Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Islomda masjid, sajdagoh muqaddas joy hisoblanadi. Sajdagohlarning eng ulug‘i Ka’badir


Download 115.05 Kb.
bet9/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Islomda masjid, sajdagoh muqaddas joy hisoblanadi. Sajdagohlarning eng ulug‘i Ka’badir.
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning afsonaviy uchqur ot – Buroqqa о‘tirib, farishtalar qurshovida uchib borayotgani tasvirlangan. Yana noma’lum rassom tomonidan Hirotda 1551 yilda ishlangan “Me’roj” asarida ham Buroqda uchib borayotgan Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar, yuzlari parda bilan tо‘silgan holda tasvirlangan. Barcha musulmonlar uchun muqaddas mо‘jiza hisoblangan “Me’roj” voqeasi, ya’ni Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning Buroq otida tunda Makkadan Arshi A’loga mо‘jizali safari voqeasiga san’atkorlar kо‘p murojaat qiladi.
Islom ta’limotiga kо‘ra, bu dunyoda Alloh jamolini kо‘rish nasib bо‘lmaydi, Uni jannatdagina kо‘rish mumkin.
Qur’onning A’rof surasi 143-oyatida Allohni kо‘rib bо‘lmasligi haqida aytilgan: “Muso Biz belgilagan vaqtda (Tur tog‘iga) kelgach, u bilan Rabbi bevosita gaplashdi. Muso: “Rabbim! (О‘zingni) menga kо‘rsatgin, Senga bir nazar qilay!” dedi. (Alloh): “Meni kо‘ra olmaysan. Lekin (ana u) toqqa (bir) boq! Agar Men bir jilva qilganimda (toqat qilib) о‘z о‘rnida tura olsa, sen ham meni kо‘rasan”, dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir kо‘rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi. Muso (bundan ta’sirlanib) behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: “Senga tasbeh ayturman, senga tavba qildim va men mо‘minlarning birinchisi (peshvosi)durman”22 dedi. YA’ni, bu dunyodagi foniy kо‘zlaring bilan Meni kо‘ra olmaysan, balki jannatda boqiy kо‘zlaring bilan kо‘rursan, deb Alloh taolo Muso payg‘ambarga raddiya beradi23. Shu kabi oyatlar borki, ular bevosita islom dinida tasviriy san’at masalasiga dahldordir.
Mu’taziliylar Xudoning mohiyati haqidagi ilmni “ma’na” deb ataganlar. Masalaning bu tarzda qо‘yilishi ilohiy hodisalarni ma’naviyat sohasiga kо‘chirishga imkon yaratgan.
Shialar payg‘ambarning kuyovi Ali ibn Abu Tolib va undan tarqalgan 12 imomni shahid ketganlar, deb hisoblaydilar, hatto ba’zilari Alini payg‘ambar darajasigacha kо‘taradi. О‘z imomlari qabrlarini ziyorat qilishadi.
Shialar tasviriy san’atda payg‘ambar, halifa va valiylar, ayniqsa, Ali va 12 imom, barcha shahid ketganlarning suratlarini tasvirlashi an’anaga aylangan24. Biroq shialikdagi, IX asr oxirida ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan bо‘lgan qarmatlar mazhabi Ka’ba hamda undagi “hajar al-asvad” – qora toshni bid’at deb hisoblaydi. 930 yilda haj vaqtida Makkaga hujum qilib, uni talon-toroj etishgan, hajga borganlarning kо‘pini о‘ldirishgan, bir qismini qul qilishgan, qora toshni о‘lja qilib olib ketib, 20 yildan sо‘ng katta pul evaziga qaytarib berishgan 25. Qarmatiylarning ta’limotiga kо‘ra, islomda Ka’badagi qora toshni ilohiylashtirish, unga sig‘inib ketish, shirkka olib keladi.
Islom tasviriy san’ati adabiyot bilan birga rivojlandi. Chunki kitoblar mazmuniga oid miniatyura rasmlar bilan muqovalari bezatildi. Insonning ma’naviy-ruhiy fazilatlari uning komilligini belgilovchi asosiy fazilat ekani haqidagi qadriyatlar inson tasavvuriga badiiy ijod orqali singdirildi.

  1. islom madaniyatida о‘ziga xos tasviriy san’at turi bu realistik san’at turi emas, ya’ni adabiyot bilan birga majoziy san’at (nafis tasviriy san’at, naqsh, yozuv san’ati, kitob san’ati, devoriy rasmlar san’ati, me’morlik) din bilan integratsiyalashgan. Bu bilan bog‘liq san’at keyinchalik musulmon san’ati, deb nom olgan va dunyoga mashhur bо‘lgan. Musulmon san’ati islom qadriyatlarini bir tizimga solishda va saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.

  2. Islom badiiy san’atida insonni tasvirlash masalasida asosiy gо‘zallik ma’naviy gо‘zallik bо‘lgan. Hadislarda: “Alloh sizning suratlaringiz va amallaringizga emas, balki qalblaringiz va niyatlaringizga boqar”,26 deyilgan. Jaloliddin Rumiy esa tavhid g‘oyasini juda sodda va tushunarli tarzda ifodalaydi. YA’ni: “Har bir qulimning ichida mening xayolim va suratim bordir. U meni qanday tahayyul etsa, men о‘sha xayoldaman” 27, degan fikrda bо‘lgan.

Ibnal Arabiyning fikricha, komil insonlarning yerdagi timsoli Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarimizdir. Shuningdek, dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhiy kamolotga yetgan anbiyoyu avliyolar, donishmandlar komil insonlar deyilib ulug‘langan, ularga hurmat-ehtirom kо‘rsatilgan.
Shuningdek, dinda qadriyat tushunchasi diniy voqea, hodisalar, jarayonlar bilan ham belgilanadi. Masalan, Qur’oni karimdagi “Qadr” surasida shunday deyiladi:
“Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik.

  2. (Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

  3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

  4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.

  5. U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir ”28.

Ushbu oyat asosida islom madaniyatida Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasi musulmonlar uchun qadriyat tusini olgan. Kо‘pgina musavvirlar tomonidan “Me’roj” nomli asarlar ishlangan. Shuningdek, Qur’oni karimda: hojilar “Quhna uy” (Ka’ba)ni tavof qilsinlar!”29 deyiladiki, musulmon madaniyatida Makkadagi Ka’ba muqaddas qadriyat sifatida baholanib, Ka’baning suratlari kо‘pgina musavvirlar tomonidan ishlanadi.
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning kо‘pgina axloqiy fazilatlari, oilasiga, farzandlariga, yoru dо‘stlariga munosabati ham hadislarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan qadriyatlarga aylangan.
Shunday qilib, inson ruhiy olamidagi ijobiy fazilatlar ma’naviyat hisoblanib, ana shu ma’naviylik – ilohiylik deb olindi. Bu tushunchalar, meyorlar dinda qadriyat darajasiga kо‘tarildi. Ana shu ilohiy qadriyatlar, meyorlar san’at asarlarida integratsiya qilingan ma’naviy madaniyatning obyektivlashgan holda shaxs kamolotida muhim omil bо‘lib xizmat qildi.
Tasavvuf ta’limotida Qur’ondagi oyatlardan kelib chiqib borliq Allohning ijodi, barcha gо‘zalliklar, qudrat Allohdan, shuningdek, inson gо‘zalligi ham Allohning gо‘zalligi, deb qaraldi. Islom dinidagi borliq falsafasi, inson haqidagi falsafa musulmon madaniyatida tasvirlash san’atini rivojlantirdi. Shuningdek, inson Allohning yerdagi halifasi sifatida qadr-qimmati ulug‘langan;
b) musulmon madaniyatida Alloh sifatlari ramziy inson qalbidagi ilohiy nur timsolida tasviriy san’atda integratsiya qilingan. Musulmon madaniyatida Alloh sifatlari ramziy ma’noda “Nur” timsolida payg‘ambarlar, valiylar, avliyolar, donishmandlar komil inson qiyofasida tasviriy san’atda tasvirlangan;
v) Kamoliddin Behzod о‘z davrining ulug‘ insonlari hisoblangan Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Muhammad Shayboniyxon va boshqa kishilarni komil inson qiyofasida tasvirlagan. Xususan, Alisher Navoiyning: “Shoh darveshlik fazilatiga ega bо‘lmasdan turib, shohlikka munosib emas”, degan fikrlari bunga misol bо‘la oladi. Jamiyatda komil insonlarni ilmli, ruhiy-ma’naviy pok kishilar timsolida tasvirlash an’anaga aylangan;
Savollar

  1. Tasavvuf tarixi

  2. Tasavvuf ta’limoti

  3. Tasavvuf ta’limotida shariat, tariqat, ma’rifat, xaqiqat tushunchalari

  4. Tasavvuf (sufizm) ta’limot va t a r i q a t l a r i .

  5. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogird an’analari

  6. Najmiddin Kubroning tariqati

  7. Farididdin Attor

  8. Jaloliddin Rumiyning tasavvufiy qarashlari

  9. О‘zbekiston xududida shakllangan mashhur tariqatlar.

  10. О‘zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.

  11. Tasavvuf ma’naviyati va poeziyasi.

  12. Islomda xuquq falsafasi.

  13. Burxoniddin Marg‘inoniy va uning “Xidoya” asari - islom xuquqi bо‘yicha eng mо‘tabar manba.

  14. О‘zbekiston ulamolarining tafsir va xadis ilmiga qо‘shgan xissalari.

Adabiyotlar





  1. A’zamjon Raxmanov.,Abdumuxtor Raxmanov. Islom huquqi. Oliy о‘quq yurtlari uchun darslik. –T.: TDYUI. 2007. B. 496.

  2. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent, “Movarounnahr” –“О‘zbekiston”, 2009.

  3. Imom Ismoil Al-Buxoriy. Al-Adab Al-Mufrad. (Adab durdonalari). –Toshkent: “О‘zbekiston”, 1990.

  4. Imom Ismoil Al-Buxoriy. Al-Adab Al-Mufrad. (Adab durdonalari). –Toshkent: “О‘zbekiston”, 1990. 197 b.

  5. Imom al-Buxoriy: Al-Jami’ as-sahih. IV jildlik. -Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993.

  6. Islom (ensiklopediya). Zuxriddin Xusnidinov tahriri ostida. Toshkent: “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

  7. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi: Shayh Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa-birlashmasi, 2007. – 617 b.

  8. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Toshkent islom universiteti, -Toshkent: 2008. -245 b.

  9. “Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. – Toshkent: Yozuvchi, 1997. – 191 b.


  1. 1 Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашнинг маънавий-маърифий асослари. Тошкент ислом университети, -Тошкент: 2008. –Б.65-68.




2 Аъзамжон Рахманов.,Абдумухтор Рахманов. Ислом ҳуқуқи. Олий ўқуқ юртлари учун дарслик. –Т.: ТДЮИ. 2007. Б. 49-51.

3 Имом Исмоил Ал-Бухорий. Ал-Адаб Ал-Муфрад. (Адаб дурдоналари). “Ўзбекистон”, -Тошкент. -Б.16.

4 Имом Исмоил Ал-Бухорий. Ал-Адаб Ал-Муфрад. (Адаб дурдоналари). “Ўзбекистон”, -Тошкент. -Б.13.

5 ИМОМ ИСМОИЛ АЛ-БУХОРИЙ АЛ-АДАБ АЛ-МУФРАД (Адаб дурдоналари) "Узбекистон" Тошкент— 1999. 13 б.

6 ИМОМ ИСМОИЛ АЛ-БУХОРИЙ АЛ-АДАБ АЛ-МУФРАД (Адаб дурдоналари) "Узбекистон" Тошкент— 1999. 14 -15 б.

7 16-17 б.

8 17 б.

9 19 б.

10 20 б.

11 20-21 б.

12 23-24 -25 б.

13 28-29 б.

14 29 б.

15 28 б.

  1. 16 Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент, “Мовароуннаҳр” –“Ўзбекистон”, 2009. Тошкент, -Б.44.

  1. 17 Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент, “Мовароуннаҳр” –“Ўзбекистон”, 2009. Тошкент, 48 б.

  1. 18  Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент, “Мовароуннаҳр” –“Ўзбекистон”, 2009. Тошкент, -49 б.

11 Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Шайх Абдулазиз Мансур. Т.: 2007,597-б.

22 Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий. Иҳё ул улум ид-дин. -Тошкент: Мовароуннаҳр 2003, 1-китоб. 33 б.

33 Раҳматуллоҳ қори Обидов. Пайғамбарлар тарихи исломият тарихидир. Тошкент: Мовароуннаҳр, 2005, 1-қисм. 28 б.

19 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. – Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – Б. 42.

20 Қаранг: Ҳасанов А. Макка ва Мадина тарихи. Фан, – Тошкент: 1992. – Б. 48.

21 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. – Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-барлашмаси, 2007. – Б. 449.

22 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. –Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – Б. 167.

23 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. –Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – Б. 167.

24 Қаранг: Илова. “3.1. 5–расм”. La Peinture Persane Nexte De Basil Gray. Skira. Khawar – Nâmeh de ibn – Houssam: L'ange Gabriel monre la prouesse d'Ali au prophète Mahomet (folio 112) chiraz vers 1480 Tèhèran Musèe d'Art decorative. Cambridge. Genève. 1977. – Б. 107.

25 Қаранг: Ислом энциклопедия. З.Ҳуснитдинов З таҳрири остида. Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, – Тошкент: 2004. – Б. 290.

26 Жалолиддин Румий. Ичингдаги ичингдадир.– Тошкент: Ёзувчи, 1997. – Б. 153.

27 Жалолиддин Румий. Ичингдаги ичингдадир. – Тошкент: Ёзувчи, 1997. – Б. 50.

28 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – Б. 598.

29 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – Б. 335.


Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling