Xavorijlar ta’limotlari: - Xavorijlar ta’limotlari:
- “Gunohi kabira” (“katta gunoh”) qilgan kishini kofir deb e’tirof qiladilar. Shunga kо‘ra, Usmonni Abu Bakr va Umar Xavorijiylarni yо‘lidan yurmagani uchun ularni kofir deb etganilar Xavorijlar tarafdorlari.
- Shialikdagi “taqiya”, ya’ni о‘z e’tiqodini yashirin saqlash mumkinligi haqidagi aqidani rad etdilar. О‘zlari zaif bо‘lsalar ham, zolim podshoh qudratli bо‘lsa ham unga qarshi chiqish vojib bо‘laveradi deb hisoblardilar;
- Qur’oni karimni “maxluq”, ya’ni “yaratilgan”, azaliy emas deb e’tiqod qiladilar;
- Namoz, rо‘za, zakot va boshqa amallarni iymonning bir bо‘lagi va kishi to barcha amallarni bajarmaguncha dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi kifoya emas deydilar.
- VII asr II yarmida xavorijlar orasida 20 ga yaqin turli guruhlar paydo bо‘ldi.
- Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azraqiylar, hamda sufriylardir.
Shialik - Shialik
- Islomdagi uch yirik yо‘nalishdan biri bо‘lib, xalifalik xususidagi ixtilof natijasida vujudga kelgan.
- Shia sо‘zining tо‘liq shakli “ash-Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bо‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.
- Shialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga bо‘linadi.
- Imomiylar yoki “Isno ashariya” firqasi. Ushbu firqa e’tiqodicha, imomlik Ali ibn Abu Tolibdan boshlanadi, sо‘ng uning Fotimadan bо‘lgan о‘g‘lilari Hasan va Husaynga о‘tadi.
- va nihoyat о‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun bu firqa Isno ashariylar – о‘n ikki imomga e’tiqod qiluvchilar deb ham nomlangan.
- Imomiylar e’tiqodiga kо‘ra, sо‘nggi – о‘n ikkinchi imom Muhammad Mahdiy hali о‘lmagan, balki u 873-874 sanada g‘oyib bо‘lgan va oxir zamonda paydo bо‘lib, zulm va fasodga tо‘lgan Yer yuzini tinchlik va adolatga tо‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |