Islom dinida nikoh talqini Islomda olianing muqaddasligi
Download 67.45 Kb.
|
Islomda nikoh va oliaviy munosabatlarning talqini2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa
- “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”
- “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi”
- “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”
Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.
Er xotinini yaxshi koʻrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon koʻrsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xoʻrlaydi. Erning ham oʻz xotini oldiga i sharʼiy haq-huquqlari belgilangan. Zero, oilaning davomiyligi er-xotinning bir-biridan roziligi va haqlarini ado etishiga bogʻliq. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilar: Xotinning er oldidagi eng birinchi burchi yoxud erning oʻz ayolidagi eng birinchi haqqi – bu ayol kishining eriga hurmatli va itoatkor boʻlishidir. Ayol Allohga maʼsiyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Ayol kishi oilada oʻjar-qaysar boʻlsa, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Ayolning eriga hurmatli boʻlishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa, (yilda) bir oy (farz) roʻzasini tutsa, oʻz farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir!”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati). Erning ayol ustidagi bu haqqi, yaʼni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi doirasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl roʻza tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uydan chiqmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kiradi. Shariatda erga itoat qilish ayol kishiga vojib boʻlishining hikmatlaridan biri shuki, erning oʻz ayolidagi haqlari va fazli oilaning boshqa aʼzolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi, yomon koʻzlardan va yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi. Ayol kishi asosiy vaqtini farzand tarbiyasi bilan oʻtkazishi lozim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”, deydilar [4:358]. Xotin erining haqqini hurmat qilishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi” (Imom Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan). Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi boʻlishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Xotin kishi nochorligi uchun gʻazablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga oʻtishidan qoʻrqib, undan hojatdan ortigʻini talab qilmasligi lozim. Aksincha, erini ham qanoatga undab, harom yoʻllardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib bunday derdi: “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”. Ayol kishi erining tuygʻularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq boʻlishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi masʼuliyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta boʻlmasligi yoki bu borada eriga bosim oʻtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Baʼzi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday taʼminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuygʻularini oʻzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi boʻladi. Xotin erining doʻstiga notanishdek boʻlishi lozim. Eri uyida boʻlmaganida, uning doʻsti eshik qoqsa, u bilan soʻzlashmasin. Aks holda, bu rashk va janjalga sabab boʻlishi mumkin. Xotin goʻzalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk boʻlsa, yomon koʻrmasligi, agar boy boʻlsa, moli bilan gʻururlanmasligi kerak. Erning qarindoshlarini hurmat qilishi va qadrlashi lozim. Xotin farzandlarini ham hurmat qilishi, ularni urishib, laʼnatlashdan tiyilishi lozim. Bu farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Hozirda er oldiga qo‘yilgan moddiy mas’uliyat – nafaqa masalasi ham asosiy muammoga aylanib qoldi. Oilada erkak o‘zini ustun hisoblasa ham ta’minot masalasiga kelganda qusurlari borligi ayon bo‘ladi. Shariatda uning ustunligi ta’kidlanadi, ammo qaysi jihatlari bilan ustun ekanliklari qayd etilgan. Odatda jamiyatimizda erkakning ustunligi uning zimmasiga yuklanadigan vazifalarda ekaniga ko‘pincha ko‘z yumiladi. Alloh taolo o‘z oyati karimasida erkaklarning ikki narsa tufayli ustun ekanliklarini aytgan. Erkak zoti qo‘mondonlikka munosibroq qilib yaratildi, chunki u o‘z oilasini tashqi ta’sirlardan himoya qilishga mas’ul etilgan. Jismoniy jihatdan ayoldan ko‘ra quvvatliroq bo‘lgani uchun ham shu vazifa unga berilgan. Bu faqat sharaf va martaba emas, balki mas’uliyatdir. Ikkinchi jihat esa erkak oilada ta’minotni bo‘yniga olishi lozim. Shuning uchun ham oilada u rahbarlikka loyiq sanaladi. Lekin buni unutib, ishlamasdan, do‘st-birodarlari bilan vaqt o‘tkazib, chet elga ketib pul jo‘natmasdan turib, ayoldan ayollikni talab qilishadi va yana o‘zlarini ustun hisoblashadi. Ayolning ta’minoti erning zimmasida, unga pul topish, oila boqish zarurati yuklanmagan. Bu alohida e’tibor beriladigan, qayta-qayta tushuntiriladigan masala. Chunki buning oqibatida oiladagi voyaga yetayotgan bolalar ham aziyat chekishadi. Download 67.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling