Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari
- bu davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan mulkning haqiqiy mulkdorlar qoliga berilishi iqtisodiy munosabatlami tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoit yaratishga imkon tug‘diradi.Xususiylashtirishning ikkinchi strategik vazifasi esa iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda rag‘batlantiruvchi kuchga ega bolgan raqobat muhitini yaratish, shu orqali davlatni mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalami barpо etishdir. Ana shu modelga asoslangan holda amaiga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari shartli ravishda o‘zaro bog'Iiq uch bosqichga boiinadi. Dastlabki, birinchi bosqlch «kichik xususiylashtirish» davri, deb nomlandi va 1992—1993-yillarda amaiga oshirildi. Unda aholi yashaydigan davlatga tegishli uy-joylar, savdo, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, dorixona va shu kabi 53,9 mingta mayda davlat korxonalari xususiylashtirildi. Ularning negizida 28,8 mingdan ortiq nodavlat korxonalari tashkil etildi. Ushbu bosqichning o‘ziga xos tomonlari shundan iborat bo‘ldiki, unda davlat mulkiga asoslangan korxonalami xususiylashtirish shakllarini tanlash va xususiylashtiriladigan mulkni baholash bo‘yicha tegishli tajribalar to‘plandi. Xususiylashtirishning keyingi - ikkinchi bosqichi ommaviy xususiylashtirish» davri deb nom oldi va u 1994—1998-yillami o‘z ichiga oladi.Bu davrda mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qurilish, avtomobil transporti, agrosanoat kompleksi va boshqa tarmoqlaming o‘rta va yirik korxonalari ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiylashtirildi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk bozorlarini shakllantirish boshlandi. Bundan asosiy maqsad xususiylashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari hamda chet el sarmoyalarini jalb etish va shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining nodavlat sektorini jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘ldi. Ushbu bosqichda 21361 xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida 5747 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, 3903 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat va 11711 ta xususiy mulkchilikning boshqa shaklidagi korxonalar tashkil etildi.Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi 1999-yildan boshlanib hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu bosqich «yakka tartibda xususiylashtirish» davri hisoblanadi.Xususiylashtirishning ushbu davri awalgi bosqichlardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, ushbu davrda iqtisodiyotning yonilg'i-energetika, metallurgiya, kimyo, temiryo‘1 transporti va shu kabi boshqa strategik tarmoqlaming yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini keng jalb etgan holda yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi. Ikkinchidan, ilgari xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi joylashtirilmagan, shu jumladan, davlatga tegishli aksiyalar paketlari hamda ayrim korxonalarni butunlay yoki ular mulkining bir bo‘lagini biija yoki biijadan tashqaridagi bozorlarda turli yondashuvlar va usullami qo'llash asosida sotish yo‘lga qo‘yildi. Uchinchidan, iqtisodiy nochor, zarar bilan ishlovchi hamda istiqbolsiz korxonalar va ular mulkidagi davlat ulushlari nol qiymat bilan chet el yoki mamlakatimiz sarmoyadorlariga investitsiya kiritish hisobiga bepul berish tartibi joriy etildi va amalga oshirilmoqda. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling