Islom dinida nikoh talqini Islomda olianing muqaddasligi


Islomda Erkak va ayolning maqomi va vazifalari


Download 67.45 Kb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi67.45 Kb.
#1439433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomda nikoh va oliaviy munosabatlarning talqini2

Islomda Erkak va ayolning maqomi va vazifalari

Erkak va ayollar masalasi har zamon va ham makonda tortishuvli masala bo‘lib kelgan. Bu yerda eng ko‘p muammolar qaysi nuqtalarda kelib chiqayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni joiz deb bilamiz.


Oila, er-xotinlik munosabatlari dinimizda muqaddas rishta hisoblanadi. Bu rishtani bog‘lash, oila barpo qilishda katta maqsadlar ko‘zlangan. Shu sababdan har ikkala tarafga ham o‘ziga yarasha mas’uliyatlar, burchlar, vazifalar yuklatilgan.
Avvalo, oila qurishdan maqsad nimaligini tushunish lozim. Shariatimizda har bir ishdan ko‘zlangan maqsad bor. Dinimizda insonning hayoti, aqli, dini, sha’ni va molini muhofaza qilish muhim hisoblanadi va shunga yarasha ahkomlar joriy qilinadi. Oila qurishdan maqsad – iffatni saqlash, ya’ni ikkala tomon ham bir-birlarining iffatlarini saqlashlari kerak bo‘ladi. Yana bir asosiy maqsad esa nasl qoldirish. Tinch-totuv oila bunyod etish ham maqsadlardan biri bo‘lib, oila tinch bo‘lsa – jamiyat ham tinch-totuv bo‘ladi. Jamiyatning salohiyatli bo‘lishi oilalarning salohiyatli bo‘lishiga bog‘liq.
Oilada er va ayolning o‘ziga xos mushtarak burch va vazifalari bor: nikohlanib, halol hayot kechirish, bir-biriga nisbatan Allohdan qo‘rqqan holatda munosabatda bo‘lish lozim.

Xotinning er zimmasidagi haqqi erning oʻziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasida mahr va nafaqa singari shaxsiy va moliyaviy haqlari bor. Ular quyidagilar:



  1. Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo Oʻz Kitobida: “Ayollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻplab yaxshiliklarni paydo qilsa!”, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Bu amr erning xotinga yaxshi muomalada boʻlishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishini, baʼzi xatolariga koʻz yumishini taqozo etadi. Shuningdek, ayolni tarbiyalash va unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni oʻrgatib, taʼlim berishni ham nazarda tutadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida: “Moʻmin er moʻmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi boʻlib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Yaʼni, er xotinining ayrim feʼlidan gʻazablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi, shu tufayli xotinini yomon koʻrib qolmasligi lozimligi, balki uning yaxshi odatlarini ham koʻz oldiga keltirib, shu bilan koʻnglini toʻq qilib yurishi kerak. Shuningdek, er xotiniga xushfeʼl boʻlishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot kechirishi, ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan er Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan boʻladi.

  2. Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir. Bu – ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qurʼoni karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz” (Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan.

  3. Er xotinning ozorini koʻtarishi, u gʻazablanganida va jahli chiqqanida muloyim boʻlishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini koʻrmadim”.

  4. Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq boʻladigan har qanday holatga beparvo boʻlmaslik lozim. Ammo yomon oʻy, oʻta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar”.

  5. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli taʼminlashi kerak. Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslimning “Sahih”larida bunday keltirilgan: “Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Paygʻambarimiz (S.A.V.) dedilar: ” Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining ogʻziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Shuningdek, bu masalada, yaʼni nafaqa masalasida er oʻzining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib ish koʻradi. Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan (yaʼni, oʻz boyligiga yarashadigan tarzda) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambagʻal) boʻlsa, u holda Alloh oʻziga ato etgan narsadan (oʻz holiga yarasha) nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga Oʻzi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik – kambagʻallikdan soʻng yengillik – boylikni ham paydo qilur” (Taloq surasi: 7-oyat) [2:559].


  6. Download 67.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling