Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети
Қўқон филиали
15-21 ЭАИЧТ гуруҳ талабаси Умаров Отабекнинг
Электроника ва оптоэлектроника фанидан тайёрлаган
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ИШИ
Mavzu: Quyosh elementining parametrlarini xisoblash
Quyosh elementlarining ishlash prinspini o‘rganishimiz uchun bizga uning asosiy parametrlarini bilishimiz kerak bo‘ladi. Quyosh elementining asosiy parametrlarini uning volt – amper harakteristikasidan aniqlanadi.
Quyosh elementlarining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
Qisqa tutashuv toki – Isc
Salt yurish kuchlanishi – Voc
To‘ldirish koeffitsienti – FF
Foydali ish koeffitsienti.
Quyosh elementining volt – amper xarakteristikasi qorong‘idagi diodning volt-amper xarakteristikasini va quyosh elementlarining yorug‘lik superpozitsiyasini ifoda etadi.Yorug‘lik ta’srida volt – amper xarakteristika pastga foydali quvvat bo‘lgan to‘rtinchi chorakga siljiydi. Quyosh elementlarini yoritish yorug‘lik tokini qorong‘ulik tokiga qo‘shadi va diod tenglamasi:
(2.1)
ko‘rinishini oladi. Bu yerda I0 – to‘yinishning qorong‘ulik toki, Isc – yorug‘lik toki.
Ushbu parametrlarni volt – amper xarakteristikadan xisoblab toppish mumkin.
Salt yurish rejimi. P – n o‘tish misolida salt yurish rejimini ko‘rib chiqamiz (zanjir ulanmagan).
Yoritishda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftlari generatsiyalanadi.
Asosiy bo‘lmagan tashuvchilar yarimo‘tkazgich bo‘ylab diffuziyalanadi; Agar ular “ОПЗ” ga ular rekombinatsiyalangunigacha yetisha olsa, ular qaramqa – qarshi tomonga tarqalib, u yerda asosiy tashuvchi bo‘lib qoladi va ularning rekombinatsiyalashish extimolligi keskin kamayadi.
Natijada p – n o‘tishning qarama – qarshi qismlarida yorug‘lik generatsiyalagan ortiqcha tashuvchilar to‘planadi.
Shunday qilib, yorug‘lik generatsiyalagan tashuvchi evaziga asosiy bo‘lmagan dreyf toki oshadi.
P – n o‘tishning qarama – qarshi qismlarida ortiqcha asosiy zaryadlar elektr maydoni xosil qiladi.
Ortiqcha yorug‘lik tashuvchilar maydoni p – n o‘tish maydoniga qarama – qarshi yo‘nalgan; bu asosiy tashuvchilar uchun to‘siqning qisqarishiga va diffuziya tokining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |