'llab-quvvatlash dasturlarining loyihalarini ekspertizadan o'tkazishni tashkil etish.Joylarda hududlami rivojlantirish dasturlarini samarali boshqarish maqsadida viloyat. shahar. tuman hokimliklariga quyidagi vazifalami yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi: - hududiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. hududiy dastumi tuzish bo‘yicha takliflar berish; - dastur asosida qolllab-quwatlashga muhtoj, muammoli shahar, tuman, aholi punktlarini ajratish va belgilash; - ular asosida mahalliy dasturlami shakllantirish va amalga oshirish hududiy dasturlami respublikaning hududiy siyosati ustuvorliklari hamda tamoyillariga muvofiqlashlirish; - mahalliy dasturlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ular asosida yagona hududiy dasturlami shakllantirish hamda ularni ко'rib chiqish, tasdiqlash uchun hududiy rivojlantirish bo'yicha Respublika komissiyasiga taqdim etish; - mahalliy dasturlami amalga oshirishga rahbarlik qilib bajarilishini nazoral qilish, dastur bo‘yicha joriy axborotlar va hisobotlami muntazam berib borish. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturining iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda tutgan o‘rni -Ozbekistonda hududiy rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish Bozor iqtisodiyotiga otayotgan mamlakatlar tajribasi korsatishicha, hududiy (mintaqaviy) siyosat tartibga solish usullari orqali mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini ozgartirishga tasir etadi. Prezidentimiz SH.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim”.deb ta’kidlab o‘tdilar. Iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu o‘ta muhim masalaga etarlicha e’tibor berilmayapti. Oqibatda, respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat ko‘rsatkichining 1 foiziga ham etmaydi. SHu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish kerak. Bu masalani, avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlari alohida nazoratga olishi kerak. YAngi yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi uchun 4 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko‘rilmasa, ushbu ko‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. Mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga etkazish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqilishi vazifa qilib belgilandi Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor markazida turishi kerak. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tishimiz lozim. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishi darkor. Ozbekistonda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishdan kozlangan bosh maqsad hududlarni barqaror rivojlantirishni ragbatlantirish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari ortasida keskin farqlarning vujudga kelishiga yol qoymaslik uchun sharoit yaratishdan iborat. Mamlakat hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish maqsadini amalga oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - mamlakatning barcha hududlarini barqaror rivojlantirish uchun ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajalarini imkon darajada tenglashtirish; - hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish; - ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashtirilishi va rivojlanishidagi asossiz vujudga keltirilgan nomutanosiblikni bartaraf etish; - hududlar ixtisoslashuvini oqilonalashtirish va tumanlararo iqtisodiy aloqalarni optimallashtirish; - hududlarning hududlararo va tashqi iqtisodiy integratsiyalashuvi, ayrim hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy biqiqligiga barham berish. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning huquqiy shakllari sifatida qonunlar, qonunosti va sud huquqiy xujjatlar, aktlar xizmat qiladi. Ozbekistonda hududlar rivojlanishini tartibga solishda Prezident farmonlari, qaror, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari muhim rol oynamoqda. Hududlar rivojlanishini tartibga solishning tashkiliy-institutsional tarkibi respublika ijro hokimiyati darajasida Vazirlar Mahkamasi, kopgina vazirlik va idoralar tomonidan shakllantiriladi. Hududlarni rivojlantirish umumiy siyosati Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ayrim iqtisodiyot sektorlari va yonalishlari boyicha hududiy muammolar bilan Markaziy bank, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O`zdavmulk”, Monopoliyadanchiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qomitasi, Qurilish va arxitektura boyicha qomita, “Ozkommunxizmat” agentligi va boshqalar Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling