Islom dini e`tiqod qiluvchilar statistikasi. Reja


Download 1.71 Mb.
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1029481
1   2   3   4   5   6   7   8   9

DO’STLIK ALOQALARI

  • «Musulmon va masihiy arablar orasidagi do’stlik aloqalarini bilganimizdan keyin, aytishimiz mumkinki, odamlarni Islomga kiritishda kuch ishlatish omili bo’lmagan. Muhammadning o’zi ham ba’zi masihiy qabilalar bilan shartnoma tuzib, ularni himoya qilishni o’z zimmasiga olgan edi. Ularga diniy ibodatlarni to’la hurriyat bilan bajarishga erkinlik bergan edi va diniy arboblarga o’z huquqlari va obro’laridan foydalanishga imkon bergan edi». Mitz nomli ustoz Islom muruvvati haqida quyidagi guvohlikni beradi: «O’rta asrlarda Islom mamlakati bilan xristian Ovruposi orasidagi farq shundan iborat ediki, birinchisida Islomdan boshqa ko’pgina dinlarning vakillari ham bemalol yashar edilar, ikkinchisida esa unday emas edi. Islom mamlakatida kanisa va senogoklar hukumat ixtiyoridan tashqarida davr surar edi, xuddi bu mamlakatda emasdek. Bu borada ular ahdnomalarda ko’rsatilganidek huquqdan to’la foydalanar edilar. Zarurat yuzasidan yahudiy va xristianlar musulmonlar bilan yonma-yon yashadilar. Bu holat o’rta asrlarda Ovrupo bilmagan muruvvatni yuzaga keltirdi. Yahudiy va xristianlar o’z dinlarida hur edilar».

Islomda ilm-fan va madaniyat

  • Tarixda, shu jumladan, g`arblik tarixchilarning guvohliklari bilan avvalgi musulmonlar er yuzida tarqalib, xalqlarga Islom da’vatini etkazganlar. Shu bilan bir vaqtda o’sha erdagi o’zlari uchratgan ilm-fan, madaniyat va san’atni o’rganganlar. Ularning ilmga bo’lgan qiziqishi shu narsalar yozib qoldirilgan manbalardan o’rganishga undagan. Musulmonlar o’zlari kirib borgan yurtlardagi ilmiy kitoblarni boshqalarga o’xshab yo’q qilib kuydirib yubormanglar, balki ularni to’plab, katta-katta ilmiy markazlar qurganlar. Shu kitoblar yozilgan tillarni biluvchi kishilarni yordamga chaqirib, ularni tarjima qildirganlar. Tarjimonlarga esa, qilgan ishlari uchun juda katta miqdorda mol-dunyo berganlar. So’ngra esa, o’sha kitoblarni o’qib o’rganishga va hayotga tatbiq qilishga bel bog`laganlar. Bu ulkan ishlarga ularga musulmon podshohlar, amirlar va davlatmandlar yaqindan yordam berganlar. Shunday qilib, grek va rimliklardan so’ng, ilm sultoni musulmonlar qo’liga o’tgan. Ularning oliy o’quv yurtlari barcha xalqlarning foyda va ilm oladigan markaziga aylangan. Musulmonlar tabobatchilik, kimyo, tabiiy fanlar, matematika va boshqa ilmlarning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shganlar. Quyida ba’zi g`arb olimlarining bu haqdagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Niyu-York dorilfununining professori Driber o’zining «Ilm va din o’rtasidagi tortishuv» nomli kitobida shunday deydi: «Musulmonlarning ilm bilan shug`ullanishlari 638 yili Iskandariya shahrini qo’lga olishlaridan so’ng boshlangan. Ya’ni, Muhammad payg`ambarning vafotidan 6 yil o’tgandan so’ng. Shu vaqtdan boshlab ikki asr o’tmay greklarning barcha ilmiy kitoblarini chuqur o’rgandilar va to’g`ri baholadilar. 813 yili Ma’mun xalifa bo’lganidan so’ng, Bag`dod shahri er yuzidagi ilm poytaxtiga aylandi. Bu xalifa Bag`dodga behisob kitoblar to’pladi, ulamolarni yig`di va ularga zo’r hurmat ko’rsatdi».

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling