Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet14/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo‘nalishlarini belgilash

- Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish uchun, awalambor, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni umumiy baholash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilar amaiga oshiriladi: 1. Hududning o‘tgan davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga tavsif beriladi. Bunda hududning sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy salohiyatini baholashga alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘ladi. 2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to‘g‘risidagi tahlilga asoslanib, uning rivojlanishidagi 82 ijobiy va salbiy tendensiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi. 3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko‘p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli baholanadi. 4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o'tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi. 5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab chiqarish quwatlarini eksportga yo'naltirilgan va import о‘mini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo‘shimcha zaxiralar va resurslar aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. 6. Hudud aholisini o‘zida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari mahsuldorligining o‘sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi. Hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash quyidagilami o‘z ichiga oladi: 1. Hududning mehnat, yer-suv va mineral xomashyo resurslari bilan ta’minlanganligiga miqdoriy va sifat bahosi beriladi. 2. Hududdagi demografik vaziyat, aholining ish bilan bandligi keyingi o‘n yillik davr bo'yicha baholanadi. Ishsizlik darajasi, shu jumladan, uning yashirin shakllari baholanib, aholi va mehnat resurslari soni prognoz qilinadi. 3. Foydali qazilma boyliklari zaxiralari, ularning o‘zlashtirilish ahvoli tahlil qilinadi. Hudud mineral xomashyo bazasi imkoniyatlari, qo‘shimcha moliyaviy resurslami jalb etishni hisobga olgan 83 holda baholanadi. Shuningdek, qazib chiqaruvchi korxonalaming foydali qazilma boyliklari bilan ta’minlangani, ulaming konlarni o‘zlashtirish xarajatlari o‘rganiladi. 4. Hududning уег-suv resurslari bilan ta’minlanish hamda yerlaming meliorativ ahvoli, yer bonitetlari o‘rganilib, meliorativ yaxshilash istiqbollari o‘rganiladi. 5. Hududning ishlab chiqarish, transport va aloqa infratuzilma salohiyati o‘rganiladi. Aholining ijtimoiy infratuzilma obyektlari va xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi baholanadi. 6. Hududda ishlab chiqaruvchi kuchlar, yangi korxonalarni joylashtirish uchun istiqbolli tuman, shahar, yirik aholi yashash punktlari tanlanadi.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling