Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga kо‘ra «ad – din» tushunchasi «al – islom», «al - iymon» - Allohning va uning Rasuli Muhammad (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» - husni axloqqa asoslangan amallar)ni о‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. Unga kо‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi. Muhammad (s.a.v.) nafaqat arablar dunyosida, balki butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u Allohdan kelgan vahiylarni о‘z qabiladoshlariga yetkazadi. MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari. Musulmonlar e’tqodiga kо‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisidir. Rasul (arab.-elchi) islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Muhammad (s.a.v.) ga nisbatan doimo Rasul nomi qо‘llanib kelinadi. Nabiy-kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligini, ammo nabiylarni Rasul deb bо‘lmasligi qayd qilingan. Islom ta’limotining asoslari. - Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda bayon etilgan.
- Islom dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega:
- 1) kalima keltirish;
- 2) namoz о‘qish;
- 3) rо‘za tutish;
- 4) zakot berish;
- 5) imkoniyat topilsa haj qilish.
- Shulardan birinchisi iymon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan.
- Iymon 7 aqidani – Allohga,
- uning farishtalariga,
- muqaddas kitoblariga,
- payg‘ambarlariga,
- oxirat kuniga,
- taqdirga va
- о‘lgandan keyin tirilishga ishonishni о‘z ichiga oladi.
- Iymon sо‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq deganidir.
- Allohning borligi va birligiga imon keltirish. Quyidagi sura nozil bо‘lgan:
- Ixlos surasi. Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey, Muhammad!) ayting: “U Alloh yagonadir.
- Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir.
- u tug‘magan va tug‘ilmagan ham.
- Shuningdek, Uning hech bir tengi yо‘qdir”. (Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. “Тошкент ислом университети”, 2007, 604 б.)
Do'stlaringiz bilan baham: |