Islom Abdugʻaniyevich Karimov


Download 26.77 Kb.
bet2/2
Sana20.09.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1681963
1   2
Bog'liq
Islom Abdugʻaniyevich Karimov

Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.
Ilmiy faoliyati
Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktoriprofessor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),

  2. „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),

  3. „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),

  4. „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),

  5. „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),

  6. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),

  7. „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),

  8. „Barkamol avlod orzusi“ (1998),

  9. „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),

  10. „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),

  11. „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),

  12. „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),

  13. „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),

  14. „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)

  15. Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari inglizrusfransuzispannemishindxitoyarabkoreysturk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Xotirasi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[10] asosan, quyidagilar:

  • 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;

  • Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;

Shuningdek:

  • „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi.

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;

  • Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;

  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish[11];

  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

Quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;

  • Asakadagi avtomobil zavodiga;

  • Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;

  • Toshkent xalqaro aeroportiga;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;

  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;

  • oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;

  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;

  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[12].

Adabiyot


  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;

  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;

  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;

  • Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;

  • Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;

  • Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;

  • Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002[13].




Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling