Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet8/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishi strategiyasining yaratilishi

- Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi.Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.
Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar natijasida barchaga teng va erkin raqobat sharoiti yaratildi. Ortiqcha yigʻimlarni bekor qilish va soliq stavkalarining normallashtirilishi tufayli tadbirkorlik subyektlariga soliq yuki kamaytirildi. Xususan, mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliq stavkalari 2 barobar pasaytirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.

  1. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solishtizimini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati

- iqtisodiyot o‘zini-o‘zi tartibga solish davrida bozor mexa­ nizmi uzoq vaqt mobaynida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizmi bo'ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurati va uni bozor bilan uyg‘unlashtirish bi- roz keyinroq yuzaga keldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivo- jlanishini ikki yirik bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Ikkinchi ja­ hon urushiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat harbiy zavodlar va temiryo‘l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo‘li bilan xo‘jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit) va boshqalar.
Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlami reja- lashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning budjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umumiqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlami ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi o ‘rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo‘yicha davlat faoliyatlarini tavsi- flaydi. (El, 0 ‘DCTva b.).


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling